Turkmaniston davlat axborot agentligi xabariga ko'ra, Gurbanguli Berdimuhamedov Bolqon viloyatiga safari doirasida mintaqadagi bosh jome masjidning ochilish marosimida ishtirok etdi, deb xabar bergan.
Bolqonobodda oq marmar bilan bezatilgan muhtasham masjid viloyat ma'muriy markazining asosiy diqqatga sazovor joylaridan biriga aylangan. Majmuaning umumiy maydoni 14 gektardan ortiq.
Majmua arxitekturasi, shuningdek, Islom madaniyati uchun xos dekorativ elementlar bilan bezatilgan to'rtta minorani ham o'z ichiga oladi. Masjidning markaziy gumbazida tilladan yasalgan yarim oy o'rnatilgan. To'rt minoraning har birining balandligi 63 metrni, gumbazning balandligi esa 40 metrni tashkil qiladi. Ichki bezaklarni bezashda marmar, granit va yog'ochdan foydalanilgan. Ikki qavatli masjid binosiga 3000 nafar namozxon sig'ishi mo'ljallangan.
Masjidda xayriya qiluvchilar uchun maxsus bino, 50 o'rinli mehmonxona va avtoturargoh mavjud.
Masjid atrofi ko'kalamzorlashtirilib, uch mingdan ortiq daraxt ko'chati o'tqazilgan.
azon.uz
Mir Arab oliy madrasasida Buxoro davlat universiteti bilan hamkorlikda alloma ajdodlarimizdan bo‘lgan Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning ijodini o‘rganishga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Unda Oliy madrasaning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Mustafo Xodjayev, Bahouddin Naqshband jome masjidi imom xatibi Abdug‘ofur Razzoqov, Buxoro davlat universiteti O‘zbek adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Azimjon Hamidov, ustoz va talabalar ishtirok etdi.
Abdug‘ofur Razzoqov Mir Alisher Navoiy hayoti va ijodi, qoldirgan ilmiy merosi, asarlaridagi yaxshilik, go‘zallikka targ‘ib masalalari, buyuk mutafakkirning nafaqat turkiy, balki, forsiy tilda qilgan ijodining bugungi kundagi ahamiyati haqida so‘zladi.
Azimjon Hamidov esa shoir, adib, olim, sarkarda, yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yo‘li, asarlari, Vatan sog‘inchi tarannum etilgan asarlariga to‘xtaldi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati