Onamiz Oisha roziyallohu anho aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yotoqlariga yotganlarida, ikki kaftlarini birlashtirib, ularga dam urib – “Ixlos”, “Falaq”, “Nas” suralarini qiroat qilardilar. So'ngra ikki kaftlarini badanlarining qo'llari etgan joylariga surtardilar. Boshlaridan boshlab, so'ngra yuzlari va ketma-ket boshqa a'zolariga. Bu ishni uch marta qilardilar” (Imom Buxoriy rivoyati).
Ba'zi odamlar kechasi tinch yotish, bezovta bo'lmaslik uchun turli dorilarni, tinchlantiruvchi vositalarni qabul qilishadi. Ammo bu doim ham kutilgan natijani bermaydi. Tinch dam olish uchun turli yomon xayollarni miyadan chiqarib tashlash, shayton vasvasasini ketkazish kerak. Buning uchun nabaviy hadisga amal qilinadi. Shunda har xil dori-darmonlarga hojat qolmaydi. Zero, eng zo'r davo Qur'on va hadisdir.
Demak, kim kechasi uxlashdan oldin Ixlos, Falaq, Nos suralari bilan birga Fotiha, Isro, Sajda, Taborak, Duxon, Kofirun, suralarini (shuningdek, Oyatul kursiyni) o'qisa, tuni osuda o'tadi, uzuq-buzuq xayollar uni bezovta qilmaydi, yomon tush ko'rmaydi. Albatta, Alloh taolo Qur'onga oshno bandaga ikki dunyoda omonlik beradi.
Qarang, bu juda ham oson, ammo savobi ulkan, gunohlarni ketkazuvchi, jannatga etkazuvchi bo'lgan amaldir. Lekin dangasaligimiz, beparvoligimiz oqibatida bunga e'tibor bermaymiz, amal qilmaymiz. Ko'pchiligimiz hatto bilmaymiz ham. Avval bilmasak, endi bilib oldik. Endi bilganimizga amal qilaylik va boshqalarga ham etkazaylik.
Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini yoyilishiga xizmat qilish u zotga bo'lgan muhabbat va ehtiromning yuksak namunasi hisoblanadi. U zot sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini aniqlik bilan etkazganlarning haqqiga: “Mening gapimni eshitib, yodlab, singdirib, so'ngra etkazgan odamni Alloh ne'matlantirsin”, deb duo qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).
Alloh taolo barchamizga har bir ishda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga amal qilishimizga tavfiq ato etsin, omiyn!
Allohumma solli va sallim 'ala Muhammadin va 'ala oli Muhammad
Davron NURMUHAMMAD
Imom Abul Mu’in Nasafiy rahmatullohi alayh "Tabsiratul adilla" asarlarida Xuroson va Mavoraunnahr aholisi hanafiylikni Imomi A’zam rahmatullohi alayhning yetakchi shogirdi Imom Muhammad ibn Hasan Shayboniy, uning shogirdi Abu Suraymon Juzjoniy, uning do‘sti Shayx Abu Bakr Ahmad, Shayx Is'hoq Sobih Juzjoniy, Imom Abu Bakr Juzjoniy, Imom Abu Nasr Ahmad ibn Abbos Iyodiy Ansoriy va Imom Moturidiy silsilasi orqali o‘rgangan deb keltiradi. Imom Nasafiyning ta’kidlashlaricha bu olimlar ilk davrdan boshlab Movarounnahrning barcha hududlarida hamda Xurosonning Marv va Balx shaharlarida hanafiylik mazhabini yoyishda jonbozlik ko‘rsatishgan.
Imom Moturidiy rahimahulloh Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhning e’tiqodiy qarashlarini yaxshi o‘zlashtirishdan tashqari mintaqamizda hanafiylik tarqalishida muhim hissa qo‘shganlar.
Kosonsoy tuman "Buzrukho‘ja" jome masjidi imom-xatibi
Sodiqjon Abdurahmanov
Manba: @Softalimotlar