Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Iyul, 2025   |   18 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:20
Quyosh
05:01
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
20:00
Xufton
21:33
Bismillah
13 Iyul, 2025, 18 Muharram, 1447

Sahobalar

16.11.2020   2174   1 min.
Sahobalar

Sahobiy Sa'd ibn Muoz roziyollohu anhuning Rasululloh sallollohu alayhi va sallamga aytgan gapiga qarang. Ana shunda ansorlarning qanchalar fidokorliklarini, o'zingiz bilan sahobalar orasi osmonlaru er kabi uzoq ekanligini anglaysiz:

"Ey Allohning Rasuli! Mana mollarimiz sizning ixtiyoringizda. Undan istaganingizcha oling. Istaganingizni qoldiring. Allohga qasamki, biz uchun olganingiz qoldirganingizdan suyukliroqdir. Agar bizni dengizga boshlasangiz siz bilan birga bizdan birortamiz ortda qolmasdan dengizga kiramiz. Allohga qasamki, biz urushda sabr qilamiz, to'qnashganda sodiq bo'lamiz. Bizni Alloh amr qilgan ishga boshlayvering!".

Alloh rozi bo'lsin barcha sahobalardan.

Abdulqodir Samarqandiy

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Dunyo va oxiratdagi tashvishlardan qutilish yo‘li

11.07.2025   4245   1 min.
Dunyo va oxiratdagi tashvishlardan qutilish yo‘li

 Alloh taolo aytadi: “Kim Allohga taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo‘lini (paydo) qilur”, (Taloq surasi, 2-oyat).

Izoh:
- Ibn Abbos roziyallohu anhu oyati karimaning “chiqish yo‘li” qismini “dunyo va oxiratdagi har turli tashvishlardan uni qutqaradi”, deb tafsir qilganlar.

- Ali ibn Solihga ko‘ra, “chiqish yo‘li” Alloh taoloning o‘sha bandaga rizq berish bilan uni xushnud etishidir. 

- Kalbiy oyatni bunday tafsir qiladi: “Kim musibat paytida sabr qilib, Allohdan qo‘rqsa, Parvardigor unga do‘zax otashidan jannat sari bir chiqish yo‘li ko‘rsatadi”.

- Abul Oliya oyatni: “Turli mashaqqat va tashvishlardan chiqish yo‘li”, deya sharhlagan bo‘lsa,

- Rabi’ ibn Haysam: “Odamni siqadigan hamma narsadan unga chiqish yo‘li ko‘rsatadi”, shaklida tafsir qilgan.

- Husayn ibn Fazlga ko‘ra, oyat tafsiri bunday: “Kim farzlarni ado etish borasida Allohdan qo‘rqsa, Alloh unga jazolanishdan qutulish yo‘lini ko‘rsatadi”.