O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 2020-yilning 16-noyabr' kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Varshava shahrida (Pol'sha) onlayn shaklda bo'lib o'tadigan Diniy erkinliklarni ilgari surish bo'yicha vazirlar konferentsiyasida ishtirok etadi.
O'zbekiston tashqi siyosat idorasi rahbari konferentsiya ishtirokchilariga videomurojaat yo'llab, mamlakatimizning diniy erkinlikni ta'minlash borasidagi tajribasi to'g'risida ma'lumot beradi.
Habar.uz sayti eslatib o'tishicha, joriy yilning may oyida ikki tomonlama munosabatlar tarixida birinchi bor O'zbekiston muftiysi Usmonxon Alimov rasmiy delegatsiya tarkibida Vashington shahriga tashrif buyurib, konfessiyalararo iftorda va mamlakatimizda e'tiqod erkinligini ta'minlash masalalariga bag'ishlangan davra suhbatida ishtirok etgan edi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Alloh taolo aytadi: “Kim Allohga taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo‘lini (paydo) qilur”, (Taloq surasi, 2-oyat).
Izoh:
- Ibn Abbos roziyallohu anhu oyati karimaning “chiqish yo‘li” qismini “dunyo va oxiratdagi har turli tashvishlardan uni qutqaradi”, deb tafsir qilganlar.
- Ali ibn Solihga ko‘ra, “chiqish yo‘li” Alloh taoloning o‘sha bandaga rizq berish bilan uni xushnud etishidir.
- Kalbiy oyatni bunday tafsir qiladi: “Kim musibat paytida sabr qilib, Allohdan qo‘rqsa, Parvardigor unga do‘zax otashidan jannat sari bir chiqish yo‘li ko‘rsatadi”.
- Abul Oliya oyatni: “Turli mashaqqat va tashvishlardan chiqish yo‘li”, deya sharhlagan bo‘lsa,
- Rabi’ ibn Haysam: “Odamni siqadigan hamma narsadan unga chiqish yo‘li ko‘rsatadi”, shaklida tafsir qilgan.
- Husayn ibn Fazlga ko‘ra, oyat tafsiri bunday: “Kim farzlarni ado etish borasida Allohdan qo‘rqsa, Alloh unga jazolanishdan qutulish yo‘lini ko‘rsatadi”.