Viloyat hokimligi axborot xizmati ma'lum qilishicha, “Bukhara City” zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazida qad rostlashi kutilayotgan inshoot — qadimiy Sharqona usulda gumbazsimon qilib qurilgan, ya'ni, yurtimizda mavjud tarixiy obidalarimiz ko'rinishidagi uch-to'rt qavatli muzeydir.
Undan shuningdek, 6 ta ekspozitsiyadan iborat Buxoro tarixi, tabiati hamda tasviriy san'atini o'zida aks ettirgan 125 mingga yaqin eksponat o'rin olishi ko'zda tutilgan. Loyihaga binoan, muzey binosidan anjumanlar zali, fond zaxira xonalari, fitobar, ofislar hamda kutish zali tashkil etiladi.
Yurtimiz masjidlarida 2025 yil 30 mart – yakshanba kuni Ramazon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari quyidagicha belgilandi:
1. Andijon viloyati 06:20
2. Namangan viloyati 06:20
3. Farg‘ona viloyati 06:20
4. Toshkent viloyati 06:30
5. Toshkent shahar 06:30
6. Samarqand viloyati 06:40
7. Sirdaryo viloyati 06:40
8. Jizzax viloyati 06:40
9. Qashqadaryo viloyati 06:45
10. Surxondaryo viloyati 06:45
11. Buxoro viloyati 06:50
12. Navoiy viloyati 06:50
13. Xorazm viloyati 07:05
14. Qoraqalpog‘iston Res. 07:15
#namoz #vaqt #ramazon_hayiti
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati