Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Sentabr, 2025   |   30 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:52
Quyosh
06:10
Peshin
12:21
Asr
16:33
Shom
18:24
Xufton
19:37
Bismillah
22 Sentabr, 2025, 30 Rabi`ul avval, 1447

Shariat man etgan ikki amal

17.11.2020   2546   3 min.
Shariat man etgan ikki amal

Ibn Umar roziyallohu anhumo rivoyat qiladi: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Kishi birodarining savdosi ustiga savdo qilmasin. O'z birodari sovchiligi ustiga sovchilik qilmasin. Illo, unga o'zi izn bersa, zarari yo'q”, dedilar» (Muttafaqun alayh).

“Kishi o'z birodarining savdosi ustiga savdo qilmasin”. Masalan, kishi biror buyumni ixtiyor sharti* bilan sotib olgan xaridorga: “Savdoingni buzgin, men senga shu narxga o'z molimni sotaman yoki undan arzonroqqa sotaman”, deb taklif qilishi yoki savdolashib, narxiga kelishib bo'lgan sotuvchiga: “U xaridor bilan savdoingni buzgin. Shu buyumingni qimmatroqqa sotib olaman”, deb aytishidir.

Boshqa bir rivoyatda: “Musulmon o'z birodarining savdolashishi ustiga savdolashmasin”, deyiladi. Savdo ustiga savdolashish quyidagicha: sotuvchi va xaridor o'zaro kelishib turishgan bo'lsa-yu, lekin savdo bitimi qilinmagan bo'lsa, o'zga odam kelib sotuvchiga: “Shu molni qimmatroqqa sotib olaman”, deb taklif qilsa yoki xaridorga: “Shu molga o'xshash molni yana ham arzonroqqa beraman” desa, harom bo'ladi.

“O'z birodari sovchiligi ustiga sovchilik qilmasin. Illo unga o'zi izn bersa, zarari yo'q”. Masalan, kishi bir ayolga sovchi qo'yib, ikki tomon bir-biriga ma'qul kelsa, bu voqeadan xabar topgan boshqa shaxs sovchilik ustiga sovchi qo'ysa – bu holat harom ekaniga ulamolar ittifoq qilishgan.

Hadisda sovchilik ustiga sovchilik qilish faqat birinchi sovchi voz kechganda yoki ruxsat bergandagina joiz ekani ta'kidlandi. Birinchi sovchiga rozilik berilganidan keyin, nikoh aqdi tuzilmay, sovchi voz kechdi, deb hisoblanadigan darajada ko'p vaqt o'tib ketsa yoki kelin bo'lmishga zarar etkazadigan darajada uzoq vaqt g'oyib bo'linsa yo qiz taraf o'sha birinchi sovchiga rozilik berganidan keyin fikrlaridan qaytib qolsa, bunday holatlarning barchasi birinchi sovchining voz kechgani yoki izn bergani hukmiga o'tadi.

Hulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, birovning savdosi ustiga savdo qilish, o'zganing sovchiligi ustiga sovchilik qilish, bir so'z bilan aytganda, boshqalarga qanday yo'l bilan bo'lsa ham ozor etkazish, ular orasini buzish, adovat va nafratni keltirib chiqaradigan harom ishdir.

Manbalar asosida

“Hadichai Kubro” ayol-qizlar o'rta maxsus

islom bilim yurti o'qituvchisi

Surayyo Ibrohimovatayyorladi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Surxondaryoda o‘tgan amaliy tadbir samarali bo‘ldi

19.09.2025   8445   1 min.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati