Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyul, 2025   |   21 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:24
Quyosh
05:04
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:58
Xufton
21:31
Bismillah
16 Iyul, 2025, 21 Muharram, 1447

Obod etilayotgan masjidlar: Oltiariq javhari barpo etiladi

24.11.2020   1921   3 min.
Obod etilayotgan masjidlar: Oltiariq javhari barpo etiladi

Kun yorug'ligidagi zamonaviy, keng masjid. Farg'ona viloyati Oltiariq tumanida yangidan qurilayotgan «Oq do'ppi eshon» jome masjidi asosiy xonaqohi balandligi 20 metrga yaqin bo'lib, derazalarining balandligi va ko'pligi bilan yanada yorug' va keng ko'rinadi. Loyihaga ko'ra, 4 tomondan  30 metrlik minora 4 ta kichik gumbaz ustiga qurilgan katta gumbazni qurshab turadi. Ichki tomondan esa to'rt tomondagi nafis qubbalar xonaqohga o'zgacha go'zallik bag'ishlab qolmay, muayyan vazifalarni ado etadi. Bir vaqtlar bunday masjidlar viloyatlar aholisi uchun orzu edi. Ming shukurki, bugun omonlik zamonasida mehnatsevar xalqimiz munosib shart-sharoitlar asosida yashash, ibodat qilish imkoniyatiga ega bo'lmoqda.

Yaqinda qurilishi boshlab yuborilgan masjid poydevoriga g'isht qo'yish marosimi bo'lib o'tdi. Unda Farg'ona viloyati bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev, imom-xatiblar va mahalla faollari qatnashdilar. Ezgu niyat va ixlos ila xayrli tashabbusga xizmat qilayotgan kishilar haqlariga duolar qilindi. 

Qapchig'ay mahallasi va qo'shni mahalla aholisi uchun torlik qilayotgan ushbu masjidning eski binosi 300-400 kishini sig'dirgan bo'lsa, yangi qad rostlayotgan masjidning katta xonaqohida 3000 ga yaqin, er to'la qismida esa yana 2500 kishi ibodat qilishi mumkin. Shuningdek, zamonaviy tahoratxona va ma'muriy binolar ham qulay imkoniyatlar asosida barpo etilishi rejalashtirilgan. 

Alloh taolo baytining obodligi yo'lida qilinayotgan har bir harakatga O'zi barakotlar ato etsin, masjid tez orada qad ko'tarib, xalqning quvonchiga, iymon va ma'rifatining yuksalishiga sabab bo'lsin!   

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo'limi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi

15.07.2025   2964   1 min.
Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi

Bugun, 15 iyul kuni imom-xatiblar faoliyatini yanada samarali tashkil qilish bo‘yicha Sirdaryo viloyati Xovos tumanida navbatdagi amaliy tadbir o‘tkazildi. Namunaviy-amaliy tadbir yig‘ilishi mazkur tumandagi "Xovos" jome masjidida bo‘lib o‘tdi.
 

Mazkur tadbirda Sirdaryo viloyati bosh imom-xatibi Habibulloh domla Zokirov yig‘ilishga boshchilik qildi. Shuningdek, vakillik xodimlari, tuman, shahar bosh imom-xatiblari hamda otinoyilar, mahallalardagi “Haj – 2025” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etildi.
 

Ishchi guruh a’zolari tomonidan hududdagi 20 ta mahalladagi 120 ta xonadon holidan xabar olindi. Jumladan, nogironligi bor xonadonlar, notinch oilalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar qamrab olindi.

Sirdaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi
O'zbekiston yangiliklari