7-11 noyabr' kunlari Buyuk Britaniyada bo'lib o'tayotgan ijtimoiy fanlar halqaro festivali doirasida O'zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi ko'magidagi Buyuk Britaniyaning Lester universiteti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va «Dacore IT» mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Imom Buxoriyning «Sahihul Buxoriy» asari asosida Buxoriy — Islom san'ati xalqaro onlayn ko'rgazmasi tashkil qilindi. Bu haqda uza manbasi xabar berdi.
O'zbekistonning madaniy va tarixiy merosini targ'ib qilish, Islom dinining insonparvarlik tamoyillarini ochib berish maqsadida tashkil etilgan ko'rgazmada taniqli usta rassomlar bilan bir qatorda xalqaro ko'rgazma va festivallarda qatnashgan yoshlar o'z ijod namunalari bilan ishtirok etmoqda.
Ko'rgazma ishtirokchilari orasida taniqli miniatyurachi Davlat Toshev, kitobot san'ati illyuminatsiyalarni yoritib berish bo'yicha tajribali rassom Kamoliddin Abdullayev, yosh va iste'dodli rassomlar - xattot Sheyxa Abdullayeva, grafika bo'yicha rassom Yoqub Beknazarov va fotosuratchi Muxiddin Ali kabi taniqli ijodkorlar ham bor. Halqaro miqyosda tan olingan «So'g'diyona» milliy cholg'u-asboblari kamer orkestri ko'rgazma uchun maxsus yangi «Zikr» nomli kompozitsiya yaratdi.
Ko'rgazma uchun yaratilgan barcha san'at asarlari Sahihi Buxoriy hadislaridan ilhomlangan ijod mahsullari hisoblanadi.
- Islom ta'limoti shunchalik keng qamrovliki, uni bitta ko'rgazmada namoyish etish qiyin, – deydi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov.
Eng muhim va birlamchi omillardan biri bu - nafaqat tashqi, balki insonning ichki holatiga ta'sir ko'rsatuvchi poklikdir. Shu sababli, ushbu ko'rgazmada namoyish etilayotgan ijodiy ishlar bizni jism, tafakkur, qalb, ruh va xayot mavzularini anglashga undaydi. E'tiborlisi, ko'rgazmada namoyish etilayotgan asarlarning tavsifi va talqini hadis orqali ifodalanadi.
G'.Hasanov
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaytardilar: