Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Iyul, 2025   |   17 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:19
Quyosh
05:01
Peshin
12:34
Asr
17:41
Shom
20:01
Xufton
21:34
Bismillah
12 Iyul, 2025, 17 Muharram, 1447

Bir savol so'rasam: Turmushga chiqishimga "odamlarim" yo'l qo'ymayapti

17.11.2020   2700   1 min.
Bir savol so'rasam: Turmushga chiqishimga

Yoshim 30 dan oshdi, biroq hali turmushga chiqmadim. Qayerga borsam, kim bilan suhbatlashsam, sizni odamlaringiz bor, yo'lingizni to'sib turibdi, deyishadi. Bunday hollarda dinimizda qanday yo'l tutiladi?

— Odamlari bor, yo'li to'silgan degan gaplar bid'at, xurofot bo'lib, shariatda asosi yo'qdir. Bir kishining oila qurishi ortga surilishi Alloh taoloning qazoi qadari bilan bo'ladi. Inson doim Allohga duo qilib, yaxshi turmush o'rtoqni ro'para qilishini so'rab, ibodatlarda bardavom bo'lsa ham istig'forni ko'p aytsa, Allohning izni bilan ishi o'ngidan keladi. Zero, hadisi shariflardan birida Alloh taolo istig'forni ko'p aytgan kishining muammolarini aritib, mushkullarini oson qilib, unga o'zi o'ylamagan tomondan rizq berishi aytilgan.

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Alloh shunday mehribon

11.07.2025   2974   1 min.
Alloh shunday mehribon

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «Alloh azza va jalla (farishtalarga) aytadi: «Bandam biror yomonlikka shaylansa, uni yozmanglar. Agar uni qilsa, bitta yomonlik yozinglar. Agar biror yaxshilikka shaylansa-yu, uni qilmasa, bitta yaxshilik deb yozinglar. Agar uni qilsa, o‘nta (yaxshilik) yozinglar» (Imom Muslim rivoyati).

Maqolalar