Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Dekabr, 2024   |   23 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:21
Quyosh
07:47
Peshin
12:28
Asr
15:18
Shom
17:02
Xufton
18:22
Bismillah
24 Dekabr, 2024, 23 Jumadul soni, 1446

Imom-xatiblar uchun tibbiyot jihozlari olindi

12.11.2020   1886   1 min.
Imom-xatiblar uchun tibbiyot jihozlari olindi

Koronavirus kasalligi butun dunyo va yurtimiz aholisi boshiga soya solib turibdi. Undan himoyalanish uchun barcha sabablarni, ya'ni tibbiyot mutaxassislari ko'rsatmalariga amal qilib, Alloh taologa tavakkal qilish lozim.

Shu bois O'zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent viloyati vakilligi tashabbusi bilan sahovatpesha homiylar ko'magida eng so'nggi rusumdagi ikkita zamonaviy nafas olish qurilmasi, ikkita tibbiyot to'shagi, to'rtta tanometr va ikkita ingalyator sotib olindi.

Ushbu qurilmalardan viloyatda faoliyat olib borayotgan diniy soha xodimlari va ularning oila a'zolari ehtiyoj yuzasidan vaqtincha foydalanib turishi mumkin. Qurilmalar vakillik tomonidan bemorlarga etkazib beriladi. Undan foydalanib bo'lgandan so'ng jihozlar tozalanib, vakillikga olib kelinadi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: “Kim bir mo'mindan dunyo qiyinchiliklaridan birini engillashtirsa, Alloh taolo undan qiyomat og'irliklaridan birini engil qiladi. Kim hayotda qiynalgan kishiga osonlikni ravo ko'rsa, Alloh taolo unga dunyo va oxiratda engillikni ato qilur” (Imom Muslim rivoyati).

Alloh taolo koronavirus va boshqa kasallikdan aziyat chekayotgan bemorlarga komil shifo bersin!

Toshkent viloyati vakilligi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Huquqiy va hujjat yuritish bo‘yicha bilimlar boyitildi

24.12.2024   2524   1 min.
Huquqiy va hujjat yuritish bo‘yicha bilimlar boyitildi

Shu yil 23 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti, Toshkent shahar va viloyatlar vakilliklarining huquqshunoslari, kadrlar masalalari bo‘yicha mutaxassislari uchun onlayn seminar-trening o‘tkazildi. 

Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Kadrlar bo‘limi mudiri Salohiddin Sherxonov, Huquqshunoslik bo‘limi mudiri v.b. Jahongir Xotamov va Masjidlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Muzaffar Kamolov huquqiy va hujjat yuritish bo‘yicha nutq qildilar. Jumladan, diniy tashkilotlar faoliyatida qonuniylikni ta’minlash, qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini barcha mas’ul xodimlarga yetkazish orqali ularning huquqiy savodxonligini muntazam ravishda oshirib borish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati ijrochilarga to‘liq yetkazish, mehnat qonunchiligiga oid hujjatlarni to‘g‘ri yuritish va mas’ul xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, diniy soha xodimlarini qonunchilikdagi o‘zgarishlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilib borish, kadrlar faoliyatiga oid buyruqlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, hujjatlar almashinuvini to‘liq tizimlashtirish, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tashkilotlarga o‘z vaqtida hisobot taqdim etish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish kabi masalalarga ham urg‘u qaratildi. 

Yig‘ilishda mutaxassislar tomonidan berilgan savollarga mas’ullar javob berish barobarida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Huquqiy va hujjat yuritish bo‘yicha bilimlar boyitildi Huquqiy va hujjat yuritish bo‘yicha bilimlar boyitildi Huquqiy va hujjat yuritish bo‘yicha bilimlar boyitildi Huquqiy va hujjat yuritish bo‘yicha bilimlar boyitildi Huquqiy va hujjat yuritish bo‘yicha bilimlar boyitildi Huquqiy va hujjat yuritish bo‘yicha bilimlar boyitildi