Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyul, 2025   |   21 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:24
Quyosh
05:04
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:58
Xufton
21:31
Bismillah
16 Iyul, 2025, 21 Muharram, 1447

Qabr ziyoratidagi nozik masala

17.11.2020   3785   57 min.
Qabr ziyoratidagi nozik masala

Hatto, johil xalq ko'pxudolik ta'sirini qabristonlargacha olib borgan edilar. Shu bois Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dastlab ummatni qabrlarni ziyorat qilishdan qaytardilar. Johiliyat rasm-rusmlari tugatilib, jamiyat isloh qilinganidan keyin qabrlarni ziyorat qilishga Nabiy sollallohu alayhi vasallam ruxsat berdilar. Bu haqda hadisi sharifda shunday deyilgan:

عَنْ سُلَيْمَانَ بْنِ بُرَيْدَةَ عَنْ أَبِيهِ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: قَدْ كُنْتُ نَهَيْتُكُمْ عَنْ زِيَارَةِ الْقُبُورِ فَقَدْ أُذِنَ لِمُحَمَّدٍ فِي زِيَارَةِ قَبْرِ أُمِّهِ فَزُورُوهَا فَإِنَّهَا تُذَكِّرُ اْلآخِرَةَ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلاَّ الْبُخَارِيَّ وَاللَّفْظُ لِلتِّرْمِذِيِّ.

Sulaymon ibn Burayda otasidan rivoyat qiladi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Sizlarni qabrlarni ziyorat qilishdan qaytargan edim. Batahqiq, Muhammadga onasini ziyorat qilishga izn bo'ldi. Bas, u (qabr)larni ziyorat qiling. Albatta, ular oxiratni eslatadi”, dedilar”.
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan. Lafz Termiziyniki.
Shu bilan qabrlarni ziyorat qilishga izn berildi. Lekin, qabrlarni ziyoratiga tegishli ikki masalada ixtilof bor:
Birinchisi, qabrlarni ziyorat qilishga bo'lgan ijozat erkagu ayollargami yoki faqat erkalargami? Ba'zi ulamolar bu ijozat ayollarga emas deb, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan naql qilingan quyidagi hadisni dalil sifatida keltiradilar:

عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: لَعَنَ الله زَائِرَاتِ الْقُبُورِ وَالْمُتَّخِذِينَ عَلَيْهَا الْمَسَاجِدَ وَالسُّرُجَ. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ.

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Alloh qabrlarni ziyorat qiluvchi ayollarni va qabrlar ustiga masjid qurib, chiroq yoquvchilarni la'nat qilsin”, dedilar”.
Sunan egalari rivoyat qilishgan.
Ba'zi olimlar bu hadis qabrlarni ziyorat qilishga ijozat bo'lishidan avval aytilgan bo'lib, endi erkaklar kabi ayollar ham qabrlarni ziyorat qilishlari mumkin, deganlar. Sahih qavl shuki, ayollar qabrlarni ziyorat qilish asnosida sabr-qanoat qilmay jazavaga tushib, noshar'iy xatti-harak'at qila boshlaydilar. Natijada turli bid'atlarni amalga oshiradilar va xalq orasida yangidan-yangi fitnalar yuzaga kela boshlaydi. Hadisda, ayollarning ushbu xususiyatidan qaytarilgan.

وحاصله أن محل الرخص لهن إذا كانت الزيارة على وجه ليس فيه فتنة والأصح أن الرخصة ثابتة للرجال والنساء لأن السيدة فاطمة رضي الله تعالى عنها كانت تزور قبر حمزة كل جمعة وكانت عائشة رضي الله تعالى عنها تزور قبر أخيها عبد الرحمن بمكة كذا ذكره البدر العيني في شرح البخاري

“Uning xulosasi shuki, ayollarga (qabrlarni ziyorat qilishlari borasidagi) ruxsat qabrlarni ziyorat qilish fitnasiz amalga oshsa. Sahihi, (qabrlarni ziyorat qilish borasidagi) ruxsat erkak va ayollargadir. Chunki, Sayyida Fotima roziyallohu anho har jum'a Hamza roziyallohu anhuni ziyorat qilar edilar. Oisha roziyallohu anho esa, Makkadagi inisi Abdurahmon roziyallohu anhuning qabrini ziyorat qilar edilar. Badrul Ayniy Buxoriyning sharhida shunday keltirgan” (Hoshiyatu Tahtoviy).

وَبِزِيَارَةِ الْقُبُورِ وَلَوْ لِلنِّسَاءِ لِحَدِيثِ { كُنْت نَهَيْتُكُمْ عَنْ زِيَارَةِ الْقُبُورِ أَلَا فَزُورُوهَا

“Sizlarni qabrlarni ziyorat qilishdan qaytargan edim. Endi, ziyorat qilaveringlar” hadisiga binoan qabrlarni ziyorat qilish ayollar uchun bo'lsa ham ruxsat berilgan” (Raddul muhtor).

وَقِيلَ : تَحْرُمُ عَلَيْهِنَّ وَالْأَصَحُّ أَنَّ الرُّخْصَةَ ثَابِتَةٌ لَهُنَّ بَحْرٌ ، وَجَزَمَ فِي شَرْحِ الْمُنْيَةِ بِالْكَرَاهَةِ لِمَا مَرَّ فِي اتِّبَاعِهِنَّ الْجِنَازَةَ

“Bir qavlga binoan (qabrlarni ziyorat qilish) ular(ayollar)ga haromdir. Sahihi, ruxsat ularga ham sobitdir. “Bahr”da shunday deyilgan. Janoza ortidan ayollarni ergashishi borasida o'tgan narsaga binoan “Sharhul munya”da (qabrlarni ziyorat qilish ayollarga) makruh deb, aytilgan” (Raddul muhtor).

لَا بَأْسَ بِزِيَارَةِ الْقُبُورِ وَهُوَ قَوْلُ أَبِي حَنِيفَةَ رَحِمَهُ اللَّهُ تَعَالَى وَظَاهِرُ قَوْلِ مُحَمَّدٍ رَحِمَهُ اللَّهُ تَعَالَى يَقْتَضِي الْجَوَازَ لِلنِّسَاءِ أَيْضًا لِأَنَّهُ لَمْ يَخُصَّ الرِّجَالَ وَفِي الْأَشْرِبَةِ وَاخْتَلَفَ الْمَشَايِخُ رَحِمَهُمْ اللَّهُ تَعَالَى فِي زِيَارَةِ الْقُبُورِ لِلنِّسَاءِ قَالَ شَمْسُ الْأَئِمَّةِ السَّرَخْسِيُّ رَحِمَهُ اللَّهُ تَعَالَى الْأَصَحُّ أَنَّهُ لَا بَأْسَ بِهَا وَفِي التَّهْذِيبِ يُسْتَحَبُّ زِيَارَةُ الْقُبُورِ.

“Qabrlarni ziyorat qilishda zarar yo'q. Bu Abu Hanifa rahmatullohi alayhning qavllaridir. Imom Muhammad rahmatullohi alayhning so'zlarining zohiri (qabrlarni ziyorat qilish) ayollarga ham joiz ekanligini taqozo qiladi. Chunki, u faqat erkaklarga xoslanmagan. “Ashriba”da mashoyixlarimiz rahmatullohi alayhlar qabrlarni ayollar ziyorat qilishlari borasida ixtilof qilganlar. Shamsul aimma Saraxsiy rahmatullohi alayh: “Sahihi zarari yo'q” deganlar. “Tahzib”da esa, qabrlarni ziyorat qilish mustahab (deyilgan) (Fatavo hindiya).

أَمَّا النِّسَاءُ إذَا أَرَدْنَ زِيَارَةَ الْقُبُورِ إنْ كَانَ ذَلِكَ لِتَجْدِيدِ الْحُزْنِ وَالْبُكَاءِ وَالنَّدْبِ عَلَى مَا جَرَتْ بِهِ عَادَتُهُنَّ فَلَا تَجُوزُ لَهُنَّ الزِّيَارَةُ ، وَعَلَيْهِ حُمِلَ الْحَدِيثُ { لَعَنَ اللَّهُ زَائِرَاتِ الْقُبُورِ } ، وَإِنْ كَانَ لِلِاعْتِبَارِ وَالتَّرَحُّمِ وَالتَّبَرُّكِ بِزِيَارَةِ قُبُورِ الصَّالِحِينَ فَلَا بَأْسَ إذَا كُنَّ عَجَائِزَ وَيُكْرَهُ إذَا كُنَّ شَوَابَّ كَحُضُورِ الْجَمَاعَةِ فِي الْمَسَاجِدِ

“Ammo, ayollar odatlariga ko'ra hafagarchilik, yig'i va o'lganga uvvoz-solib yig'lashni yangilash maqsadida qabrlarni ziyorat qilishni istashsa, ziyorat qilish joiz bo'lmaydi va “Alloh qabrlarni ziyorat qiluvchi ayollarni la'nat qilsin” degan hadis shunga haml qilinadi. Agar solihlarning qabrlarini ziyorat qilish orqali baraka, fayz va e'tibor olish bo'lsa, yoshi katta ayol bo'lsa zarari yo'q. Agar yosh bo'lsa masjidga jamoatga hozir bo'lish kabi makruh bo'ladi” (Bahrur roiq).
Ikkinchisi, faqat o'zini shaharidagi qabristonlarga boradimi yoki boshqa shahar qabristonlaridagi avliyoulloh va solih kishilarning qabrlarini ziyorat qilishi joizmi? Ba'zi olimlar: “Biror shaharga borgan odam o'sha joy qabristonlaridagi qabrlarni ziyorat qilishi joizdir. Lekin, qabr ziyoriti maqsadida biror shaharga borish durust emas" degalar. Lekin, imom G'azzoliy va ko'plab ulamolar qabr ziyorati maqsadida boshqa shaharlarga borishga ruxsat berganlar. Manashu qavl sahihdir. Lekin, ziyoratga borgan odamlar ziyorat chog'ida noshar'iy amallarni qilmasliklari lozim. Qabristonlarni quyidagi kunlarda ziyorat qilish afzal hisoblanadi:

وَأَفْضَلُ أَيَّامِ الزِّيَارَةِ أَرْبَعَةٌ يَوْمُ الِاثْنَيْنِ وَالْخَمِيسِ وَالْجُمُعَةِ وَالسَّبْتِ وَالزِّيَارَةُ يَوْمَ الْجُمُعَةِ بَعْدَ الصَّلَاةِ حَسَنٌ وَيَوْمَ السَّبْتِ إلَى طُلُوعِ الشَّمْسِ وَيَوْمَ الْخَمِيسِ فِي أَوَّلِ النَّهَارِ وَقِيلَ فِي آخِرِ النَّهَارِ وَكَذَا فِي اللَّيَالِيِ الْمُتَبَرَّكَةِ لَا سِيَّمَا لَيْلَةَ بَرَاءَةَ وَكَذَلِكَ فِي الْأَزْمِنَةِ الْمُتَبَرَّكَةِ كَعَشْرِ ذِي الْحِجَّةِ وَالْعِيدَيْنِ وَعَاشُورَاءَ وَسَائِرِ الْمَوَاسِمِ.

“Ziyorat kunlarining afzali to'rt kundir: dushanba, payshanba, juma, shanba. Juma kuni namozdan keyin, shanba kuni quyosh chiqqunicha, payshanba kuni kunning avvalida, bir qavlda kunning oxirida ziyorat qilish yaxshidir. Shuningdek, ulug' kechalarda, jumladan, Baroat kechasi ham. Shuningdek, ulug' vaqtlarda, jumladan, Zulhijjaning o'ninchi kuni, ikki iyd, ashuro kuni va boshqa mavsumlar” (Fatavo hindiya).

QABR AHLIGA SALOM BYeRISh

Nabiy sollallohu alayhi vasallam qabr ziyorati tartibini o'zlarining hadislarida shunday bayon qilganlar:

عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: أَتَانِي جِبْرِيلُ فَقَالَ: إِنَّ رَبَّكَ يَأْمُرُكَ أَنْ تَأْتِيَ أَهْلَ الْبَقِيعِ فَتَسْتَغْفِرَ لَهُمْ قَالَتْ: قُلْتُ كَيْفَ أَقُولُ لَهُمْ يَا رَسُولَ اللهِ قَالَ: قُولِي السَّلاَمُ عَلَى أَهْلِ الدِّيَارِ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُسْلِمِينَ وَيَرْحَمُ اللهُ الْمُسْتَقْدِمِينَ مِنَّا وَالْمُسْتَأْخِرِينَ وَإِنَّا إِنْ شَاءَ اللهُ بِكُمْ لَلاَحِقُونَ. وَفِي رِوَايَةِ السَّلاَمُ عَلَيْكُمْ أَهْلَ الدِّيَارِ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُسْلِمِينَ وَإِنَّا إِنْ شَاءَ اللهُ لَلاَحِقُونَ أَسْأَلُ اللهَ لَنَا وَلَكُمُ الْعَافِيَةَ. رَوَاهُمَا مُسْلِمٌ.

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Menga Jabroil kelib:
“Robbing seni ahli Baqiy'ga kelib istig'for aytishingga amr qiladir”, deb aytdi”, dedilar.
Oisha roziyallohu anho:
“Ularga nima deyman, ey Allohning Rasuli?” dedim.
“Assalomu ala ahli diyarim minal mo'miniyn val muslimiyn va yarhamullohu al-mustaqdimiyna minna val musta'xiriyn. Va inna inshaallohu bikum lalahiqun”, deb ayt”, dedilar”.
Boshqa bir rivoyatda:
“Assalomu alaykum ahlad diyarim minal mo'miniyna val muslimiyn. Va inna inshaallohu bikum lalahiqun. As'alulloha lana va lakumul ofiyata”, deyilgan.
Muslim rivoyat qilgan.
Salomning ma'nosi:
“Mo'minlar va muslimlardan bo'lgan diyor ahliga salom. Alloh bizdan o'tganlarni va qolganlarni rahm qilsin. Albatta, biz ham, inshaalloh, sizlarga qo'shilamiz”.
Ikkinchi rivoyatda:
“Allohdan bizga ham, sizga ham ofiyat so'rayman” jumlasi ziyoda qilingan.

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْه أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم أَتَى الْمَقْبُرَةَ فَقَالَ: السَّلاَمُ عَلَيْكُمْ دَارَ قَوْمٍ مُؤْمِنِينَ وَإِنَّا إِنْ شَاءَ اللهُ بِكُمْ لاَحِقُونَ. رَوَاهُ أَحْمَدُ وَمُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ.

Abu hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam maqbaraga keldilar va:
“Assalomu alaykum dora qavmim mo'miniyn. Va inna inshaallohu bikum lahiqun”, dedilar”.
Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilishgan.

عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْه قَالَ: مَرَّ رَسُولُ اللهِ بِقُبُورِ الْمَدِينَةِ فَأَقْبَلَ عَلَيْهِمْ بِوَجْهِهِ فَقَالَ: السَّلاَمُ عَلَيْكُمْ يَا أَهْلَ الْقُبُورِ يَغْفِرُ اللهُ لَنَا وَلَكُمْ أَنْتُمْ سَلَفُنَا وَنَحْنُ بِاْلأَثَرِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ.

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madina qabrlari yonidan o'tdilar. Ularga yuzlari bilan boqib:
“Assalomu alaykum ya ahlal qubur, yag'firullohu lana va lakum antum salafuna va nahnu bil asar”, dedilar”.
Ma'nosi: “Assalomu alaykum, ey ahli qabrlar. Alloh bizni ham, sizni ham mag'firat qilsin. Siz o'tganlarimizsiz, biz izingizdan borguvchilarmiz”.
Agar vafot etgan kishi shahidlardan bo'lsa, ziyoratchi quyidagi salomni o'qiydi:

وَإِنْ كَانَ شَهِيدًا يَقُولُ سَلَامٌ عَلَيْكُمْ بِمَا صَبَرْتُمْ فَنِعْمَ عُقْبَى الدَّارِ.

“Agar shahid bo'lsa, salamun alaykum bima sobartum fane'ma uqbad dar, deydi” (Fatavo hindiya).
Ma'nosi: Sabr qilganligingiz tufayli sizlarga salom bo'lsin. Oxirat xovlisi qanday ham go'zal.
Agar musulmonlarning qabri dinsizlar qabri bilan aralashib ketgan bo'lsa, unda quyidagicha salom beriladi:

وَإِذَا كَانَ قُبُورُ الْمُسْلِمِينَ مُخْتَلِطَةً بِقُبُورِ الْكُفَّارِ يَقُولُ السَّلَامُ عَلَى مَنْ اتَّبَعَ الْهُدَى

“Agar musulmonlarning qabri dinsizlar qabri bilan aralashgan bo'lsa, assalamu ala man ittabaal huda, deyiladi” (Fatavo hindiya).
Ma'nosi: Hidoyatga ergashganlarga salom bo'lsin.

