Islom olamida beqiyos aqida allomasi Toha Al-Dassuqiy Al-Hubayshiy vafot etdi.
Alloma juda ham yirik olim, mashhur shayxlardan bo'lish bilan birga, o'ta kamtarin, kichikko'ngil, muruvvatli, oliyjanob inson edilar. Fazilatlari beqiyos edi.
Shayxning ko'zlari a'mo bo'lsa‑da, ilmlari ummon edi. Uylari aylanasiga to'la kitob, ko'proq shogirdlar o'qib berishadi. U kishining yozgan kitoblari juda ham ko'p. Hususan, aqida, falsafa va tasavvufga oid asarlari mashhur va o'ta daqiq. Oxirgi kitoblaridan biri «Tahoviy aqidasi»iga yozgan sharhlari edi.
2018 yilda O'zbekistonga Misr arab Respublikasidan «Al-Azhar» universiteti Aqiyda va falsafa kafedrasi mudiri ustoz alloma Toha Dassuqiy Hubayshiy tashrif buyurgan edilar.
Doktor Toho Dascuqiy Hubayshiy Imom Buxoriy, Termiziy, Imom Moturidiy kabi buyuk allomalarning yurti, xususan Imom Buxoriyning maqbarasini ziyorat qilganidan behad xursand ekanini aytib o'tgan. U kishining O'zbekistonga, bu o'lka allomalariga bo'lgan muhabbatlari o'zgacha. «O'zbekistonga qilgan safarim» degan kitob yozib, nashr qildilar. Unda yurtimizning o'tmishi va buguni haqida juda ham yaxshi gaplar, qaynoq fikrlar yozilgan. Umuman olganda, Shayx vatanimizni, xalqimizni juda ham yaxshi ko'rar, o'ta hurmat qilar edilar.
Hubayshiy hazratlarining ko'zlari ojiz bo'lsa-da, qalb ko'zlari nurli edi. Ko'rishgan kishilarini ovozidan tanib olar ekanlar.
Allohim bu sadaqai joriyalarini qiyomatga qadar Islom ummati uchun bardavom manfaatli bo'lishini nasib etsin.
Alloh taolo ulug' allomaning barcha xayrli ishlarini, solih amallarini husni qabul aylab, O'z mag'firatiga olsin, oxiratlarini obod qilsin.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji'uun!
Muhyiddin ibn Arabiy aytadilar: “Kimning qanday hojati bo‘lsa, shom namozining farz va sunnatini o‘qib bo‘lganidan keyin o‘rnidan turmasdan Fotiha surasini 40 marta o‘qisin. Shundan keyin, Allohdan hojatini so‘rasin, albatta so‘ragan narsasini beradi. Biz buni tajriba qilib ko‘rdik va foydasini topdik. Fotiha surasini o‘qib bo‘lganidan so‘ng ushbu duoni o‘qiydi: “Allohim! Sening ilmingni o‘zi Sendan so‘ramaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan O‘zing so‘rovimga kifoya qil. Sening karamingni o‘zi Senga so‘zlamaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan so‘zimga kifoya qil va qalbimdagi tilagimni hosil qil”.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV