Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Iyul, 2025   |   12 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:14
Quyosh
04:57
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:38
Bismillah
07 Iyul, 2025, 12 Muharram, 1447

Din va millat uchun xizmat qilish – har bir peshvoga mas'uliyat yuklaydi

30.10.2023   912   2 min.
Din va millat uchun xizmat qilish – har bir peshvoga mas'uliyat yuklaydi

Shu yilning 30 oktyabr' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlari Jizzax viloyatiga tashrif buyurdilar. Jizzax viloyatida faoliyat ko'rsatib kelayotgan imom-xatiblarning kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi. Majlis Qur'oni karim tilovati va xayrli duolar bilan boshlandi.

Muftiy hazratlari bugun har bir din peshvosi din va millat uchun astoydil xizmat qilishi, amalga oshirilayotgan ijobiy o'zgarishlar, mo'min-musulmonlar farovonligi yo'lida hayotga tatbiq etilayotgan chora-tadbirlarda faol ishtirok etish, ayniqsa, diniy-ma'rifiy sohadagi yangilanishlar imom-domlalarimiz zimmasiga katta mas'uliyat yuklashi haqida so'z yuritdilar.

Shuningdek, Muftiy hazratlari tomonlaridan Jizzax viloyatida oxirgi yillarda ijobiy ishlar qilinganligi, ammo tizimda hali amalga oshirilishi lozim bo'lgan talay ishlar mavjudligi alohida ta'kidlandi. Ayniqsa, imom-xatiblar muntazam o'z ustida ishlashi, mo'min-musulmonlar ehtiyojlarini ta'minlash yo'lida sa'y-harakat qilishi va ish faoliyatda belgilangan tartib-qoidalarga amal qilishi zarurligini qayd etish barobarida muhim tavsiya va topshiriqlar berildi.

Yig'ilishda Jizzax viloyati bosh imom-xatibi Mehmonali domla Jabborov tomonidan notiqlar tomonidan aytilgan har bir masala yuzasidan barcha imom-xatiblar to'g'ri xulosa chiqarishi, bundan buyon ular hamfikr va hamjihatlikda dinimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo'lida astoydil xizmat qilishlari bildirildi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

“Profilingiz” sizni uyaltirib qo‘ymasin!

04.07.2025   5360   1 min.
“Profilingiz” sizni uyaltirib qo‘ymasin!

- Avvalo, ijtimoiy tarmoqlarga kirishdan maqsadingiz shunchaki vaqt o‘tkazish, ermak emas, balki boshqalarga manfaat ulashish, ulardan manfaat olish, ilmni oshirish, yaxshilikka chorlab, yomonlikdan qaytarish;

- Fahsh, harom, boshqalarga tegishli rasm va videolarini tarqatish tiyilish;

- Dinni, ulamolarni, shaxslarni, xalqlarni kamsitadigan, obro‘ to‘kishga qaratilgan maqola, rasm va videolarni post qilib qo‘ymang;

- Foydasiz tortishuvlarga kirishmang;

- Mish-mish aytuvchi, tarqatuvchi bo‘lmang! Ma’lumotlarni tarqatishdan oldin tekshirib, aniqlashtiring;

- Postlaringiz bilan odamlarga ilm-ma’rifat, yaxshilik ulashishga intiling va bu ishlarning barchasini Alloh taoloning roziligi uchun qiling;

- Yozayotgan, yuborayotgan, ulashayotgan har bir so‘zingiz oxiratda sizning zararingizga emas, foydangizga guvohlik beradigan so‘z bo‘lishiga diqqat qiling;

- Ijtimoiy tarmoqlardan me’yorida foydalaning! Ibodatni ado etish, oilaning nafaqasi, silai rahm, qo‘shniga yaxshilik qilish kabi zimmangizdagi mas’uliyatlaringizni unutib qo‘ymang;

- Postlarga “yoqdi” tugmasidan bosishdan oldin bu ish iymoningizga futur yetkazadimi yoki yo‘qmi, aniqlab oling! Gunoh bo‘lgan postlarga “yoqdi” tugmasini bosish iymonga salbiy ta’sir etadi;

- Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizni oxiratda Alloh taoloning huzurida, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning oldilarida xijolat bo‘lib qolmaydigan tarzda yuriting!

Norin tumani “Abu Iso at-Termiziy” jome masjidi

imom-xatibi Maxmudov Yosinxon.

Manba: @SOFTALIMOTLAR

MAQOLA