MAYYIT HAQQIGA ISTIG'FOR, TILOVAT O'QIB DUO QILISh

Salomdan keyin qabr ahliga duoi mag'firat qiladi va tilovat qilib, savobini bag'ishlaydi.

أَنَّ قِرَاءَةَ الْقُرْآنِ فِي الْمَقَابِرِ إذَا أَخْفَى وَلَمْ يَجْهَرْ لَا تُكْرَهُ وَلَا بَأْسَ بِهَا إنَّمَا يُكْرَهُ قِرَاءَةُ الْقُرْآنِ فِي الْمَقْبَرَةِ جَهْرًا أَمَّا الْمُخَافَتَةُ فَلَا بَأْسَ بِهَا وَإِنْ خَتَم

“Qabristonda ovoz chiqarmay maxfiy tarzda Qur'oni karimni tilovat qilish makruh emas. Qabristonda ovoz chiqarib qiroat qilish makruhdir. Ammo, maxfiy qilishda garchi xatm qilsada zarari yo'q” (Fatavo hindiya).

يَقْرَأُ سُورَةَ الْفَاتِحَةِ وَآيَةَ الْكُرْسِيِّ ثُمَّ يَقْرَأُ سُورَةَ { إذَا زُلْزِلَتْ } وَأَلْهَاكُمْ التَّكَاثُرُ

“Fotiha” surasi, “Oyatal kursiy”, so'ng “Iza zulzilat” va “Alhakumut takasur” surasini o'qiydi” (Fatavo hindiya).

عَنْ مَعْقِلِ بْنِ يَسَارٍ رضي الله عنه عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: اقْرَءُوا يس عَلَى مَوْتَاكُمْ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ وَأَحْمَدُ وَابْنُ حِبَّانَ وَصَحَّحَهُ

Ma'qil ibn Yasar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“O'liklaringizga “Yosin”ni qiroat qiling”, dedilar”.

وَكَانَ ابْنُ عُمَرَ يُسْتَحَبُّ أَنْ يَقْرَأَ عَلَى الْقَبْرِ بَعْدَ الدَّفْنِ أَوَّلَ سُورَةِ الْبَقَرَةِ وَخَاتِمَتَهَا

“Ibn Umar roziyallohu anhu dafndan keyin Baqara surasining avvali va oxirini o'qishni mustahab sanardilar” (Javharatun nayyira).

وَفِي شَرْحِ اللُّبَابِ وَيَقْرَأُ مِنْ الْقُرْآنِ مَا تَيَسَّرَ لَهُ مِنْ الْفَاتِحَةِ وَأَوَّلِ الْبَقَرَةِ إلَى الْمُفْلِحُونَ وَآيَةِ الْكُرْسِيِّ - وَآمَنَ الرَّسُولُ - وَسُورَةِ يس وَتَبَارَكَ الْمُلْكُ وَسُورَةِ التَّكَاثُرِ وَالْإِخْلَاصِ اثْنَيْ عَشَرَ مَرَّةً أَوْ إحْدَى عَشَرَ أَوْ سَبْعًا أَوْ ثَلَاثًا ، ثُمَّ يَقُولُ : اللَّهُمَّ أَوْصِلْ ثَوَابَ مَا قَرَأْنَاهُ إلَى فُلَانٍ أَوْ إلَيْهِمْ

“Lubob”ning sharhida Qur'oni karimdan muyassar bo'lganicha “Fotiha”, “Baqara”ning avvali muflihungacha va “Oyatal kursiy”, “Amanar Rasul”, “Yasin”, “Mulk”, “Takasur”, o'n ikki marta yoki o'n bir yoki etti yoki uch martsa Ixlos surasini tilovat qiladi: “Allohumma avsil savaba ma qaro'na ila fulonin av ilayhim” deb duo qiladi (deyilgan) (Raddul muhtor).
Ma'nosi: O'qigan narsamizning savobini falonchiga yoki ularga etkazgin.

وَعَنْ عُثْمَانَ رضي الله عنه قَالَ: كَانَ رَسُولُ اَللَّهِ صلى الله عليه وسلم إِذَا فَرَغَ مِنْ دَفْنِ الْمَيِّتِ وَقَفَ عَلَيْهِ وَقَالَ: "اِسْتَغْفِرُوا لِأَخِيكُمْ وَسَلُوا لَهُ التَّثْبِيتَ, فَإِنَّهُ الْآنَ يُسْأَلُ" رَوَاهُ أَبُو دَاوُد

Usmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mayyitning dafnidan forig' bo'lgach, uni ustida turib:
“Birodaringizga istig'for aytib, sobit turishini so'ranglar. Chunki, u hozir so'ralayapti” Abu Dovud rivoyati.

وَإِذَا أَرَادَ الدُّعَاءَ يَقُومُ مُسْتَقْبِلَ الْقِبْلَةِ

“Duo qilmoqchi bo'lsa, qiblaga yuzlanib turadi” (Fatavo hindiya).

ثُمَّ يَدْعُو قَائِمًا طَوِيلًا ، وَإِنْ جَلَسَ يَجْلِسُ بَعِيدًا أَوْ قَرِيبًا بِحَسَبِ مَرْتَبَتِهِ فِي حَالِ حَيَاتِهِ

“So'ng uzoq turib duo qiladi. Agar o'tirsa, (ziyoratchi mayyitning) hayotidagi martabasiga qarab uzoq yoki qisqa o'tiradi” (Raddul muhtor).

QABRLARNI ZIYoRAT QILIShDAN MAQSAD

Qabrlarni ziyorat qilishdan maqsad Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek, qabrni ko'rib, bu olam o'tkinchi ekaniga ishonch hosil qilish va pand-nasihat olishdir. Inson qabrni ko'rib ibrat olib, o'z vafoti hamda qabrga tushishini o'ylab, oxiratga o'zini-o'zi tayyorlab boradi.

عَنْ ابْنِ مَسْعُودٍ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ كُنْتُ نَهَيْتُكُمْ عَنْ زِيَارَةِ الْقُبُورِ فَزُورُوهَا فَإِنَّهَا تُزَهِّدُ فِي الدُّنْيَا وَتُذَكِّرُ الْآخِرَة

Ibn Mas'ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Sizlarni qabrlarni ziyorat qilishdan qaytargan edim. Endi, ziyorat qilaveringlar. Chunki, u dunyoda zohid qilib, oxiratni eslatadi” dedilar” Ibn Moja rivoyati.
Ikkinchi tomondan silai rahmni ado qilgan hisoblanadi. Qabr egasi haqqiga qilgan duoi istig'foridan albatta ajr oladi. Muqarrab bandalarning qabrlarini ziyorat qilish orqali fayz va baraka hosil qilib, o'sha muqarrab bandalar yurgan yo'ldan borib, ulardan biriga aylanishni qasd qiladi.

QABRLARNI OYoQ OSTI QILISh VA QABRGA TYeGIShLI HUKMLAR

Shariat qabrlarni ziyorat qilish borasida vasatiy yo'lni ixtiyor qilgan. Shariat qabristonlarni qarovsiz tashlab qo'yish va ularni ulug'lashda haddan oshishdan qaytargan.

عَنْ أَبِي مَرْثَدٍ الْغَنَوِيّ رَضِيَ اللهُ عَنْه قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللّهِ صلى الله عليه وسلم "لاَ تَجْلِسُوا عَلَى الْقُبُورِ وَلاَ تُصَلّوا إِلَيْهَا"

Abu Marsad G'anaviy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Qabr ustiga o'tirmanglar va unga qarab namoz o'qimanglar” dedilar” Muslim rivoyati.

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْه عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: لأَنْ يَجْلِسَ أَحَدُكُمْ عَلَى جَمْرَةٍ فَتُحْرِقَ ثِيَابَهُ فَتَخْلُصَ إِلَى جِلْدِهِ خَيْرٌ لَهُ مِنْ أَنْ يَجْلِسَ عَلَى قَبْرٍ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Albatta, biringizning cho'g' ustiga o'tirishi, u kiyimini kuydirib, badaniga o'tishi, uning uchun qabr ustiga o'tirganidan ko'ra yaxshiroqdir”, dedilar”.
Muslim, Abu Dovud, Nasaiy rivoyat qilishgan.

قَالَ عَلَاءٌ التَّرْجُمَانِيُّ يَأْثَمُ بِوَطْءِ الْقُبُورِ لِأَنَّ سَقْفَ الْقَبْرِ حَقُّ الْمَيِّتِ كَذَا فِي الْقُنْيَةِ

“Alout tarjumoniy: “Qabrlarni bosish bilan gunohkor bo'ladi. Chunki, qabrning usti mayyitning haqqidir. Qunyada shunday deyilgan” (Fatavo hindiya).

وعن عمرو بن حزم قال :" رآني النبي صلى الله عليه و سلم متكئا على قبر فقال : لا تؤذ صاحب هذا القبر أولا تؤذه". رواه أحمد

Amr ibn Hazm roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam qabrga suyangan holatimni ko'rib:
“Bu qabr sohibiga ozor berma” dedilar yoki “Unga ozor berma” dedilar” Imom Ahmad rivoyati.

عَنْ جَابِرٍ رَضِيَ اللهُ عَنْه  قَالَ: نَهَى رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم أَنْ يُجَصَّصَ الْقَبْرُ وَأَنْ يُقْعَدَ عَلَيْهِ وَأَنْ يُبْنَى عَلَيْهِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلاَّ الْبُخَارِيَّ. وَلَفْظُ التِّرْمِذِيِّ: نَهَى النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم أَنْ تُجَصَّصَ الْقُبُورُ وَأَنْ يُكْتَبَ عَلَيْهَا وَأَنْ يُبْنَى عَلَيْهَا وَأَنْ تُوطَأَ

Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qabrni bo'r bilan suvashni, uning ustiga o'tirishni va uning ustiga bino qurishni nahyi qilganlar”.
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.
Termiziyning lafzida:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam qabrlarning bo'r bilan suvalishidan, ularning ustiga yozilishidan va ularning ustiga bino qurilishidan va bosilishidan qaytarganlar”, deyilgan.
Yuqorida zikr qilingan hadislardan ma'lum bo'ladiki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qabrlarni qarovsiz tashlab behurmat qilishga, depsalab horlashga va noshar'iy ta'zimlashga qarshi turganlar, ya'ni qabr egalarining haqqini vasatiy yo'l bilan amalga oshirganlar va ummatga bu borada ham namuna bo'lganlar. Ha, agar qabristonlarda noshar'iy harak'atlar ko'zga tashlansa, tushuntirish ishlari orqali xalqqa qabrlarni ziyorati borasidagi bid'at bilan sunnat orasini ochib berish lozim bo'ladi. Bu borada Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan quyidagi hadis naql qilingan:

عَنْ أَبِي الْهَيَّاجِ رَضِيَ اللهُ عَنْه قَالَ: قَالَ لِي عَلِيُّ بْنُ أَبِي طَالِبٍ: أَلاَ أَبْعَثُكَ عَلَى مَا بَعَثَنِي عَلَيْهِ رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم أَنْ لاَ تَدَعَ تِمْثَالاً إِلاَّ طَمَسْتَهُ وَلاَ قَبْرًا مُشْرِفًا إِلاَّ سَوَّيْتَهُ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلاَّ الْبُخَارِيَّ

Abul Hayyoj roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Menga Ali ibn Abu Tolib:
“Seni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni yuborgan narsa bilan yuboraymi?! Birorta timsolni qo'ymay yo'q qilasan. Birorta ko'tarilgan qabrni qo'ymay tekislaysan”, dedi”.
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.
“Islomda jonli narsalar haykali haromdir. Chunki bu ish aqidaning buzilishiga olib kelishi mumkin. Bunga haykal va suratlarga sig'inish tarixi guvoh. Rivoyatlarda bayon qilinishicha, o'tgan qavmlarda ahli solih kishilar o'tsa, ularni eslab turish uchun suratlari yoki haykallarini qo'yishgan. Birinchi avlod ularni to'g'ri ma'noda hurmat bilan eslab turgan. Keyingi avlodlar otalarimiz bularni hurmat qilar edi, deb o'zlaridan bir narsalarni qo'shib, surat va haykallarning ehtiromini yana ham ziyoda qilishgan.
Shundoq qilib borib, bir necha avloddan so'ng mazkur surat va haykallarga ibodat qilish boshlangan. Ana o'sha achchiq tajriba yuzasidan Islomda jonli narsalarning haykal va suratlarini chizish va ishlash man qilingan.
Qabrga sig'inish ham qabrlarni ziynatlash, ularning ustiga turli binolar qurish tufayli kelib chiqqan. Shuning uchun ham qabrlarni baland ko'tarishga ruxsat yo'q.
Jumhur ulamolar, jumladan, Imom Abu Hanifa, Imom Molik va Imom Ahmadlar qabrning ustidagi tuproqni tuyaning o'rkachiga o'xshatib bir qarich miqdorda ko'tarsa bo'ladi, chunki Sufyon at-Tammordan Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qabri shunchalik ko'tarilganligi zikr qilingan” (Hadis va hayot).
Qabrni gips va shunga o'xshash qurilish materiallari bilan mustahkamlash hamda uning ustiga gummbaz qilish joiz emas. Nabiu sollallohu alayhi vasallam hamda ikki yonlaridagi Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumolarning qabrlari gipsga o'xshash narsalar bilan mustahkamlanmagan. Balki, xom loydan bo'lgan.

وَعَنْ أَبِي حَنِيفَةَ : يُكْرَهُ أَنْ يَبْنِيَ عَلَيْهِ بِنَاءً مِنْ بَيْتٍ أَوْ قُبَّةٍ أَوْ نَحْوِ ذَلِكَ ، لِمَا رَوَى جَابِرٌ { نَهَى رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنْ تَجْصِيصِ الْقُبُورِ ، وَأَنْ يُكْتَبَ عَلَيْهَا ، وَأَنْ يُبْنَى عَلَيْهَا } رَوَاهُ مُسْلِمٌ

Abu Hanifa rahmatullohi alayhdan rivoyat qilinadi:
“Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilingan: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qabrlarni gips bilan suvashdan, unga yozishdan va unga bino qilishdan qaytarganlar” Muslim rivoyati. Hadisga binoan qabr ustiga uy yoki gumbaz yoki shunga o'xshash narsa qilish makruhdir” (Raddul muhtor).
Lekin qabrlarni loy bilan suvash borasida “Raddul muhtor”da shunday deyilgan:

الْمُخْتَارُ أَنَّهُ لَا يُكْرَهُ التَّطْيِينُ

“Muxtor qavl shuki, loy bilan suvash makruh emas” (Raddul muhtor).

قال ابن مسعود رضي الله عنه مَا رَآهُ الْمُسْلِمُونَ حَسَنًا فَهُوَ عِنْدَ اللَّهِ حَسَنٌ

Ibn Mas'ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Musulmonlar yaxshi deb bilgan narsa, Alloh taoloning huzurida ham yaxshidir” (Mirqotul mafotih).

لَا بَأْسَ بِالْكِتَابَةِ إنْ اُحْتِيجَ إلَيْهَا حَتَّى لَا يَذْهَبَ الْأَثَرُ وَلَا يُمْتَهَنَ

“Asar ketib, qabr oyoq osti bo'lmasligi uchun yozib qo'yishga ehtiyoj tug'ilsa, (belgi sifatida) yozib qo'yishni zarari yo'q” (Raddul muhtor). Qabrga dafn etilgan kishiga belgi bo'ladigan miqdorda yozish joiz, lekin undar ortiq yozish joiz emas. Agar yozishga hojat yo'q bo'lsa, yozmagani avlodir. Qabrga oyat va hadislarni yozish mutloq joiz emas.

إنَّهُ يُكْرَهُ كِتَابَةُ شَيْءٍ عَلَيْهِ مِنْ الْقُرْآنِ

“Qur'ondan biror narsani yozish makruhdir” (Raddul muhtor).
Omi xalq tomonidan avliyoullohlarning qabrlarini ziyorat qilishga doir asrlar osha boyitilib kelinayotgan “bid'atlar”, jumladan, chirog' yoqish, sajda qilish, tavof qilish, o'pish, peshona va ko'zga qabr tuprog'ini surtish, namozda turgandek qabr oldida ikki qo'lni bog'lab turish, ruku'dagi kabi ta'zim qilish kabilarning birortasi mu'tabar hanafiy mazhabi kitoblarida uchramaydi. Agar hozir biror avliyo qabri ustiga borib odamlarni kuzatsangiz yuqoridagi manzarga o'zingiz guvoh bo'lasiz. Lekin, ulardan birortasini hanafiy mazhabi kitoblarida “Qabr ziyorati” deb alohida ajratilgan boblarda uchratmaymiz.

QABR USTINI GIPS BILAN SUVASh VA UNGA GUMBAZ YaSASh

Qabr ustini gips bilan suvash, gumbaz qilib qoplash borasida Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan vorid bo'lgan hadislar yuqorida keltirildi. Ahli sunna val jamoa olimlari yuqorida o'tgan hadislar asosida gips bilan suvash va gumbaz qilishni harom deb fatvo berganlar. Abu Hanifa rahmatullohi alayhning shogirdlari, hanafiy mazhabi kitoblarini tadvin qilgan imom Muhammad rahmatullohi alayh:
“Qabrdan chiqqan tuproqqa ziyoda qilishni sahih deb bilmaymiz. Gips yoki tuproq bilan shuvashni makruh deb bilamiz. Nabiy sollallohu alayhi vasallam qabrlarni to'rt burchak qilishdan va uni gips bilan shuvashdan qaytarganlar. Shu bizning mazhabimiz va Abu Hanifa rahmatullohi alayhning irshodlaridir” (Kitobul osor).
Abul Hayyoj roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Menga Ali ibn Abu Tolib:
“Seni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni yuborgan narsa bilan yuboraymi?! Birorta timsolni qo'ymay yo'q qilasan. Birorta ko'tarilgan qabrni qo'ymay tekislaysan”, dedi”.
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.
Ushbu hadisga muvofiq imom Shofiiy rahmatullohi alayh Makkai mukarramadagi imomlar qabriga qurilgan imoratlarni buzishga hukm qilganlar (Sharhi Muslim li imom an-Navaviy).
Valiyullohlarning qabrlari ustiga quriladigan qubblarni, valiylarning o'zlari yaxshi deb bilmaganlar va unga ijozat ham vasiyat ham qilmaganlar. Biror sovdogar tushida biror joyga ramziy qabr qilishni ko'rib, ramziy qubbali maqbara qilsa va insonlar bora-bora unga sig'inishni boshlashsa, qanday ham yomon holat. Hanafiy mazhabining mu'tabar kitoblaridan, jumladan, “Raddul muhtor”, “Qozixon”, “Sirojiya”, “Fatvo hindiya”, “Durrul muxtor” va “Kabiriylar”da qabr ustiga bino qilish joiz deb bilinmagan. Bu haqda ibn Obidiyn rahmatulloho alayh shunday deganlar:

وَأَمَّا الْبِنَاءُ عَلَيْهِ فَلَمْ أَرَ مَنْ اخْتَارَ جَوَازَهُ

"Ammo, Uni ustiga bino qilishning joizligini ixtiyor qilgan biror kishini ko'rmadim" (Raddul muhtor).
Qozi Sanoulloh hanafiy rahmatullohi alayh:
"Avliyoullohlar qabrlari ustiga bino qilish, chirog' yoqish harom ishlardandir".

QABR USTINI G'ILOF BILAN QOPLASh

Qabr ustiga g'ilof qoplamoq joiz emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, sahobai kiromlar, tobiinlar va to'g'ri yo'l imomlari zamonalarida biror qabr ustiga g'ilof yopilmagan. Bu haqda ibn Obidiyn rahmatullohi alayh shunday deganlar:

فِي الْأَحْكَامِ عَنْ الْحُجَّةِ : تُكْرَهُ السُّتُورُ عَلَى الْقُبُورِ

"Hujjat"dan "Ahkomda" naql qilib keltiriladi: "Qabr ustini qoplash makruhdir" (Raddul muhtor).

QABRGA ChIROG' YoQISh

Qabrni chirog', qandil yordamida yoritishdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaytarib qo'ya qolmaganlar. Balki, unday kishilarga la'nat aytganlar. Bu erda qabr ustiga an'anaviy bid'atga aylanib chirog' yoqish haqida so'z bormoqda. Kechki payt dafn qilayotganda qabr ichini yoritib turishda hech qanday karohiyat yo'q.

عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: لَعَنَ الله زَائِرَاتِ الْقُبُورِ وَالْمُتَّخِذِينَ عَلَيْهَا الْمَسَاجِدَ وَالسُّرُجَ. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Alloh qabrlarni ziyorat qiluvchi ayollarni va qabrlar ustiga masjid qurib, chiroq yoquvchilarni la'nat qilsin”, dedilar”.
Sunan egalari rivoyat qilishgan.
Alil Qori hanafiy rahmatullohi alayh ushbu hadis sharhida shunday deganlar:

والنهي عن اتخاذ السرج لما فيه من تضييع المال لأنه لا نفع لأحد من السراج ولأنها من آثار جهنم وإما للإحتراز عن تعظيم القبور كالنهي عن اتخاذ القبور مساجد كذا قاله بعض علمائنا.

"Chirog' yoqishda molni zoya qilish bo'lgani uchun qaytarilgan. Chunki, chirog'dan biror kishiga manfaat yo'q. Zero, u jahannam asarlaridandir yoki qabrlarni masjid qilib tutishdan qaytarilgani kabi qabrlarni ulug'lashdan saqlanish uchun (chirog' yaqishdan qaytarilgan). Ba'zi ulamolarimiz shunday deganlar" (Mirqotul mafotih).
Qozi Sanoulloh rahmatullohi alayh:
"Qabrni haddan ziyod baland qilish, uni ustiga bino qilish, avliyo sharafiga bayram o'tkazish, chirog' yoqish va shunga o'xshash narsalar bid'atdir. Ulardan ba'zisi harom va ba'zisi makruhdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qabrga sham yoquvchi va sajda qiluvchilarga la'nat bo'lsin deganlar. So'zlarining davomida, meni qabrimni bayram va masjid qilmanglar deganlar. Masjidda sajda qilinadi. Bayramda esa, yilda bir kunni tayin qilib, jamlaniladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ali roziyallohu anhuni baland qabrlarni tekislash va qayerda tasvir ko'rsa o'chirishga yuborganlar" degan.

QABRLARNI TAVOF QILISh VA ULARGA SAJDA QILISh

Johil insonlar qabr ostonasini o'pib, sajda qilib, uni tavof qiladilar. Bu ishlarning barchasi shar'an ruxsat berilmagan ishlardandir. Ahli sunna val jamo mazhabi bunday qilishni harom deb ta'kidlagan. Chunki, qabrlarni tavof qilish, sajda qilish, ruku' qilish va qo'lni bog'lab turish ibodat shakllaridan hisoblanadi. Bizning shariatimizda qabrlarni ibodatda qilinadigan amallar bilan ulug'lashga ruxsat berilmagan. Chunki, Nabiy sollallohu alayhi vasallam o'tgan ummatlarni qabr ziyoratlarida g'uluvga ketib adashganliklarini bilar edilar. Shu bois Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'z ummatlarini unday ishlarni qilishdan saqlanishga chaqirdilar va hamda bu ishlarni qilmaslikni vasiyat qildilar.

عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: لَمَّا نُزِلَ بِرَسُولِ اللهِ صلى الله عليه وسلم صلى الله عليه وسلم طَفِقَ يَطْرَحُ خَمِيصَةً لَهُ عَلَى وَجْهِهِ فَإِذَا اغْتَمَّ بِهَا كَشَفَهَا عَنْ وَجْهِهِ فَقَالَ: وَهُوَ كَذَلِكَ لَعْنَةُ اللهِ عَلَى الْيَهُودِ وَالنَّصَارَى اتَّخَذُوا قُبُورَ أَنْبِيَائِهِمْ مَسَاجِدَ يُحَذِّرُ مَا صَنَعُوا. رَوَاهُمَا الشَّيْخَانِ.

Oisha roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga jon taslim vaqti kelganda, yuzlariga xomiysa(choyshabsimon kiyim)ni tashlar, qachon nafaslari qissa uni ochib tashlar edilar. U zot o'sha holatda turib:
"Yahudiy va nasroniylarga Allohning la'nati bo'lsin, anbiyolarining qabrlarini masjid qilib oldilar, deb ular qilgan narsadan ogohlantirar edilar".
Ikkisini ikki shayx rivoyat qilishgan.

عَنْ جُنْدُبٍ رَضِيَ اللهُ عَنْه قَالَ: سَمِعْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم قَبْلَ أَنْ يَمُوتَ بِخَمْسٍ وَهُوَ يَقُولُ: إِنِّي أَبْرَأُ إِلَى اللهِ أَنْ يَكُونَ لِي مِنْكُمْ خَلِيلٌ فَإِنَّ اللهَ تَعَالَى قَدِ اتَّخَذَنِي خَلِيلاً كَمَا اتَّخَذَ إِبْرَاهِيمَ خَلِيلاً وَلَوْ كُنْتُ مُتَّخِذًا مِنْ أُمَّتِي خَلِيلاً لاتَّخَذْتُ أَبَا بَكْرٍ خَلِيلاً أَلاَ وَإِنَّ مَنْ كَانَ قَبْلَكُمْ كَانُوا يَتَّخِذُونَ قُبُورَ أَنْبِيَائِهِمْ وَصَالِحِيهِمْ مَسَاجِدَ أَلاَ فَلاَ تَتَّخِذُوا الْقُبُورَ مَسَاجِدَ إِنِّي أَنْهَاكُمْ عَنْ ذَلِك. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَالنَّسَائِيُّ.

Jundub roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vafotlaridan besh kun oldin:
"Men Alloh huzurida sizlardan xalilim borligidan o'zimni poklayman. Chunki Alloh taolo O'ziga xuddi Ibrohimni xalil qilganidek, meni ham xalil qilib oldi. Agar ummatimdan xalil oladigan bo'lsam, Abu Bakrni xalil qilib olgan bo'lar edim. Ogoh bo'linglar, sizdan oldin o'tganlar anbiyolari va solihlarining qabrlarini sajdagohlar qilib olar edilar. Ogoh bo'linglar, qabrlarni sajdagoh qilib olmanglar. Albatta, men sizlarni bundan qaytaraman", dedilar".
Muslim va Nasaiy rivoyat qilishgan.

عَنْ عَطَاءِ بْنِ يَسَارٍ رَضِيَ اللهُ عَنْه أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ: « اللَّهُمَّ لاَ تَجْعَلْ قَبْرِي وَثَناً يُعْبَدُ، اشْتَدَّ غَضَبُ اللَّهِ عَلَى قَوْمٍ اتَّخَذُوا قُبُورَ أَنْبِيَائِهِمْ مَسَاجِدَ

Ato ibn Yasor roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
"Allohim qabrimni ibodat qilinadigan butxona qilib qo'ymagin. Payg'ambarlarining qabrlarini masjid qilib olgan qavmga Allohning g'azabi qattiq bo'ldi" (Mushkot).

عَنْ قَيْسِ بْنِ سَعْدٍ رَضِيَ اللهُ عَنْه قَالَ : أَتَيْتُ الْحِيرَةَ فَرَأَيْتُهُمْ يَسْجُدُونَ لِمَرْزُبَانٍ لَهُمْ ، فَقُلْتُ : رَسُولُ اللَّهِ ? أَحَقُّ أَنْ يُسْجَدَ لَهُ ، قَالَ : فَأَتَيْتُ النَّبِيَّ ? فَقُلْتُ : إنِّي أَتَيْتُ الْحِيرَةَ فَرَأَيْتُهُمْ يَسْجُدُونَ لِمَرْزُبَانٍ لَهُمْ فَأَنْتَ يَا رَسُولَ اللَّهِ أَحَقُّ أَنْ يُسْجَدَ لَك قَالَ : « أَرَأَيْتَ لَوْ مَرَرْتَ بِقَبْرِي أَكُنْتَ تَسْجُدُ لَهُ » ؟ قَالَ : قُلْتُ : لا ، قَالَ : « فَلا تَفْعَلُوا لَوْ كُنْتُ آمِرًا أَحَدًا أَنْ يَسْجُدَ لأَحَدٍ لأَمَرْتُ النِّسَاءَ أَنْ يَسْجُدْنَ لأَزْوَاجِهِنَّ لِمَا جَعَلَ اللَّهُ لَهُمْ عَلَيْهِنَّ مِنْ الْحَقِّ » .

Qays ibn Sa'd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Hiyraga keldim, ularni o'z sardorlariga sajda qilayotgan holatlarida ko'rdim. Men: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sajda qilinishga haqliroq" dedim. Nabiy sollallohu alayhi vasallam oldilariga kelib: "Hiyraga bordim, ularni o'z sardorlariga sajda qilayotgan holatlarida ko'rdim. Ey, Allohning Rasuli sajda qilinmaoqlikka haqliroqsiz" dedim. U zot:
"Sen mening qabrimdan o'tsang, unga sajda qilarmiding?" dedilar. U: "Yo'q" dedi. U zot:
"Bunday qilmanglar. Agar biror kishini biror kishiga sajda qilishga amr qilganimda, Alloh taolo ayollarning zimmasiga erlarining haqqlarini yuklab qo'yganligi tufayli, ayollarni o'z erlariga sajda qilishga amr qilgan bo'lar edim" dedilar" (Mushkot).
Ushbu hadislar borasida yaxshilab tafakkur yuritsangiz, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ummatlarini qabrparastlik qilishlaridan qaytarganliklarini his qilasiz. Rasululloh o'z ummatlarini qabrparastlikdan qaytarib, qabrga sajda qiluvchilarni butparastlik deb, ularga la'nat aytganlar. Qabrga sajda qiluvchilar sababli Alloh taoloning g'azabi qattiqlashadi.
Ushbu yuqorida o'tgan hadislardan kelib chiqib, ahli sunna val jamoa olimlari qabrga sajda qiluvchilarni ochiqdan-ochiq shirk amalini qiluvchilar deb, aytganlar.
Mulla Ali Qoriy rahmatullohi alayh " Yahudiy va nasroniylarga Allohning la'nati bo'lsin " hadisining sharhida: "Yahudiy va nasroniylarning la'natga duchor bo'lganliklariga sabab Payg'ambarlarini xotiralash maqsadida ularga sajda qilganliklari bo'lgan. Bu esa, ochiqdan-ochiq shirkdir. Yohud payg'ambarlari dafn etilgan joyda Alloh taolo amr etgan namozni bir vaqtda ikki ishni bajaramiz deb o'qiganlar va sajda vaqtida payg'ambarlari qabriga qarab sajda qilganlar. Alloh taoloning ibodatida turib payg'ambarlarini ulug'lash qabr ziyoratida g'uluv ketish va hissiy shirk hisoblanadi. Chunki, bu ishda maxluqqa ibodat qilish mavjuddir. Bunga esa, shariatda ruxsat berilmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bu ishdan ummatlarini qaytarishlariga sabab shuki, qabrlarga bu tarzda sig'inish shirk va ahli kitoblarning go'yo sunnatiga aylanib qolgandir.
Shoh valiyulloh Dehlaviy rahmatullohi alayh o'zlarining “Favzul kabir” asarlarida:
“Agar johiliya shakkoklarining aqoid va amallarini tasavvur qilishni istasang zamonamiz johillarini qadamjolarga borib, qay tarzda shirk amallarini qilayotganlariga qara. O'sha zamonning ofatlaridan biror ofat yo'qki hozirgi zamonning biror qavmi mubtalo bo'lmagan bo'lsa va ular kabi e'tiqod qilmagan bo'lsa. Ey. Allohim bizlarni o'sha aqidalardan asragin” deganlar.

Sajdani ikki qismi

Sajda ikki qismga bo'linadi. Birinchisi ibodat sajdasi. Bu Alloh taologa xos bo'lib, Undan o'zgaga qilingan har bir sajda shikr hisoblanadi. Ikkinchisi salom sajdasi. Bu sajda xuddi farishtalarning Odam alayhissalomga qilgan sajdasi hamda Qur'oni karimda zikr qilingan Yusuf alayhissalomga akalarining qilgan sajdasi. Islomdan avvalgi shariatda bu sajda joiz edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shariatlarida bekor qilingan. Kim bu kabi ikrom va ta'zim sajdasini qilsa, gunohi kabiraga qo'l urgan bo'ladi. Lekin mushrik deyilmaydi. Bunda ibodat ma'nosi bo'lmagani uchun.

