Risolat va diyonatlar tarixidagi benazir e'lon
Alloh taolo O'z payg'ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib: «Biz seni olamlarga faqat rahmat qilib yubordik», deydi (Anbiyo surasi, 107-oyat).
Bu o'ziga xos tengi yo'q e'lon o'ziga xos mangu kitobda – Alloh taolo uning barcha zamon va makonlarda tilovat qi-linishini iroda qilgan Kitobda kelmishdir. Uning o'quvchilari milliard-milliarddir. U Zot bu haqda: «Albatta, zikrni Biz nozil qildik va albatta Biz uni muhofaza qilurmiz», demishdir (Hijr surasi, 9-oyat).
Albatta, bu e'lonning kengligi va zamon hamda makon jihatidan ko'lamining kattaligi unga favqulodda ahamiyat kasb ettiradi. Har bir ongli inson uning oldidan e'tiborsiz o'tib keta olmaydi. Uning zamonga bog'liq ko'lami risolai Muhammadiyadan keyingi barcha zamonlar va tarixiy bosqichlarni o'z ichiga oladi. Uning makonga bogaiq ko'lami esa butun dunyoni o'z ichiga oladi. Alloh subhanahu va taolo «Biz seni Arabiston yarimoroliga rahmat qilib yubordik» degani yo'q. Yoki sharqqa, g'arbga yoxud biror qit'aga, masalan, Osiyoga degani yo'q. Balki O' Zot: «Biz seni olamlarga rahmat qilib yubordik», dedi.
Haqiqatda, ushbu e'lonning kengligi, shomilligi, ulug'vorligi, oliymaqomligi, bardavomligi va abadiyligi – bularning hammasi dunyo tarixchilari, faylasuflari, dohiylari va oqillarining uning qarshisida hayronu lol qolishlarini taqozo qiladi. Balki insonning fikri batamom hayronu lol bo'lib, bu masalaga bir muddat butun diqqatini jamlab, ushbu e'lonning haqligi, ushbu voqelikning to'g'riligi haqida to'xtalmog'i lozim, chunki biz dinlar va firqalar tarixida, tsivilizatsiyalar va falsafalar tarixida, islohiy harakatlar va inqilobiy urinishlar tarixida, balki butun olam tarixida hamda butun boshli insoniyat kutubxonasida ushbu barcha borliqni, barcha bashariyat avlodlarini, barcha tarixiy bosqichlarni qamrab olgan e'lonni uchratmaymiz. Hattoki bizgacha etib kelgan o'tgan anbiyolar ta'limotlari-ning xulosasi, ularning siyratlari va hollarining mag'izi ham bu e'longa o'xshash narsani mutlaqo ko'rmagan.
Yahudiylik qadimgi va mashhur diyonatdir. U Allohga Banu Isroilning robbi, ilohi sifatida qaraydi. Yahudiylarning Qadimgi Ahd sahifalari va diniy kitoblari Allohni olamlarning Robbi, butun borliqning Robbi deb zikr qilishdan xolidir. Shuning uchun ham ularning Muso, Horun, Dovud va Sulaymon kabi anbiyolaridan biror nabiyning siyratidan bunga o'xshash e'lonni axtarish behuda va vaqtni zoye qilishdan boshqa narsa emas.
Bu diyonat o'zining hech bir bosqichida hech bir inson avlodiga irqchiliksiz rahmat va tenglik risolasi bo'lgan emas. Bu diyonatga hech qachon Banu Isroildan boshqalar chaqirilmagan ham.
Uzining bag'rikengligi, da'vatga hirsi va insoniyatga mehri bilan mashhur bo'lgan nasroniylik esa Yangi Ahdda (Injillarda) Masihning tilidan aytishicha, Banu Isroilning adashgan qo'ylarining huzuriga kelgan ekan (Matto Injili, 15:24)
U zot Banu Isroilga nasab yoki qarindoshlik aloqasi ila bog'lanmaydigan ba'zi bemorlarni ko'rganida uzr aytib «Men bolalarning nonini itlarga beradigan kishi emasman», degan ekanlar (Matto Injili, 15:26).
Sharqiy va osiyoviy diyonatlar esa yuqorida zikr qilinganlardan farq qilmaydi. Balki ular oldingi diyonatlardan nasab va sulolani muqaddaslashtirishda hamda odamlarni turli tabaqalarga zolimona taqsimlashda o'zib ketadilar. Ular bu masalada yumshoqlik yoki murosani bilmaydilar.
Hind jamiyatida past tabaqadagilar barcha hurmat, sharaf, tenglik va eng oddiy insoniy huquqlardan ham mahkum edilar. Ular uchun ilm olish, ta'lim berish va ruhiy yuksakliklarni orzu qilish mumkin emas.
«Veda»ni o'rganish, qurbonlik qilish, olihalar va butlarga nazr qilish faqatgina brahmanlarga xos bo'lgan. «Veda» kitoblariga karash va ularni o'rganish kshatriy va vaysh toifalarining haqqidir.
«Manushastr»da aytilishicha, past tabaqadagilar faqat bir maqsad uchun – yuqorida zikr etilgan uch tabaqaga xizmat qilish uchungina yaratilganlar, xolos.
Qadimgi Hind ahli Himolay tog'lari ortidagi dunyoni bilmas edilar. Ularning xorijiy olam bilan, boshqa xalqlar bilan aloqalari yo'q edi. Ularning bu narsaga rag'batlari ham yo'q edi. Shuning uchun ham ularning ichidan bipop nabiy, valiy yoki islohotchidan mazkur e'longa o'xshash narsani kutish behuda va vaqtni zoye qilishdan iboratdir.
Darhaqiqat, Robbul olamiyn – olamlarning Robbi degan aqiydaga ega bo'lmagan diyonatdan olamlarga rahmat bo'ladigan payg'ambarni izlashning o'zi aqlga sig'maydigan ishdir.
Risolai Muhammadiyadagi rahmatning
son va sifat jihatidan qiymati
Bir narsani taqdirlash va uni o'ziga munosib joyga qo'yishning ikki xil o'lchovi bo'ladi.
Birinchisi – son jihatidan o'lchov.
Ikkinchisi – sifat jihatidan o'lchov.
Ushbu qur'oniy e'lon mazkur ikki o'lchovning ikki tomonini ham o'z ichiga olgan. Albatta, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning risolatlari va ulug' shaxsiyatlari, oliymaqom va bardavom ta'limotlari insoniyatga yangicha hayot va faoliyat baxsh etdi.
Bu narsalar insoniyatning dardu alamlaridan shifo topishiga, muammolarining hal bo'lishiga, g'am-g'ussalarining tugashiga va qaqrab yotgan maydoniga rahmat, baraka, baxt, saodat, xayrot va najot yomg'irining yog'ishiga bevosita sabab bo'ldi. Ushbu bebaho Muhammadiy atolar o'zining kengligi, ko'pligi, hajmi, soni, manfaati, foydasi, javhari va sifati jihatidan benazirdir.
«Rahmat» so'zi kundalik hayotimizda ko'p ishlatiladigan so'zdir. Insonga naf va rohat etkazadigan har bir narsaga rahmat desa bo'ladi. Rahmatning turlari, navlari, darajalari va martabalarini sanab, adog'iga etib bo'lmaydi. Birimiz issiq kunda chanqagan birodarimizga suv tutamiz. Musofir va g'aribga yo'l ko'rsatamiz. Yozning issiq kunida uni elpib qo'yamiz. Ona bolasiga mehr ko'rsatadi. Ota farzandiga tarbiya beradi, ilm o'rgatadi va hayot uchun zarur narsalar bilan ta'minlaydi. Mudarris o'z shogirdlariga dars beradi va ularga o'zidagi ilmlarni takdim etadi. Ochga taom berish, mehmonni ziyofat qilish, yalang'ochga kiyim berish ham shunga o'xshashdir. Bularning barchasi umumiy rahmatning ko'rinishlaridan bir ko'rinish, uning alvon ranglaridan bir rangdir. Bu bizning taqdirlashimizga, hurmatimizga va tashakkurimizga loyiqdir.
Ammo rahmatning eng ulkan ko'rinishlaridan biri bizlardan birortamizning o'z birodarini o'lim changalidan qutqarib qolishidir. Bir begunoh murg'ak go'dakning joni chiqay deb turganini ko'rmoqtsamiz. U o'zining oxirgi nafasini olmoqda. Onasi uning yonida yig'lab turibdi. Uning nazarida dunyo qorong'i. Jigargo'shasi, mahbubi va mehrdiydasidan umidi uzilgan. Ota bo'lsa o'zini qo'yarga joy topa olmay tipirchilaydi. Biror dam soluvchi, dalda beruvchi topa olmay xunob.
Shunda, xuddi osmondan farishta tushgandek, hoziq tabib paydo bo'ladi va: «Shoshmang! Tashvishlanishga o'rin yo'q, noumid bo'lmang!» deydi. Go'dakning og'ziga tabib bir necha qatra dori tomizishi bilan u ko'zini ochib, harakatga tushadi. Tasavvur qiling-a, bu tabibni Alloh ushbu go'dakni qutqarish uchun, uni hayotga qaytarish uchun yuborgan rahmat farishtasi desa bo'lmaydimi?
Mana shu joyda avval sanab o'tgan raxmatlarimizning barchasi chippakka chiqadi va ushbu rahmatning ajoyib ko'rinishi oldida erib ketadi. Albatta, u faqat go'dakkagina emas, balki uning butun oilasiga rahmatdir.
Hassasiga suyanib ketayotgan ko'zi ojiz kishining chuqur o'raning labiga yoki jar yoqasiga borib qolganini ko'ramiz. Uning kelgusi qadami o'lim tomon bosiladigan qadam bo'lishi mumkin. Shunda Allohning bandalaridan biri tezlik bilan borib, uni chuqurga qulashdan saqlab qoladi. Uni rahmat farishtasi desak bo'lmaydimi?
Mana bu go'zal, yosh yigitni qarang. Ota-onasining ko'z qorachig'i, faqir oilaning boquvchisi tezoqar daryoga cho'kmoqda. Suvdan chiqishga harakat qilmokda. Ammo iloji yo'q. Bir odam o'z hayotini xavf ostiga qo'yib, suvga sakradi-da, uni najot sohiliga olib chiqtsi. Haligi yigitning otasi yoki akalari uni boshlariga ko'tarib, mehr ila quchoqlariga bosadilar. Umr bo'yi uning o'z oilalariga qilgan yaxshiligini unutmaydilar. Aytingchi, rahmatning avvalgi ko'rinishlari ushbu ulug' va qimmatli rahmatga teng kela oladimi?
Risolai Muhammadiya bashariyatni
badbaxtlik va halokatdan saqlab qolgan
Rahmatning ko'rinishlaridan eng ulug'i va oliy cho'qqisi bir kishining butun boshli insoniyatni halokatdan saqlab qolishidir. Halokat bilan halokat, xatar bilan xatar o'rtasida katta farq bor. Anavinisi chegaralangan, sathiy halokat va o'tkinchi xatar. Mana bunisi esa abadiy halokat va doimiy xatardir. Shuning uchun ham boshqa har qanday rahmatlar muhim va ulug' bo'lsa ham, ular anbiyolarning bashariyatga ko'rsatgan rahmatlariga teng kela olmaydilar.
Qarshimizda hayotning quturib, mavj urib turgan dengizi bor. U nafaqat yolg'iz kishilarni, balki butun boshli xalqlar va yurtlarni yutib, hazora va madaniyatlarni hazm qilib yuborgan. Uning ulkan va sarkash to'lqinlari xuddi timsohning o'ra kabi og'ziga o'xshab ochiladi va bashar jamoalariga xuddi quturgan sherdek tashlanadi. Ushbu vahshiy, rahmsiz dengizdan qanday qilib o'tib olamiz? Insoniyat kemasini omonlik qirg'og'iga qanday olib chiqamiz? Ushbu qattiq dovullarda qolgan, tog'dek mavjlar orasiga tushib qolgan, yo'lovchiga to'lgan, dengizchisi ham, kemachisi ham yo'q kemani najot sohiliga olib chiqadigan kishigina insonyyatning eng ulkan qutqaruvchisi va unga fazl ko'rsatgan kishi bo'lishi mumkin.
Albatta, insoniyat o'ziga ilm berganlarga tashakkur aytadi. Shuningdek, o'ziga turli ma'lumotlarni yig'ib bergan, engilliklar yaratib bergan, rohat-farog'at vositalarini taqdim etgan, hayot og'irliklarini engillashtirishda va uning dovonlarini oshib o'tishda yordam berganlarga tashakkur aytadi. Albatta, u hozir sanab o'tilgan kishilardan birortasining ham haqqini poymol qilmaydi. Ularning fazlini inkor ham qilmaydi. Ammo insoniyatning bosh muammosi o'zini uni poylab turgan dushmanlaridan qutqarib, kemasini salomatlik va omonlik qirg'og'iga olib chiqib olishdadir. Ushbu dengizning to'lqinlari nimadan iborat? Ushbu dengizning yirtqich timsohlari nimadan iborat?
Albatta, bu ushbu borliqni yaratgan Robbul olamiynni tanimaslik, Uning oliy sifatlarini va go'zal ismlarini bilmaslikdir. Shirk, butparastlik va sanamlarga ibodat va doimiy xatardir. Shuning uchun ham boshqa har qanday rahmatlar muhim va ulug' bo'lsa ham, ular anbiyolarning bashariyatga ko'rsatgan rahmatlariga teng kela olmaydilar.
Qarshimizda hayotning quturib, mavj urib turgan dengizi bor. U nafaqat yolg'iz kishilarni, balki butun boshli xalqlar va yurtlarni yutib, hazora va madaniyatlarni hazm qilib yuborgan. Uning ulkan va sarkash to'lqinlari xuddi timsohning o'ra kabi og'ziga o'xshab ochiladi va bashar jamoalariga xuddi quturgan sherdek tashlanadi. Ushbu vahshiy, rahmsiz dengizdan qanday qilib o'tib olamiz? Insoniyat kemasini omonlik qirg'og'iga qanday olib chiqamiz? Ushbu qattiq dovullarda qolgan, tog'dek mavjlar orasiga tushib qolgan, yo'lovchiga to'lgan, dengizchisi ham, kemachisi ham yo'q kemani najot sohiliga olib chiqadigan kishigina insoniyatning eng ulkan qutqaruvchisi va unga fazl ko'rsatgan kishi bo'lishi mumkin.
Albatta, insoniyat o'ziga ilm berganlarga tashakkur aytadi. Shuningdek, o'ziga turli ma'lumotlarni yig'ib bergan, engilliklar yaratib bergan, rohat-farog'at vositalarini taqdim etgan, hayot og'irliklarini engillashtirishda va uning dovonlarini oshib o'tishda yordam berganlarga tashakkur aytadi. Albatta, u hozir sanab o'tilgan kishilardan birortasining ham haqqini poymol qilmaydi. Ularning fazlini inkor ham qilmaydi. Ammo insoniyatning bosh muammosi o'zini uni poylab turgan dushmanlaridan qutqarib, kemasini salomatlik va omonlik qirg'og'iga olib chiqib olishdadir. Ushbu dengizning to'lqinlari nimadan iborat? Ushbu dengizning yirtqich timsohlari nimadan iborat?
Albatta, bu ushbu borliqni yaratgan Robbul olamiynni tanimaslik, Uning oliy sifatlarini va go'zal ismlarini bilmaslikdir. Shirk, butparastlik va sanamlarga ibodat mavhumotlarga berilishdir. U insoniyatning tabi kirlashishi, Yaratuvchisidan g'ofil qolishidir. U modda va qorin bandasi bo'lishdir. U haddan oshishdir. U harom qilingan narsalardan o'zini tiymaslikdir. U yomonlikka amr qiluvchi nafsning ko'yiga tushishdir. U o'z burchini ado etishdan qochishdir. U o'z manfaati ortidangina quvishdir.
Insoniyat uchun eng ulkan xatar o'z binosini buzishidir. Uning asosiy g'ishtini o'z o'rnidan ko'chirishidir. Insonning o'z qiymatini, idrokini va hayotdagi g'oyasini unutishidir. O'zini bo'ri, ko'zoynakli yoki bo'g'ma ilon deb his qilishidir. Inson ushbu ulkan haqiqatlarni unutgan chog'ida bu dunyo hayotining dengizi alangalanib turgan olovga aylanadi. Ana shunda inson o'z birodari – insonni ovlashga o'tadi. Ilonlar, chayonlar, bo'rilar va yo'lbarslarga hojat qolmaydi. Inson ushbu insoniyat o'rmonining uning oldida haqiqiy bo'rilar xijolat bo'ladigan eng katta bo'risiga aylanadi. U o'zining oldida haqiqiy shaytonlar ham xijolat bo'ladigan bebosh shaytonga aylanadi. Ana o'shanda inson o'zi yoqqan olovda kuyib qovuriladigan bo'ladi. Unday olovni boshqa joydan olib kelishga hojat qolmaydi.
Ana shunday zulmatli va qo'rqinchli bir paytda rahmati ilohiyning mayin shamoli esadi. Insoniyatning chirigan suyaklari jonlanadi. Uning kemasini mahorat va muvaffaqiyat ila boshqaradigan kemachilar paydo bo'ladi.
KYeYINGI MAVZULAR:
NUBUVVATNING VAZIFASI
Uning insoniyatni qutqarish va saodatmand qilishdagi o'rni. Anbiyolar amalining tabiati;
Johiliyat asri va uning ag'darilishga hamda o'z-o'zini o'ldirishga tayyorlanishi tasviri;
Risolai Muhammadiya hisobida yangi olam;
Risolai Muhammadiyaning olti armug'oni va ularning insoniyat tarixiga ta'sri;
Pok va ravshan tavhid aqiydasi;
Insoniyatning birligi va bashariyatning tengligi asosi;
Ramazon oyi davomida bir guruh ulamolar, imom-domlalar va mohir qorilar chet eldagi vatandoshlar bilan ma’rifiy suhbatlar qilish, Ramazoni sharif bilan qutlash, ularning diniy savollariga javob berish hamda taroveh namozida ishtirok etish maqsadida AQSH, Rossiya Federatsiyasi, Janubiy Koreya singari mamlakatlarda xizmat safarida bo‘lib turibdilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi mudiri Muzaffar domla Kamolov, Xorazm viloyati bosh imom-xatibi Xayrullo domla Abdullayev, Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar “Islom” masjidi imom-xatibi Alisher domla Naimov, , Toshkent shahar Olmazor tumani “Imom at Termiziy” masjidi imom-xatibi Yahyo domla Abduraxmonov, Toshkent shahar Yunusobod tumani “Yunus ota” masjidi imom noibi Jamoliddin domla Qodirov, Andijon shahar “Chinor” masjidi imom-xatibi Avazbek domla Mo‘minov, Andijon tumani “Usmoni Zinnurayn” masjidi imom-xatibi Fazliddin domla Abdullayev Janubiy Koreyaning Seul, Chengju, Mokpo, Dayegu kabi shaharlaridagi tadbirlarda qatnashib, manfaatli suhbatlar o‘tkazmoqdalar.
AQSHning Nyu-York, Filadelfiya, Orlando, Sinsinnati, Chikago, Nyu-jersi shaharlaridagi vatandoshlar Toshkent shahar “Siroj solih” masjidi imom-xatibi Hasan domla Qodirov, Toshkent shahar “Shayx Muhammadsodiq Muhammadyusuf” masjidi imom-xatibi Ismoil domla Muhammad Sodiq, Andijon viloyati “Eski Gumbaz” masjidi imom-xatibi Botir domla Tojiboyev, Toshkent shahar “Firdavs” masjidi imom-xatibi Baxtiyor domla Sattorov, Namangan shahar “Mulla Bozor Oxund” masjidi imom-xatibi Zoxidjon domla Nomonov, Toshkent shahar “Hazrati Umar” masjidi imom-xatibi Fazliddin domla Mamadaliyev, Samarqand viloyati “Xo‘ja Abdu Darun” masjidi imom-xatibi Zafar domla Mahmudov, Farg‘ona viloyati “Xo‘ja Abdulloh” masjidi imom-xatibi Abduvohid domla Mansuraliyevning ma’ruzalari va xatmi Qur’onlariga some’ bo‘lmoqdalar.
Mana shunday tadbirlar Rossiya Federatsiyasining Magandan va Xabarskiy kabi hududlariga ishlash, ta’lim olish uchun borgan vatandoshlarimiz uchun ham tashkil etilmoqda. Ushbu mintaqalardagi uchrashuvlarda Namangan viloyati “Mulla Abduqodir” masjidi imom-xatibi Muzaffar domla Ibragimov, Toshkent shahar Chilonzor tumani “Choshtepa” masjidi imom-xatibi Hakimjon domla Xotamov ishtirok etmoqda.
Safar davomida diniy soha xodimlari vatandoshlar bilan muloqotlarda Islom dini qadriyatlari, Ramazon oyi fazilatlari, ona-Vatanga muhabbat va buzg‘unchi g‘oyalarga aldanmaslik kabi mavzularda ham suhbatlar qilmoqdalar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati