Toshkent shahrida 2021-2023 yillarda mahalliy va xorijiy tashabbuskorlar tomonidan jami qiymati 9,442 trln. so'm miqdoridagi 90 ta loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi Axborot xizmati ma'lum qildi.
Mazkur loyihalarda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiya 739,5 mln. dollarni tashkil etib, shundan 3 596 ta xona va 7 050 ta o'ringa mo'ljallangan 66 ta mehmonxona, 12 ta savdo, ko'ngilochar biznes markazi, 9 ta madaniyat va istirohat bog'i va 3 ta hunarmandchilik markazlari barpo etilishi nazarda tutilgan.
Hozirda loyihalar bo'yicha manzilli ro'yxat shakllantirilib, monitoring ishlari olib borilmoqda. 2021 yilda turizm sohasiga doir investitsion loyihalarni amalga oshirish natijasida 6 102 ta yangi ish o'rni yaratiladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati