Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Iyul, 2025   |   18 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:20
Quyosh
05:01
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
20:00
Xufton
21:33
Bismillah
13 Iyul, 2025, 18 Muharram, 1447

Vatan himoyasi – ajri ulug' amal

15.01.2021   3919   4 min.
Vatan himoyasi – ajri ulug' amal

Islom dinida shariatga zid bo'lmagan har qanday kasb-hunar, har qanday soha vakili qadrlanadi.  Jamiyat rivoji, aholi farovonligi uchun qilingan zarra amal ham e'tirofsiz, mukofotsiz qolmaydi. Balki har qanday yaxshi amal rag'batlantiriladi. Bu haqda Qur'oni karimda bnday deyiladi: “Kim bir yaxshilik qilsa, unga o'n barobar qaytarilur…” (An'om surasi, 160-oyat).

Oyatdan ma'lumki, Alloh taolo kim qaysi soha va qaysi yo'nalishda bo'lishidan qat'i nazar, bir yaxshi amal qilgan kishini o'n barobar mukofot bilan taqdirlashi nafaqat xizmatni taqdirlash, balki  rag'batlantirish hamdir. Bunday misollar Qur'oni karim va hadisi shariflarda ko'p uchraydi.

Mukofoti ulug' va e'tiborga sazovor amallardan biri bu – Vatanni qo'riqlash, uni turli  g'arazli kimsalarning yurt va kishilar xotirjamligiga solmoqchi bo'lgan raxnalaridan ogoh bo'lib turishdir. Bu haqda Muoviya ibn Hayda roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar: “Uch (toifa kishilarning) ko'zlari jahannamni ko'rmaydi: Alloh yo'lida qo'riqchilik qilgan ko'z, (Allohdan) qo'rqqani tufayli yig'lagan ko'z va Alloh harom qilgan narsalar (ya'ni, nomahramlarga nazar solish)dan tiyilgan ko'z”(Imom Tabaroniy rivoyati).

Bu uch toifa insonga Alloh taolo tarafidan eng katta mukofot va taqdir beriladi. Ulardan dastlabkisi Alloh yo'lida qo'riqchilik qilgan ko'z…” deya xoh chegarada, xoh yurt ichida bo'lsin Vatanni va ushbu diyorda yashayotgan insonlar xotirjamligi yo'lida bedor bo'lgan kishi zikr qilinmoqda. Demak, Allohning roziligi uchun vatan himoyasida qo'riqchilik qilish nihoyatda xayrli amaldir.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam sahobalarga: “Sizlarni Alloh xatolarni ŭchiradigan, darajalarni kŭtaradigan narsaga dalolat qilaĭigmi?” dedilar. Ular: “Albatta, eĭ Allohning Rasuli”, deĭishdi. U zot: “Qiĭinchiliklarga qaramaĭ, yaxshilab tahorat olib, masjidlarga uzoq yo'ldan borish va namozdan sŭng (keyingi) namozni intizor bŭlib kutish. Ana ŭsha siz uchun “murobitlik”dir”,  dedilar»  (Imom Muslim, Imom Termiziĭ va Imom Nasoiĭlar rivoyati).

Islomda musulmonlarni dushmanlar hujumidan himoya qilish uchun shaĭ bŭlib, chegarani qŭriqlab turgan odam “murobit” deĭiladi. Hadisda mazkur amallarni ado etish uchun havoĭi nafslarini jilovlab turganlari sababidan “murobit” deb atalmoqda. Ular ham chegarada vatan himoyasiga shaĭ turgan murobitga ŭxshatilmoqda.

Demak, “murobit”, ya'ni, mo'minlarni himoyasi uchun chegarada turgan kishilarning xatolari kechiriladi va darajalari ko'tariladi. Qolaversa, bu amalning qiymati va fazilati ulug'ligidan “Qiĭinchiliklarga qaramaĭ, yaxshilab tahorat olib, masjidlarga uzoq yo'ldan borish va namozdan sŭng (keyingi) namozni intizor bŭlib kutish”ning savobi ham aynan ushbu amalga beriladigan ajrlarga tenglashtirilmoqda.

Har bir musulmon kishi o'zi yashab turgan yurt himoyasi uchun, mo'minlarning xotirjamligi uchun hissa qo'shishi lozim.

So'zimiz so'ngida 14 yanvar' – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yurtimiz sarhadlarida yigitlik burchini sharaf bilan o'tayotgan askarlarimiz, chegarachilarimiz va fidoyi o'g'lolarimizni samimiy tabriklaymiz. Mashaqqatli va sharafli xizmatlari uchun Alloh taolo ularga bitmas ajrlar, mukofotlar ato etsin.

 

Yorbek ISLOMOV,

Olmazor tumanidagi “Mevazor” jome masjidi imom noibi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Majburlab erga berish durustmi?

11.07.2025   2995   1 min.
Majburlab erga berish durustmi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Ota-onam meni majburlab erga bermoqchi, bola bilan ko‘rishdim va ko‘nglim g‘ash bo‘lib qoldi. Keyin istixora o‘qishni boshladim va baribir ko‘nglim yumshamadi. Uydagilarga tushuntirdim, lekin meni eshitishmayapti. Men qanday yo‘l tutsam bo‘ladi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Dinimizda xotin-qizlarni majburlab erga berishdan man qilingan. Zero, nikoh ikki tomonning roziligi bilan tuziladi. Juvon bo‘lsa, u bilan ochiqcha gaplashiladi, bokira bo‘lsa, undan izn so‘raladi. Bokira (rozilik alomatlari bilan) sukut qilsa, bu uning nikohga izn bergani bo‘ladi.

Barcha fiqhiy manbalarimizda kelin va kuyov o‘z roziligini bildirishi (iyjob va qabul) nikohning asosiy rukni ekani bayon qilingan. Kelin-kuyovdan biri nikohga rozi bo‘lmasa, nikoh durust bo‘lmaydi.

Ota-onaning vazifasi esa farzandini boylik, mansab yoki boshqa g‘arazlar sababli ko‘r-ko‘rona uylanish yoki erga tegishga majburlash emas. Balki farzandiga juft bo‘layotgan yigit yo qizning diyonati, xulq-odobiga va kasb-hunariga e’tibor qilishdir.

O‘z o‘rnida turmush qurayotgan farzand ham ota-onasining tavsiyalari o‘rinli bo‘lsa, qabul qilishi, qaysarlik qilmay ularning hayotiy tajribalaridan foydalanishi kerak.

Xotin-qizlarni majburlab erga berish holatlarida Payg‘ambarimiz alayhissalomning ayolga nikoh yo ajralishni tanlash ixtiyorini berganlari ma’lum. Hatto bir holatda qiz kambag‘al yigitni, ota-ona esa boy yigitni tanlaganida, u zot qizning ixtiyorini ustun qo‘yib: 


لم ير للمتحابين مثل النكاح
«Bir-birini yaxshi ko‘rganlar uchun nikohdan yaxshisi yo‘qdir", dedilar (Imom Ibn Moja rivoyati). Vallohu a’lam"

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.