Ar-Riyodda O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
O'zbekistonning Saudiya Arabistonidagi favqulodda va muxtor elchisi Ulug'bek Maqsudov Saudiya xalqaro sayyohlik kompaniyasi boshqaruvi a'zosi, rivojlanish bo'yicha menejeri Abdulaziz Sulaymon bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Suhbat chog'ida ikki mamlakat o'rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va O'zbekistonga saudiyalik sayyohlar oqimini ko'paytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv avvalida Abdulaziz Sulaymon mamlakatlarimiz o'rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani, oliy darajadagi tashriflar almashinuvi ortib borayotgani, hamkorlik bo'yicha turli tadbirlar amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Menejer Abdulaziz Sulaymon O'zbekistonda, jumladan, turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanish ekanini, bu borada O'zbekiston tomoni bilan yaqin hamkorlikni yo'lga qo'yish va rivojlantirishdan manfaatdor kanini ta'kidladi. Hususan, O'zbekiston Prezidenti tomonidan Saudiya Arabistoni fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etilgani ikki davlat o'rtasidagi hamkorlikning tub rivoji bo'lib xizmat qilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Shuningdek, qadimiy va navqiron Samarqand shahrida YuNVTO Bosh Assambleyasining 25-yubiley sessiyasi muvaffaqiyatli o'tkazildi, dunyoning 140 dan ortiq davlatidan vakillarning ishtirok etishi jahon hamjamiyatining O'zbekistonga bo'lgan e'tibori va yuksak turizm salohiyati e'tirofi bo'ldi.
Abdulaziz Sulaymon muhim siyosiy va iqtisodiy hamkorlikdagi tadbirlarda turizm masalasini muhokama qilish har ikki tomon uchun ham birdek foydali bo'lishini ta'kidladi. Shu munosabat bilan u O'zbekistonda o'tkaziladigan sayyohlik tadbirlarida ishtirok etish istagini bildirdi.
O'zbekiston elchisi Saudiya tomoniga mamlakatimizning boy turizm salohiyati haqidagi taqdimot materiallari, turizm va sayyohlik yo'nalishlari sohasida ishlab chiqilayotgan istiqbolli sarmoyaviy loyihalar haqidagi bosma va videofilmlarni taqdim etdi.
Uchrashuvda O'zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo'mitasi va “Saudi International Travel” kompaniyasi vakillari o'rtasida videoaloqa orqali uchrashuv o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishildi”.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Imom Abul Mu’in Nasafiy rahmatullohi alayh "Tabsiratul adilla" asarlarida Xuroson va Mavoraunnahr aholisi hanafiylikni Imomi A’zam rahmatullohi alayhning yetakchi shogirdi Imom Muhammad ibn Hasan Shayboniy, uning shogirdi Abu Suraymon Juzjoniy, uning do‘sti Shayx Abu Bakr Ahmad, Shayx Is'hoq Sobih Juzjoniy, Imom Abu Bakr Juzjoniy, Imom Abu Nasr Ahmad ibn Abbos Iyodiy Ansoriy va Imom Moturidiy silsilasi orqali o‘rgangan deb keltiradi. Imom Nasafiyning ta’kidlashlaricha bu olimlar ilk davrdan boshlab Movarounnahrning barcha hududlarida hamda Xurosonning Marv va Balx shaharlarida hanafiylik mazhabini yoyishda jonbozlik ko‘rsatishgan.
Imom Moturidiy rahimahulloh Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhning e’tiqodiy qarashlarini yaxshi o‘zlashtirishdan tashqari mintaqamizda hanafiylik tarqalishida muhim hissa qo‘shganlar.
Kosonsoy tuman "Buzrukho‘ja" jome masjidi imom-xatibi
Sodiqjon Abdurahmanov
Manba: @Softalimotlar