Eng boy meros – bu yaxshi tarbiya.
Abdulla Avloniy
***
Atrofimizdagi dunyo tog'lardir va insoniy harakatlar qichqiriqlardir. Tog'dagi qichqiriq aks-sadosi insonga muqarrar qaytadi.
Sharq hikmatlaridan
***
Buyumlarning yorug' tomoniga qarang, agar u yo'q bo'lsa, yorug'lashmaguncha uni arting...
Hikmatli so'zlardan
***
Haqiqiy do'st bu yo'lingizdagi barcha tosh va to'siqlarni olib tashlaydigan kishidir.
Tarix muhrlagan so'zlar
***
Baxt soya kabi. Uni ta'qib qilsangiz, u sizdan qochadi. Undan qochsangiz, sizni ta'qib qiladi.
Shebol
***
Alaloqibat barcha etuk aql egalari Islomni tan olishadi.
Gyote
***
Zo'raki urinishlar zakiylikni o'ldiradi.
Jon Milton
Bu dunyoda tasodif bo'lmaydi: yo sinov, yo jazo, yo mukofat, yo hikmat.
Sayyid Abror Umar
Quyosh botsa o'kinma, ertaga u tongni boshlab keladi.
Ustozlar o'gitidan
Uch narsa xususida aslo o'ylama:
KAMBAG'ALLIK xususida o'ylama, chunki g'aming ko'payib ketadi. G'am g'ussa esa – ochko'zlikni ziyoda qiladi.
Senga ZULM qilgan kishi haqida ham o'ylama, chunki qalbing g'azabga to'lib, adovating kuchayib, qahr g'azabing davomiylikka yuz tutadi.
Dunyoda uzoq qolish haqida ham o'ylama, chunki mol-dunyo yig'ishga qiziqib umrni zoye qilasan va amalni ortga surasan.
Umar ibn Hattob roziyallohu anhu
“Yaxshilik va taqvo yo'lida hamkorlik qiling. Gunoh va dushmanlik yo'lida hamkorlik qilmang”.
(Moida surasi, 2-oyat)
Manbalar asosida Saidabror Umarov tayyorladi
Alloh taolo aytadi: “Kim Allohga taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo‘lini (paydo) qilur”, (Taloq surasi, 2-oyat).
Izoh:
- Ibn Abbos roziyallohu anhu oyati karimaning “chiqish yo‘li” qismini “dunyo va oxiratdagi har turli tashvishlardan uni qutqaradi”, deb tafsir qilganlar.
- Ali ibn Solihga ko‘ra, “chiqish yo‘li” Alloh taoloning o‘sha bandaga rizq berish bilan uni xushnud etishidir.
- Kalbiy oyatni bunday tafsir qiladi: “Kim musibat paytida sabr qilib, Allohdan qo‘rqsa, Parvardigor unga do‘zax otashidan jannat sari bir chiqish yo‘li ko‘rsatadi”.
- Abul Oliya oyatni: “Turli mashaqqat va tashvishlardan chiqish yo‘li”, deya sharhlagan bo‘lsa,
- Rabi’ ibn Haysam: “Odamni siqadigan hamma narsadan unga chiqish yo‘li ko‘rsatadi”, shaklida tafsir qilgan.
- Husayn ibn Fazlga ko‘ra, oyat tafsiri bunday: “Kim farzlarni ado etish borasida Allohdan qo‘rqsa, Alloh unga jazolanishdan qutulish yo‘lini ko‘rsatadi”.