Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Fevral, 2025   |   10 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:06
Quyosh
07:26
Peshin
12:42
Asr
16:07
Shom
17:52
Xufton
19:07
Bismillah
09 Fevral, 2025, 10 Sha`bon, 1446

Malayziya bilan ziyorat turizmi bo'yicha hamkorlik ko'chayadi

26.11.2020   2053   2 min.
Malayziya bilan ziyorat turizmi bo'yicha hamkorlik ko'chayadi

O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Malayziya turizm, san'at va madaniyat vazirligi huzuridagi Islom turizmi markazi (Islamic Tourism Centre - ITC) Bosh direktori Mohmed Razip Hoji Hasan bilan uchrashuv o'tkazdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.

Muloqot chog'ida sayyohlik sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, O'zbekistonning boy madaniy-tarixiy merosi, mintaqalarining ziyorat turizmi uchun noyob va ulkan salohiyati haqida ma'lumot berildi.

Mohmed Razip Hoji Hasanning aytishicha, O'zbekiston malayziyalik sayyohlar uchun jozibador manzil sifatida ko'p davlatlardan ustunlikka ega. Shu bois dunyodagi pandemiya bilan bog'liq vaziyatni hisobga olgan holda mamlakatimizning sayyohlik jozibadorligini Malayziya jamoatchiligi orasida targ'ib qilish chora-tadbirlarini ko'rishini ta'kidladi.

Uchrashuv yakunida ITM va Davlat turizm qo'mitasi o'rtasida anglashuv memorandumi imzolash va Buxoro viloyatida turizmni rivojlantirish departmenti vakillari o'rtasida videoanjuman o'tkazish yuzasidan bir qancha kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, mamlakatimizda turizm soha vakillari uchun “ziyorat turizmi”, “muslim friendly” va “halal tourism” standartlarini rivojlantirish masalalari bo'yicha bir qator vebinar va gidlar malakasini oshirish uchun malay tili kurslarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Ma'lumot uchun, Islom turizmi markazi (ITM) Malayziyada ziyorat turizmini rivojlantirish bo'yicha asosiy muvofiqlashtiruvchi idora sifatida faoliyat yuritadi. Uni tegishli vazirlik, idora va oliy o'quv yurtlari vakillari, turizm va mehmondo'stlik sohasi bo'yicha etakchi mutaxassislarni o'z ichiga olgan direktorlar Kengashi amalga oshiradi.

ITM tadqiqot olib boradi, Malayziyada sanoatni barqaror rivojlantirish uchun turizm siyosati bo'yicha takliflarni rasmiylashtiradi, musulmon bozoriga qaratilgan turistik paket va yo'nalishni tayyorlash bo'yicha seminarlar tashkil etadi va turoperatorlar bilan birga musulmon turistlarning ehtiyojlarini qondirish uchun alohida mahsulotlar yaratadi.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

2024 yilda Buxoroga 6 millionga yaqin sayyoh tashrif buyurgan (Fotoreportaj)

7.02.2025   3748   1 min.
2024 yilda Buxoroga 6 millionga yaqin sayyoh tashrif buyurgan (Fotoreportaj)

Ko‘hna va boqiy Buxoroning boy madaniy-tarixiy merosi, o‘z bag‘rida bir necha asrlik moziy sir-sinoatini saqlab kelayotgan mahobatli yodgorliklari, ziyoratgohlari bugun har galgidanda gavjum.
 

O‘tgan 2024 yil davomida ko‘hna shaharga 1 million 745 ming 200 nafardan ziyod xorijiy sayyoh tashrif buyurgan bo‘lib, ularga ko‘rsatiladigan xizmatlar orqali turizm eksporti 436,3 million AQSH dollariga yetkazilgan. Shu bilan birga, respublika hududlaridan Buxoroga 4 milliondan ziyod mahalliy aholi sayohat maqsadida tashrif buyurgan.


Shaharning sayyohlik salohiyatini yaxshilash maqsadida o‘tgan yili 74 ta joylashtirish vositasi, jumladan, 17 ta mehmonxona, 15 ta xostel, 42 ta oilaviy mehmon uyi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.  Shuningdek, hududda 43 nafar yangi turoperator-turagent ish boshlashi natijasida ularning soni 2023 yildagi 143 dan 186 nafarga yetgan.  

Tohir ISTATOV(surat),O‘zA

2024 yilda Buxoroga 6 millionga yaqin sayyoh tashrif buyurgan (Fotoreportaj) 2024 yilda Buxoroga 6 millionga yaqin sayyoh tashrif buyurgan (Fotoreportaj) 2024 yilda Buxoroga 6 millionga yaqin sayyoh tashrif buyurgan (Fotoreportaj) 2024 yilda Buxoroga 6 millionga yaqin sayyoh tashrif buyurgan (Fotoreportaj)
O'zbekiston yangiliklari