Dunyo asli zulmatdir! Magar ulamolar majlisigina mustasno.
Hasan Basriy
***
O'zingda yo'q narsa bilan yasanishga urinma!
Tanilganlar tanilmaslikni xohlamagunlarigacha tanilmadilar!
Sufyon ibn Uyayna
***
Tishi chiqqan bolaga chaynab bergan osh bo'lmas
Abdulla Qahhor
***
Muhabbat uyg'ongan joyda har qanday qonun va qoliplar chekinadi.
Sayyid Abror Umar
***
Kishining olim bo'lishiga Alloh taolodan qo'rqmog'i, ilmsiz qolishiga esa amaliga mag'rurlanishi kifoya qiladi.
Masruq
***
Haq taolo har zamonda olimlarni o'shal zamona xalqining amallariga munosib so'zlar bilan gapirtirib qo'yadi.
Abu Turob Naxshabiy
***
Ixlos bilan qilinmagan har qanday ish behuda bo'lib, zoye ketadi.
Mahmud az Zamaxshariy
***
Farzandlaringiz emas o'zingizni tarbiyalang, ular baribir sizga o'xshashadi.
Tarix muhrlagan so'zlar
***
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Yomon fikrlar noto'g'ri qarorlarning sababidir”.
Imom Muslim rivoyati
***
“Ey, insonlar, gumondan qo'rqinglar (boshqa inson haqida yomon xayolga borganingizda, siz hech qanday isbotsiz uni gunoh qilganlikda ayblaysiz), bunday gumon – inson ongining eng yomon nutqidir. Quloq solmang (bilintirmasdan) va ayg'oqchilik qilmang…”
Hadis
***
“Ey, iymon keltirganlar! Ko'p gumonlardan chetda bo'linglar, chunki ba'zi gumonlar gunohdir”.
Hujurot surasi, 12-oyat
***
Manbalar asosida Saidabror Umarov tayyorladi