Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Fevral, 2025   |   25 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:47
Quyosh
07:05
Peshin
12:41
Asr
16:24
Shom
18:11
Xufton
19:24
Bismillah
24 Fevral, 2025, 25 Sha`bon, 1446

Pol'sha, Misr, Italiya, Gretsiya va O'zbekiston ekspertlari Islom madaniyatining Samarqand arxitekturasiga qo'shgan hissasini muhokama qilishadi

24.12.2020   1365   1 min.
Pol'sha, Misr, Italiya, Gretsiya va O'zbekiston ekspertlari Islom madaniyatining Samarqand arxitekturasiga qo'shgan hissasini muhokama qilishadi

Bugun, 24 dekabr' kuni «Madaniy merosni saqlash - turizmni rivojlantirish yo'lida muhim omil» xalqaro ilmiy-amaliy simpoziumi bo'lib o'tadi.
Uzbektourism.uz xabariga ko'ra, tadbir O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi, Madaniyat vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish instituti, Samarqand Davlat arxitektura-qurilish instituti va «Ipak yo'li» turizm xalqaro universiteti hamkorligida tashkil etilmoqda. Simpoziumda taniqli olimlar, san'at arboblari, arxeologlar va xalqaro universitetlar professorlari, Pol'sha, Misr, Italiya, Gretsiya va O'zbekistonning madaniyat, arxitektura va dizayn sohasidagi ekspertlari ishtirok etadi.
Tadbirda quyidagi mavzular muhokama qilinadi:
Zamonaviy arxitekturani rivojlantirish tendentsiyalari,
O'zbekiston madaniy merosini asrab-avaylash;
Islom madaniyatining Samarqand arxitekturasiga qo'shgan hissasi;
O'zbek xalqining boy badiiy merosi, jahon san'ati tarixidagi o'rni, rivojlanish bosqichlari hamda xalqaro ijodiy va ilmiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiluvchi zamonaviy tendentsiyalar, shuningdek, dunyodagi madaniy merosni asrab-avaylash yo'lidagi intellektual turizm va innovatsion tendentsiyalar.

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

“Alloh sizga qanday muomala qildi?”

20.02.2025   8817   1 min.
“Alloh sizga qanday muomala qildi?”

Shu o‘rinda bir ibratli rivoyatni keltirish maqsadga muvofiqdir.

Abdulloh ibn Muborak rahmatullohi alayh yetuk faqih, muhaddis va Allohning do‘sti edi. Alloh taolo unga oliy martaba ato qilgan edi. Vafot etgandan keyin bir kishi tushida u zotdan: “Alloh sizga qanday muomala qildi?” deb so‘radi. Abdulloh ibn Muborak rahmatullohi alayh: “Alloh taolo meni mag‘firat qildi, fazliga olib, ulkan marhamat ko‘rsatdi. Lekin menga uyimning ro‘parasidagi temirchiga berilgan maqom nasib bo‘lmadi”, dedi.

Kishi uyqudan uyg‘ondi, dilida temirchining kimligi va qanday qilib Abdulloh ibn Muborakka nasib qilmagan narsa unga berilganini o‘ylab, uning mahallasiga bordi.

Surishtirib, Abdulloh ibn Muborakning temirchi qo‘shnisi borligini, u ham o‘sha kunda vafot etganini aniqladi. Borib, temirchining xotinidan: Eringiz nima qilar edi?” deb so‘radi va tushida ko‘rganlarini aytib berdi.

Ayol: «Erim temirchi edi, kun bo‘yi ishlar, kechasi esa uxlardi. Kechasi Abdulloh ibn Muborakning tahajjud o‘qishiga havasi kelib, hasrat qilib: “Biz ham kengchilikda bo‘lganimizda tuni bilan tahajjud o‘qir edim”, der edi. Yana u ishlayotganida qulog‘iga azon tovushi kirsa, mabodo bolg‘asini tepaga ko‘targan bo‘lsa, shuni urib qo‘yayin, demasdi. O‘sha zahoti bolg‘asini pastga tushirib: “Azonni eshitganimdan keyin menga bolg‘ani ushlab turish yarashmaydi”, deb masjidga ketar edi», dedi.

Temirchi halol rizq talabida edi. Azon eshitilib, birinchi darajadagi farz bilan ikkinchi darajadagi farz ro‘baro‘ keldi. Birinchi darajadagisini ustun qo‘ydi va Alloh buyuk muhaddislarga bermagan maqomga erishdi.

 

“Halol kasb-hunar – qut-baraka keltirar” kitobidan