QABRLARGA NAZR QILISh VA U YeRDA HAYRI EHSON QILISh

Ko'plab insonlar avliyolardan murodlarini so'rash bilan cheklanib qolmay, falon ishim bitsa u erda is chiqaraman yoki qo'y so'yaman yoki u erga falon so'm ehson qilaman deb, nazr qilib qo'yadilar. Bu borada bir necha masalalar quyida yoritib o'tiladi:
1. Nazr qilish ibodat bo'lib, Alloh taolodan o'zgaga ibodat qilinmaydi. Bu haqda hanafiy mazhabining mashhur kitobi “Durrul muxtor”da shunday deyilgan:

وَاعْلَمْ أَنَّ النَّذْرَ الَّذِي يَقَعُ لِلْأَمْوَاتِ مِنْ أَكْثَرِ الْعَوَّامِ وَمَا يُؤْخَذُ مِنْ الدَّرَاهِمِ وَالشَّمْعِ وَالزَّيْتِ وَنَحْوِهَا إلَى ضَرَائِحِ الْأَوْلِيَاءِ الْكِرَامِ تَقَرُّبًا إلَيْهِمْ فَهُوَ بِالْإِجْمَاعِ بَاطِلٌ وَحَرَامٌ مَا لَمْ يَقْصِدُوا صَرْفَهَا لِفُقَرَاء الْأَنَامِ وَقَدْ اُبْتُلِيَ النَّاسُ بِذَلِكَ ، وَلَا سِيَّمَا فِي هَذِهِ الْأَعْصَارِ.

“Aksariyat omilar tomonidan mayyitlar uchun qilinadigan nazr va avliyoullohlarga qurbat hosil qilish uchun ularning maqbaralariga olinadigan dirham, sham, yog' va boshqa narsalar ijmoan botil va haromdir. Bunga xususan ushbu asrda insonlar mubtalo bo'lgandirlar. Ularni faqir kishilarga sarf qilishni maqsad qilmagan bo'lsalar” (Raddul muhtor).
Shomiy rahmatullohi alayh bunday nazrning botil va harom bo'lishiga bir necha sabablarni sanab o'tganlar: “Birinchidan, bu nazr maxluq uchundir. Maxluq uchun nazr qilish joiz emas. Chunki, nazr ibodatdir. Ibodt esa, maxluqlarga qilinmaydi. Ikkinchidan, nazr qilinayotgan kishi mayyitdir. Mayyit esa, hech narsaga molik bo'la olmaydi. Uchinchidan, agar nazr qiluvchi Alloh taolodan o'zga ushbu mayyit ham ishlarni tasarruf qila oladi desa, uning bu aqidasi kufr hisoblanadi” (Raddul muhtor).
Qozi Sanoulloh rahmatullohi alayh bu haqda shunday deganlar:
“Alloh taolodan o'zgaga ibodat qilish va madad so'rash joiz emas. Shuningdek, avliyoullohlarga nazr qilish ham joiz emas. Chunki, nazr ibodat hisoblandi”.
Hulosa, o'rnida shuni aytish kerakki, hanafiy mazhabining barcha e'timodli kitoblarida nazr ibodat deb yozilgan. Ibodat esa, Alloh taolodan o'zgaga qilinmaydi. Shuning uchun avliyoullohlarning qabrlariga biror narsa atash yoki ehson qilish ijmoan harom va botildir;
2. Bordiyu biror kishi biror avliyoullohning qabriga nazr qilgan bo'lsa, uni bajarish joiz emas. Agar nazr qilgan narsasini bajarsa gunohkor bo'ladi. “Fatavo hindiya”, “Bahrur roiq” va boshqa fatvo kitoblarida bu haqda batafsil yozilgan.
Biror kishi biror gunoh ishga nazr qilgan bo'lsa, na u ishni qilishi va na nazrni bajarishi durust bo'ladi. Balki unga tavba qilishi lozim bo'ladi.
Bu haqda Qozi Sanoulloh shunday deganlar:
“Biror kishi shunday nazr qilgan bo'lsa, uni bajarmaydi. Chunki, qanday bo'lmasin gunohdan saqlanish vojibdir”.
Bunday nazr qilish gunoh, uni bajarish esa alohida gunoh hisoblandi. Shuning uchun avvalgi qilgan gunohiga tavba qilib, ikkinchisiga qo'l urmasligi lozim bo'ladi;
3. Biror kishi biror avliyoulloh qabriga yoki Alloh taolodan o'zgaga nazr qilib, o'sha nazrini bajarsa, nazr qilingan narsa harom bo'ladi va uni iste'mol qilish biror kishiga joiz bo'lmaydi. Ha agar nazr qilgan narsasi o'z holatida turgan bo'lsa, tavba qilib uni ortga qaytarib olishi mumkin bo'ladi. Agar nazr qilgan narsasi biror hayvon bo'lsa va u hali so'yilmagan bo'lsa, tavba qilib uni ortga qaytarib olishi mumkin. Agar nazr qilgan hayvonini Allohning nomi bilan, ya'ni “Bismilloh Allohu akbar” deb so'ysada, uni eyish halol bo'lmaydi. Bu haqda Mujaddidu alfi soniy o'zlarining uchinchi daftar 41 maktubotlarida shunday yozganlar:
“Ulug'larning nomiga atalgan hayvonni qabr ustiga olib borib so'yish, fiqhiy rivoyatda shirk ishga kirgazilgan. Undan saqlanishni qattiq ta'kidlangan. Ushbu so'yilg'ini jinlarga atab so'yilgan so'yilg'ilarning jinsidan hisoblangan va u shar'an ta'qiqlangan va shirkka doxil bo'luvchi amallardandir”;
4. Bir kishi Alloh taologa biror narsani nazr qilib, u narsaning savobini biror ulug' shaxsga yo'llashni qasd qilsa yoki o'sha joy faqirlariga foyda bo'lishini qasd qilsa, buni shirk yoki harom amal deyilmaydi. Lekin, omi xalq bu masala bilan yuqoridagi masala orasini ajrata olmaydilar. Shuning uchun ushbu ko'rinishdagi amaldan ham saqlanish afzaldir.
Bu haqda Mujaddidu alfi soniy rahmatullohi alayh shunday deganlar:
“Shirkka o'xshash amallardan ham saqlanish lozimdir. Alloh taologa nazr qilishning bir necha suratlari bor. Hayvonni nazr qilishning bir necha suratlari bor. Hayvon so'yishni nazr qilishlikka hech qanday zarurat yo'q. Nazr qilib gunoh asosida so'yilgan jonliq jinlarga atab so'yilgan jonliqqa o'xshaydi va bu jinparastlarga o'xshashlikdir”;
5. Bir kishi falon ishim bitsa, falon valiyuulloh qabri oldidagi faqirlarga shuncha so'm yoki falondaqa shirinlik yoki falon material yoki faloncha g'alla berib, uning savobini o'sha avliyoullohga bag'ishlayman deb nazr qilsa va u kishini o'sha ishi bitsa, zikr qilingan faqirlarga yuqoridagi nazr qilingan narsalarni berishi shart emas. Balki, o'sha narsalarni biror faqirga bersa, qilgan nazrini amalga oshirgan hisoblanadi va uning savobi o'sha niyat qilgan valiyullohga boradi. Agar u kishining qalbi nazr qilingan narsalarni duch kelgan faqirga berishga rozi bo'lmay, aynan zikr qilingan joydagi faqirlarga berish kerak, agar undan boshqa joyga bersam qilgan nazrimni ado qilmagan bo'laman deb tushunsa, u kishi aslida Alloh taologa nazr qilmagan bo'ladi. Balki, o'sha valiyullohga nazr qilgan bo'ladi. Aksincha, Alloh taologa nazr qilib, o'sha valiyga savobini bag'ishlash maqsad bo'lsa va ushbu nazri orqali valiyga qurbat hosil qilish bo'lmasa, bunday nazrni amalga oshirish mumkinligi haqida din peshvolari ruxsat berganlar. Sharti shuki, nazr qilingan narsani duch kelgan faqirga rozi bo'lib bera olsin. Agar bunday qila olmasa, Allohni nomi bilan nazr qilganman degan so'zi noto'g'ri bo'ladi.
Hulosa qilib shuni aytish kerakki, avliyoullohlarning qabriga atashdan maqsad ularga qurbat hosil qilish va qalbida o'shalar qilgan nazrimni qabul qilib barcha ishlarimni bitirib beradi. Agar ularga nazr qilmasam barchamizdan norozi bo'lishib jonimiz, molimiz, bola-chaqamizga zarar etkazadilar degan e'tiqod bo'lsa, “Durrul muxtor”da aytilganidek ijmoan botil, harom amal hisoblanadi va uning shirk bo'lishida hech qanday shubha yo'q. Agar avliyolar nomiga nazr qilmay faqat Alloh taologa nazr qilib, savobini o'shalarga yo'llashni qasd qilsa, shubhasiz sahih va durustdir. O'ylab ko'ring bir kishi bir qabristonga borib xayri ehson qilib yoki atagan narsasini amalga oshirib: “Biz Allohgagina nazr qilamiz. Ulug'larimizga esa faqat savobini yo'llaymiz” desa, o'zini-o'zi aldagan bo'aldi.
6. Nazr borasida muhim bir masala bor, u shu bobda hukm qiluvchi hisoblanadi. Uni nafaqat omi xalq balki ko'plab savodli insonlar ham bilmaydilar. Bir ishni bo'lishi yoki bo'lmasligida nazrni hech qanday aloqasi yo'q. Nazr bilan qazo va qadar o'zgarib ham qolmaydi. Bu borada Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، أَن ّرَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ: لاَ تُنْذِرُوا فَإِنَّ النَّذْرَ لاَ يُغْنِي مِنْ الْقَدَرِ شَيْئًا وَإِنَّمَا يُسْتَخْرَجُ بِهِ مِنْ الْبَخِيلِ

