Muhtoj millionlab odamlar uchun qish sog'-omon qolish uchun jiddiy kurashni bildiradi. Ayniqsa, pandemiya paytida. Shu sababli, bu yil islom xayriya tashkilotlari yil davomida issiq kiyimlarga muhtoj bo'lganlarga yordam ko'rsatish bo'yicha o'z kampaniyalarini boshladi. Qishki yordam birinchi navbatda Afg'oniston, Bangladesh, Livan, Bosniya, Iordaniya, Mo'g'uliston, shuningdek, Pokiston, Yaman, Turkiya, Kosovo va Gretsiyada, lekin, ayniqsa, sovuqdan aziyat chekayotgan qochqinlar lagerlaridagi muhtojlarga qaratilgan.
"Biz bu yil turli mamlakatlardagi muhtoj odamlarni qamrab olishni istaymiz", deydi Hasene turk xayriya tashkiloti raisi Mesud Gubahar. Adyol, kiyim-kechak, ko'mir va isitish kabi asosiy ehtiyojlardan tashqari, oziq-ovqat yordami taqsimlanadi. Livandagi qochqinlar lagerlari isitish uchun yoqilg'i bilan qo'llab-quvvatlanadi. Islam.ru ma'lumotlariga ko'ra, Mo'g'uliston uchun ko'mir bilan yordam berish rejalashtirilgan. "Sovuq kunlarda iliqlik ulashing" shiori ostida Osiyo, Afrika, Yevropa va Bolqondagi muhtoj odamlarga qishki yordam doirasida qishki kiyim-kechak, pechka, ko'rpacha va o'tin ko'rinishidagi yordam ko'rsatiladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati