Aql qo'ydir, nafs bo'ri, iymon esa cho'pon. Agar iymon kuchli bo'lmasa, nafs aqlni eydi.
Zavq va orzular zinapoyaga o'xshaydi. Zinalar o'tirib, dam olishga moslashmagan. Umrni shu zinalarda behuda o'tkazmaslik uchun g'ofillikdan tez uyg'ongan va hayotning mohiyatini to'g'ri anglab etgan odam naqadar baxtli!
Jaloliddin Rumiy
***
Kimki bir ko'ngli buzug'ning xotirin shod aylagay,
Oncha borkim, Ka'ba vayron bo'lsa, obod aylagay.
Alisher Navoiy
***
Modomiki, donolarcha javob berishlarini xohlar ekansan – donolarcha savol ber.
Gyote
***
Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo alayhissalomning tutgan yo'llarini mahkam tutdim, baxtu saodatim ham, najotim ham shu yo'ldir!
Haqiqat va adolat bilan to'g'ri siyosat yurgizmagan har bir rahbar va boshliq qattiq azob-uqubat va baloga giriftor bo'lur.
Mahmud az-Zamaxshariy
***
Hissiyot ruhiyatga eng qattiq ta'sir etuvchi omil va uni harakatga solishda aqldan ko'ra kuchliroqdir.
Inson toki o'zini mayda gap, o'chakish, janjal, shikoyat, norozilik, ohu vohlardan ozod qilolmas ekan, u iflos va pastlik tabiatidan xalos bo'lolmaydi.
Abu Ali ibn Sino
Hamma dunyoni o'zgartirishga harakat qiladi, lekin hech kim o'zini o'zgartirish haqida o'ylamaydi.
Lev Tolstoy
Manbalar asosida Saidabror Umarov tayyorladi
Shayx Saloh Abulhoj