Efiopiya hukumati Dajla viloyatidagi ko'hna Al-Nejashi masjidini tiklashga va'da berdi, xabar bermoqda Anadolu agentligi. Qadimiy masjid hisoblangan Al-Nejashi hududida VII asrda Efiopiyaga kelgan Muhammad Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam sahobalarining qabrlari bor. Ular mushriklardan qutulish uchun Saudiya Arabistonidan qochib ketishgan.
Islam.ru ma'lumotlariga ko'ra, Al-Nejashi eng hurmatli joylardan biri hisoblanadi. Bino Tigraydagi mojaro, o'tgan yilning noyabrida xalq Ozodlik fronti (TPLF) federal kuchlarga qarshi isyon ko'targan paytida shikastlangan. Efiopiya hukumati masjidga etkazilgan zararning darajasini baholash uchun u erga texnik jamoa yo'lga tushganini ma'lum qildi.
Efiopiya madaniy merosni o'rganish va saqlash bo'yicha idorasi direktorining o'rinbosari so'zlariga ko'ra, tez orada qayta tiklash ishlari boshlanadi. Harbiylarning ushbu harakatlarini kufrlik deb atagan Al-Nejashi imomlarining noroziligiga qaramay, TPLF masjid hududida xandaq qazilgani ma'lum bo'ldi.
"Krasnaya Vesna" axborot agentligining xabar berishicha, jangovar harakatlar paytida masjid yaqinida joylashgan xristianlarning Emanuel' cherkovi ham zarar ko'rgan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Farg‘ona viloyati vakilligida 2024–2025 o‘quv yilida diniy ta’lim muassasalarini muvaffaqiyatli yakunlab, soha faoliyatini boshlagan yosh kadrlar bilan uchrashuv va muloqot tashkil etildi.
Mazkur ma’naviy ahamiyatga ega tadbirda viloyat bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev, bosh imom-xatib o‘rinbosari Alisher domla Naimov hamda Buvayda tumani bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Nizomovlar ishtirok etib, yosh kadrlar bilan suhbat qurdilar.
Uchrashuv davomida yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, imom-xatiblar uchun yaratilayotgan imkoniyat va shart-sharoitlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Ma’ruzachi ustozlar imomlikning ulug‘ sharafi va yuksak mas’uliyati haqida so‘z yuritib, yoshlarni o‘z vazifasiga sidqidildan yondoshishga da’vat etdilar. Shuningdek, ular o‘z hayotiy tajribalari va amaliy mashg‘ulotlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, joriy yilda diniy ta’lim muassasalarini tamomlagan 26 nafar bitiruvchi viloyatdagi turli masjidlarga imom-xatib va imom-noibi vazifalariga tayinlandi. Bu esa sohaga yosh kadrlarni jalb etishdagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Muloqot so‘ngida yoshlarga ularning mas’uliyatli xizmat yo‘lida muvaffaqiyat va fathlarni Allohdan so‘rab duo qilindi.