Buxoro va Samarqand viloyati hokimliklari tashkiliy tuzilmasi shtatlari doirasida hokimning ziyorat turizmini rivojlantirish bo'yicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi. Bu haqda prezidentning tegishli farmoni loyihasi e'lon qilindi.
Uznews.uz xbariga ko'ra, shuningdek, mazkur hujjat bilan Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisining amaldagi o'rinbosarlari soni doirasida ziyorat turizmini rivojlantirish bo'yicha rais o'rinbosari lavozimi ham joriy etiladi.
Belgilanishicha, ushbu hujjat loyihasi amalga oshirilganda:
– Qo'mita tashkiliy tuzilmasida 2020 yilda rejali qisqartirilishi kutilayotgan shtat birliklari hisobidan 9 ta shtat birligidan iborat alohida departament tashkil etiladi;
– Qo'mita raisining ziyorat turizmini rivojlantirish bo'yicha o'rinbosari va departamentning asosiy ish joyi “Ipak yo'li ofisi” unitar korxonasining Samarqand shahridagi binosida joylashtiriladi;
– Qo'mita mablag'lari hisobidan xizmat avtomobilini sotib olish va byudjet mablag'lari hisobidan “Ipak yo'li ofisi” unitar korxonasining binosini ta'mirlash uchun mablag' ajratiladi;
– har haftada Buxoro viloyatida xizmat safarida bo'lishini inobatga olib, Buxoro viloyati hokimligi tomonidan Buxoro shahrida tegishli xizmat sharoitlari tashkil etiladi;
– Buxoro va Samarqand viloyati hokimining ziyorat turizmini rivojlantirish bo'yicha maslahatchisi lavozimiga faqat xorijiy ekspertlar nomzodi ko'rib chiqiladi;
– maslahatchining oylik maoshi u bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq belgilanadi;
– Buxoro va Samarqand viloyati hokimliklari tomonidan maslahatchi uchun yashash joyi ajratiladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Saudiya Arabistoni Qirolligi Sog‘liqni saqlash vazirligi 2024 yilning dekabr oyida 2025 yildan boshlab Umra va Haj amallarini bajarish uchun keladigan barcha ziyoratchilarning meningit infeksiyasiga qarshi emalanganlik to‘g‘risidagi hujjati bo‘lishi shartligini talab qiluvchi me’yoriy hujjat chiqargan edi.
So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda «Haj va Umra ziyoratlariga borishida meningitga qarshi vaksina olish kerak deyilgan qaror bekor qilindi, endi vaksina olmasdan Umraga borsangiz bo‘ladi», degan mazmundagi xabarlar keng tarqalmoqda.
Sanepidqo‘mita ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni Umra va Haj ziyoratlariga boruvchilarda meningit kasalligiga qarshi emlanganlik haqida hujjat bo‘lishi zarurligini rasman bekor qilmagan.
Mamlakatimizga yuqumli kasalliklarni chetdan kirib kelishini oldini olish va epidemiologik barqarorlikni saqlab qolish maqsadida ziyoratchilarni meningitga qarshi emlash tavsiya etiladi, deyiladi rasmiy ma’lumotda.
Xabar.uz