Toshkent viloyatining Chinoz tumanida joylashgan «Yallama» jome masjidi mo'min musulmonlar uchun zamonaviy usulda bitkazilib, foydalanishga topshirildi.

Masjid honaqosi ko'rkam va shinam holatda qurilib, tahoratxonada bir vaqtning o'zida Alloh taolo bilan yuzlanish uchun 34 kishi poklanish imkoniga ega bo'ladi. «Yallama» jome masjidi 800 ta namozxonni o'z bag'riga sig'dira oladi. Masjidning qurilish jarayoni 18 oy vaqt mobaynida olib borildi va bugungi kunda foydalanishga topshirildi.


Ushbu masjid qurilishida jonbozlik ko'rsatgan barcha saxovatpesha va homiylardan Alloh taoloning O'zi rozi bo'lsin. Yangi masjidni xalqimizga muborak qilsin. Masjidlar qurilishini Haq taolo bardavom aylasin!




Toshkent viloyati vakilligi matbuot xizmati
2025 yil 05 dekabr kuni Namangan viloyati vakilligida bosh qomusimiz qabul qilingani munosabati bilan Namangan viloyatida faoliyat olib borayotgan diniy soha xodimlari o‘rtasida Muftiy Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining kitoblari asosida ZAKOVAT intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning ochilish marosimida Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Jamshed Xatamov, Namangan viloyati bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbasiddinovlar so‘zga chiqib bellashuv ishtirokchilariga omad tilashdi.
Mazkur bellashuv diniy soha xodimlarining aqliy faolligini oshirish, o‘zaro jamoaviy hamfikrligini qo‘llab-quvvatlash, hamjihatlikni mustahkamlash, ilmiy salohiyatlarini oshirish maqsadida tashkil etildi.
Jami 14 jamoa ishtirok etgan ZAKOVAT intellektual o‘yini qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Intellektual o‘yinning yakuniy natijalariga ko‘ra;
1-o‘rin Namangan shahar imomlarini "ZIYO" jamoasi,
2-o‘rin Uychi tumani imomlarini "Axsi" jamoasi,
3-o‘rin To‘raqo‘rg‘on tumani imomlarini "Qadim Axsikent" jamoasiga nasib qildi.
G‘oliblarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyat vakilligining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati