Rasulullloh sollallohu alayhi vasallam: “Kech kirgach, bolalaringizni (uyda) ushlab turing. Chunki bu paytda shayton (jin)lar izg'iydi. Bir soat o'tgach, bolalaringizni erkin qo'ying...”, dedilar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).
Quyosh botgach, farzandlaringizni uydan chiqarmang, tashqarida yurgan bo'lishsa, uyga kirgizib kerakli mashg'ulotlar bilan band qiling. “Chunki bu paytda shayton (jin)lar izg'iydi”. Tun shaytonlar qo'zg'alishi uchun qulay fursatdir. Ular bu vaqtda tashqarida yurgan bolalarga ziyon etkazishi mumkin.
Allohumma solli va sallim 'ala Muhammadin va 'ala oli Muhammad
Davron NURMUHAMMAD
Har yili “1 oktabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni” yurtimizda katta hurmat va ehtirom bilan nishonlanadi. Bu kun shunchaki rasmiy bayram emas, balki hayotimizning har bir bosqichida bizga yo‘l ko‘rsatgan, ilm bergan va tarbiya qilgan zahmatkash insonlarga bo‘lgan cheksiz minnatdorchiligimizning yorqin ifodasidir.
Ustoz va murabbiylar jamiyatning eng muhim tayanchlaridan sanaladi. Ular kelajagimiz egalari bo‘lgan yosh avlodni nafaqat bilim bilan qurollantiradi, balki ularning qalbini tarbiyalaydi, yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantiradi. Maktabda, kollejda, oliy ta’lim muassasasida yoki sport maydonida bo‘lsin, ular fidoyilik bilan o‘z kasbining mashaqqatli, ammo sharafli yukini ado etadi.
Ustoz va murabbiylarni o‘z nurini atrofga sochayotgan quyoshga o‘xshatsak bo‘ladi. Quyoshning nuridan barcha mavjudot foydalanganidek, ularning ma’rifat ziyolaridan butun jamiyat manfaatlanadi.
Payg‘ambar alayhissalom yetuk muallim bo‘lganlar. Muoviya ibn Hakam Sulamiy roziyallohu anhu aytadilar: “Ota-onam Nabiy alayhissalomga fido bo‘lsin! Oldin ham, keyin ham u zotdan yaxshiroq muallimni ko‘rmadim” (Imom Muslim rivoyati).