Salaf (سلف) so'zi lug'atda oldin yashab o'tgan ajdodlarga ishlatiladi. Ko'plik shakli “sulof”, “aslof” (سلاف، اسلاف) siyg'alarida keladi.
Istilohda esa, “Salaf” so'zi umumiy ishlatilganda dastlabki uch asr avlodi — ummati Muhammadiyaning eng afzal peshqadam avlodi ko'zda tutiladi. Ya'ni salafi solihlar. Ular haqida Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: "Insoniyatning eng yaxshi avlodi mening asrdoshlarim. Keyin ulardan keyingi avlod. Keyin ulardan keying asr avlodi", deganlar (Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Ahmad rivoyati).
Bu uch asr avlodining yaxshiligi shundaki, ular shu ummatning ustozlari, eng afzal va xayr egalari bo'lgan. Ularning boshida to'g'ridan to'g'ri Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning o'zlaridan ta'lim olgan sahobalar turadi. Sahoblardagi bu fazilatga etadigan sharaf yo'q!
Keyingi avlod esa tobeinlar bo'lib, ular sahobai kiromlarning shogirdlari hisoblangan. Ularning ortidan uchinchi avlod – taba' tobeinlar keldi. Mana shu uch avlodning fidokorligi bilan Islom dini bizgacha etib keldi. Haqiqiy sharaf o'sha uch avlodga doirdir!
Ibrohim al-Laqqoniy “Javhara”da aytadi: “Salafi solih” atamasi qaydlanmasdan umumiy ishlatilsa, undan sahobai kiromlar tushuniladi. Chunki sahoblarning hammasi adolatli, ishonchli olimlar edi. Har birining rivoyati, garchi xato bo'lsa ham qabul qilinadi. Chunki ularning xatosi ijtihod bilan bo'lgan. Mujtahidning xatosiga esa Alloh savob beradi. Sahobalar shu ummatning eng hurmatli ustozlari edi. Ularning orasida bid'atchi, adashgan ahli zalolat bitta ham bo'lgan emas. Ammo sahobalardan keyingi avlod ichida ishonchli ulamolar ko'p bo'lishi bilan birga, bid'atchi va hadis to'qiydigan uydirmachi vazzo'lar ham bor edi.
“Salafi solih” atamasi yana sahobalardan keyingi davrga mansub faqihlar, muhaddis va mufassirlar kabi o'z davrining peshvo ulamolarini ham qamraydi. Masalan to'rt mazhab asoschilari bo'lmish imom Abu Hanifa, imom Molik, imom, Shofe'iy va imom Ahmad ibn Hanbal rahimahumullohni, shuningdek, imom Avzai'y, Mujohid, Sufyoni Savriy va Sufyon ibn Uyaynalar ham “Salafi solih” atamasi ichiga kiritiladi.
Alloma Ibn Hajar “Zavojir”da Imom Zahabiydan naql qilib aytadi: mutaqaddim ulamolar bilan mutaaxxir ulamolar orasini ajratib turuvchi chegara uchinchi asrning so'nggidir. Ya'ni dastlabki hijriy uch asr. Hijriy to'rtinchi asrdan keyingi xalaf olimlari, fozilu avliyolarga ham “salafi solih”, “salafiy”, degan atama ishlatilmaydi.
Salafiylar – hijriy ettinchi asrning oxirlarida Ahmad ibn Taymiya al-Harraniy (661-728 h.) boshchiligida, asosan ahli sunnat imomi — imom Ash'ariy rahmatullohi alayh tomondan talqin qilingan e'tiqodiy islohotlarni rad qilish bilan o'rtaga chiqqan toifadir.
Ahmad ibn Taymiya va uning yaqinlaridan iborat sanoqli shaxslarning fikricha, imom Ash'ariy rahmatullohi alayh ta'limotida ahli hadislar aqoidiga zid bo'lgan mafkura va qarashlar mavjud bo'lgan. Imom Ash'ariy Allohning mutashobih (ma'nosi maxfiy) ism va sifatlari masalasida zarurat yuzasidan qo'llagan ta'vil uslubini Ibn Taymiya inkor etadi. U oyat va hadislarning zohiriga binoan hukm qilish lozimligini ta'kidlab, nasslardagi majozni rad etadi. Shu yo'l bilan u go'yoki, ahli hadislar aqoidini qayta jonlantirmoqchi, tahrif va tabdillarni yo'q qilmoqchi ekanini iddao qiladi.
Ibn Taymiya o'z yo'nalishini “Manhaju salafis-solih” (salafi solihlar yo'li), degan nom bilan ataydi. Va ana shu manhaj asosida hayot kechirish kerakligini ta'kidlaydi. Natijada u asos solgan oqimni uning targ'ibotchilari tomondan “Salafiyya”, deb tanitila boshlandi. Nimagaki, unda Islom ahkomlari zamon talabiga emas, balki salafi solihlar davri — hijriy sananing dastlabki uch asriga mos tarzda ijro etilishiga jiddiy ahamiyat berilar va shunday yo'l tutishga targ'ib qilinar edi.
Ibn Taymiya tarafdan “Islomni qayta jonlantirish, salaflar yo'liga qaytish” shiorlari ostida yangi fikrlar, mujtahidlar ijmosiga xilof qarashlar, to'rt mazhab ulamolarining na fiqhiy va na aqidaviy asoslariga mos bo'lmagan hukmlar oshkor qilina boshladi. Tarixchilarga ko'ra, Ibn Taymiyaning aqidaviy va fiqhiy masalalarda mujtahidlar kengashi — ijmoga xilof nazariyotlari umumiy hisobda oltmishga yaqin masalada bo'lgan. Masalan, uning fikricha, Allohning kalomi qadim va azaliy emas balki, hodis Alloh tomondan yaratilgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak qabrini ziyoratiga borish (agarcha, ibn Taymiyaga qadar, qarib sakkiz asrdan beri butun Islom olamida bu amal joriy bo'lishiga qaramasdan) bid'at va zalolatdir. Shuningdek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tug'ilgan kunlarini nishonlamoq — mavlid bayrami ham bid'at va foydasizdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan qolgan asori atiqalarni tabarrukan asrab-avaylamoq go'yoki shirkdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va boshqa aziz-avliyolar bilan duolarda tavassul etmoq, qabrlarni ziyorat qilmoq va shu kabi bir qancha joriy amallar “bid'at”, “tavhid aqidasiga zid” bo'lgan. “salafiylar”ning tasavvurida yuqoridagi aziz va mo''tabar narsalar johiliyat davridagi jirkanch bud-sanamlarga tenglashtiriladi.
Yunusxon MAMARASULOV,
Marg'ilon shahar “Said Jalolxonto'ra” masjidi imom-xatibi
2025 yil 10 iyul kuni Qur’oni Karim xodimi, ustoz, shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum boshchiligida «Qur’on va tajvidni o‘rgatish» bo‘limi xodimlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasiga tashrif buyurishdi.
Ma’lumki, kutubxonada turli mavzudagi nodir qo‘lyozma asarlar, Qur’oni Karim qo‘lyozma nusxalarining namunalari saqlanadi. Mana shunday nodir manbalardan biri Hazrati Usmon mus'hafi hisoblanadi. Qur’oni Karimning ushbu noyob va qadimiy qo‘lyozma nusxasi tadqiqotchilar va keng jamoatchilikning doimiy e’tiborida bo‘lib kelgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2023 yil 22 dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida muzeylar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha yetti yillik dastur qabul qilinishi e’lon qilindi. Ushbu yig‘ilish davomida berilgan topshiriqlar bo‘yicha 50-son Bayonnomaning 47-bandida Muqaddas kitob – Usmon Qur’oni sahifalarining konservatsiya va restavratsiya qilinishini ta’minlash belgilangan. Mazkur dasturni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi qo‘llab quvvatlovi ostida xorijlik mutaxassislar, jumladan, Kembrij universitetidan Kristine Rose, fransiyalik restavratorlar Aksell Deleau va Koraliye Barbe, Istanbul qo‘lyozmalar ustaxonasi va arxiv bo‘limi mudiri Nil Baydar Usmon mus'hafini bosqichma-bosqich ta’mirlash rejasini ishlab chiqib, kelgusida muhofaza qilish bo‘yicha tavsiyalarni berdilar. Jumladan, «yengil restavratsiya ishlari»ni amalga oshirishdan avval Hazrati Usmon Qur’oni sahifalarini skaner qilish va matnini kodikologik tadqiq qilish bo‘yicha yo‘nalishlar belgilab olindi.
Ushbu xayrli ishlarning davomi sifatida O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida Hazrati Usmon Mus'hafi matnini kodikologik tadqiq qilish bo‘yicha muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda «Qur’on va tajvidni o‘rgatish» bo‘limi mudiri shayx Alijon qori Fayzulloh va Kutubxona mudiri Kamoliddin Mahkamov boshchiligida bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda «Mo‘yi muborak» madrasa-muzeyida saqlanayotgan Hazrati Usmon Mus'hafining tarixi va bugungi kundagi ahamiyati haqida so‘z yuritilib, uni kelajak avlodlar asrab-avaylashga xizmat qiladigan muhim masalalar muhokama qilindi. Jumladan, Hazrati Usmon Qur’oni sahifalari va fondda saqlanayotgan 1905 yilda Sankt-Peterburgda olingan nusxasini kodikologik tadqiq qilish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirilib, kelgusida qilinadigan ishlar rejalashtirildi.
AlQuranuz