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Nazr qilmanglar, chunki nazr qadarning biror narsasidan ozod qilmaydi. Albatta, uning vositasida baxldan (mol) chiqarib olinadi” dedilar” Termiziy rivoyati. Ushbu hadisga Abdulhaq muhaddis Dehlaviy shunday sharh berganlar:
“Nazr taqdirdan biror narsani o'zgartiradi degan e'tiqodda bo'lish joiz emas. Chunki, odatda insonlar o'z hojatlarini ravo bo'lishi va musibatlarni o'zidan yiroq qilish uchun nazr qiladilar. Bu baxil insonlar uchun mol sarf qilishga sababdir. Chunki, ular nazr sababli mollaridan sarflaydilar. Lekin, sahovatli insonlar nazrsiz ham o'z ixtiyorlari bilan xayri ehson qilaveradilar. Qaytarilgan tarzda nazr qilishda doimiy shu narsaga e'tibor qilish kerakki, nazr qilish mumkin. Lekin ruxsat berilgan tarzda” (Mushkot hoshiyasi).
Halqimiz orasida temir bilan shug'illanadiganlar yoki xaydovchilar Dovud pirim qo'llasin deb, turli nazrlar qilishadi, u zotga atab taomlar pishirishadi, tovuq, xo'roz kabi jonliqlar so'yishadi. Bu ish boshdan oyoq zalolat, shirk doirasiga kiruvchi amal hamd tayyorlangan taom va so'yilgan jonliqlar harom hisoblanadi. Garchi “Bismillahi Allohu akbar”ni aytib so'ysa ham.
Hadislarda, sadaqa baloni qaytaradi deyilgan. Lekin, nazrda savdogarlikni bir navi bor. Chunki, agar ish bitsa, sadaqa beradi, bitmasa sadaqa bermaydi. Hullas Alloh taolo nomi ila qilingan nazr qazo va qadrni o'zgartirmaydi. Demak, valiyullohlarga atalgan nazr qanday qilib, Alloh taolo belgilagan taqdirni o'zgartirishi mumkin. Agar bordiyu nazr qilingan ish bitmay qolsa, inson taqdir oldida ojizligini his qilib, taqdirda yozilmagan ekanda deydi. Agar ishi bitib ketsa, taqdirda shunday ekan deb tushunmay, valiylar madad qildi deb tushunishib: “Biz falon valiga nazr qilgan edik, u ishimizni bitirib berdi” deydilar. Mana bunday nazr boshdan oyoq noto'g'ri aqidaga barpo qilingan hisoblanadi. Shayton bunday nayrang orqali bandani Alloh taologa ibodat qilishdan to'sib, bandasiga ibodat qilishga shaydo qilib qo'yadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam yuqorida keltirilgan hadisda Alloh taolo nomi bilan qilingan nazr qazo va qadarni o'zgartirmaydi dedilar. Demak, ojiz banda nomiga qilingan nazr qanday qilib, o'zining xoliqi Alloh taolo tomonidan belgilab qo'yilgan qazo va qadarni o'zgartirsin!

Abdulmannon Abdulloh

fiqh.uz

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda!

15.07.2025   1695   3 min.
Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda!

Xabaringiz bor, 2025 yil hajga borgan yurtdoshlarimiz Arafot vodiysida muhtaram Prezidentimizga Qurbon hayiti tabrigini yo‘llab, yurtga qaytgach har bir hoji «Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari» degan ezgu tashabbusni bir ovozdan olg‘a surgan edilar.
 

Ana shu ezgu tashabbus bugun amalga ko‘chib, hojilar, imom-xatiblar, mahalla faollari bilan birgalikda xonadonlarga, oilalarga kirib boryapti.


Bugun, 10 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xorazm viloyati vakili Xayrulla domla Abdullayev boshchiligida tuman bosh imom-xatiblari, hojilar, otinoyilar va mahalla faollari ishtirokida Xonqa tumanidagi «Sayid ota» jome masjidida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 


Tadbirdan so‘ng Xayrulla domla Abdullayev hududdagi bemor va nogironligi bor oilalar holidan xabar olib, moddiy ko‘maklar ko‘rsatdi hamda haqlariga xayrli duolar qildi.


Ishchi guruh a’zolari hamda imom-xatiblar, vakillik xodimlari, tuman bosh imom-xatiblari va otinoyilari, shuningdek, “Haj – 2025” ziyoratchilari, mahalla raislari ishtirokida tumandagi mahallalarga tashrif buyurdilar.


Mahalladagi oilalarga kirilib, ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan, nogironligi bor oilalar holidan xabar olindi. Shuningdek, er-xotin, aka-uka, ota-bola, qaynona-kelin, o‘rtasidagi kelishmovchilik va janjallar sababli notinch bo‘lib turgan oilalar o‘rganilib, ularga nasihat qilindi. Ajrim yoqasida turgan yoshlar yarashtirildi, spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan kishilar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilib, ularga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi, tavsiyalar berildi.


Shuningdek, adashib aqidasi buzuq kimsalar tuzog‘iga tushib qolgan fuqarolar bilan ham suhbatlar o‘tkazilib, ularga islomning sof ta’limoti haqida ma’lumotlar berildi.


Shundan so‘ng ushbu sayyor uchrashuvda ishtirok etgan diniy soha xodimlari bilan tahliliy yig‘ilish tashkil qilindi. Unda tumandagi mahallalarda o‘rganilgan muammolar, diniy sohadagi yutuq hamda kamchiliklar muhokama qilinib, ijroga yo‘naltirildi. O‘tkazilgan tahliliy yig‘ilishda masjidning hujjat yuritish va obodonchilik bo‘yicha hamda aholining turli qatlamlaridan o‘rganilgan kamchilik va muammolar hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ijroga yo‘naltirish choralari muhokama qilindi. Shuning bilan bir qatorda, diniy soha xodimlariga rahbarlar tomonidan aholi bilan yanada yaqinroq ishlash, sohaning rivojini yanada takomillashtirish hamda joylarda diniy vaziyatni yanada sog‘lomlashtirish va shu kabi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha kerakli ko‘rsatma hamda topshiriqlar berildi.


Mazkur tadbirlardan so‘ng Allohdan yurtimiz tinchligi, osmonimiz musaffoligi, yurtboshimizning olib borayotgan ishlariga zafarlar so‘ragan holda xayrli duolar qilindi. 

 

Xorazm viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda! Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda! Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda! Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda! Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda! Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda! Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda! Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda! Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda! Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda!
O'zbekiston yangiliklari