"Imon keltirgan va ezgu ishlarni qilganlarni esa, imonlari sababli Parvardigorlari hidoyat qilur, ne'mati mo'l jannat (bog')larda ostilaridan anhorlar oqib turgay" (Yunus surasi, 9-oyat)
«Parvardigorlari ularga O'z tarafidan rahmat, rizolik va ular uchun ne'matlari doimiy (bo'lmish) jannat (bog')lari to'g'risida xushxabar berur» (Tavba surasi, 21-oyat).
"Alloh mo'minlar va mo'minalarga ostidan anhorlar oqib turadigan, mangu yashaladigan jannat (bog')laridagi yoqimli maskanlarni va'da qildi. Allohning rizosi esa, (hammasidan) buyukroqdir. Ana shu(lar) ulkan yutuqdir" (Tavba surasi, 72-oyat).
"(U) abadiylik bog'lari bo'lib, (ular) u joylarga ota-bobolari, jufti halollari va zurriyotlaridan iborat solih (banda)lar bilan birga kirurlar" (Ra'd surasi, 23-oyat).
"Ular ostidan anhorlar oqib turadigan mangu jannatlarga kirurlar. Ular uchun u erda xohlagan narsalari bordir. Taqvodorlarni Alloh mana shunday mukofotlagay" (Nahl surasi, 31-oyat).
"Albatta, imon keltirgan va ezgu ishlarni qilgan zotlar uchun Firdavs bog'lari manzil bo'lur" (Kahf surasi, 107-oyat).
"Imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar uchun qilgan amallari sababli jannat maskanlari manzil bo'lur" (Sajda surasi, 19-oyat).
"Alloh (odamlarni) tinchlik diyori (jannat)ga chorlaydi va xohlagan kishini to'g'ri yo'lga hidoyat etadi" (Yunus surasi, 25-oyat).
"(Ey, Muhammad! Ularga) ayting: «Shu (do'zax) yaxshiroqmi yoki taqvodorlarga va'da qilingan mangulik jannatimi?!» Ular uchun (bu) mukofot va natija bo'lur edi" (Furqon surasi, 15-oyat).
Davron NURMUHAMMAD
Alhamdulillah, biz mo‘min-musulmonlar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamga salavot aytishga buyurilganmiz. Agar bir marta salavot aytsak, bizga Alloh o‘n marta rahmat yo‘llaydi, o‘nta gunohimiz o‘chiriladi, martabamiz o‘n daraja ortadi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: “Kim menga bir marta salavot aytsa, Alloh unga o‘n marta rahmat yo‘llaydi. Uning o‘nta gunohi o‘chiriladi, martabasi o‘n daraja ko‘tariladi” (Imom Ahmad rivoyati). Manbalarda qisqa salavot sifatida quyidagi salavot beriladi:
اَللَّهُمَّ صل وَسَلِّمْ عَلَى نَبِيِّنَا مُحَمَّد
Allóhumma solli vasallim alá nabiyyiná Muhammad
Ma’nosi: “Ey, Alloh! Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga rahmat va salom yo‘llagin!”
Ruhiddin Akbarov,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Qashqadaryo viloyat vakilligi xodimi