Saudiya Arabistonida, payshanba kuni ertalab, 95 yoshida Yaqin Sharqda parfyumeriya imperiyasini yaratgan va xayriya uchun bir milliard evrodan ortiq mablag' sarflagan taniqli biznesmen Husayn Bakri G'azzoz vafot etdi.
G'azzoz uchun janoza namozi uning ona shahri Makka shahrida bo'lib o'tdi, deya xabar bermoqda ArabNews nashri.
G'azzoz 1925 yilda tug'ilgan. Dastlabki yillarida oilasi bilan Misrga ko'chib o'tib, boshlang'ich ta'limini olgan, so'ngra Saudiya Arabistoniga qaytib, kichik parfyumeriya biznesini ochgan, bu esa mintaqadagi o'z yo'nalishi bo'yicha eng yirik korxonadan biriga aylangan.
U asos solgan kompaniya 1942 yilda G'azzoz Saudiya Arabistonidagi atirlarni import qiluvchi birinchi agentga aylangach, o'z faoliyatini boshladi. 77 yil ichida loyiha biznes imperiyasiga aylandi. U bilan Dior, Gucci, Versace, Cartier, Chanel, Yves Saint Laurent (YSL), Montblanc, Dunhill va Dupont kabi kompaniyalar hamkorlik qilib kelmoqda.
Islam.ru ma'lumotlariga ko'ra, shu bilan birga Husayn xayriya faoliyati bilan faol shug'ullandi, jami kambag'allarga yordam berish va butun dunyo bo'ylab tibbiy yordam tarqatishga 1 milliard evrodan ortiq sarmoya kiritdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
1. Musibatzadaga ta’ziya bildirish.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim musibat yetgan birodariga ta’ziya bildirsa, Alloh taolo qiyomat kuni unga hurmat-ehtirom libosini kiydiradi”, deganlar.
2. Azador xonadonga taom tayyorlab chiqarish.
Chunki azador xonadon ahlining taom tayyorlashga fursati ham, sharoiti ham bo‘lmaydi. Bunday yumush ko‘ngillariga sig‘maydi ham.
3. Mayyit egalari dafndan uch kun o‘tmay taom qilib bermaydi.
Ahli mayyit dafndan keyingi birinchi uch kunda boshqalarga taom qilib berishi makruhdir. Merosxo‘rlarning ichida balog‘atga yetmagan bolalar bo‘lsa, boshqalarga taom qilib berish haromdir.
Davron NURMUHAMMAD