Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Iyul, 2025   |   12 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:14
Quyosh
04:57
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:38
Bismillah
07 Iyul, 2025, 12 Muharram, 1447

Yuksak e'tibor va g'amxo'rlikdan ko'ngillar shod bo'ldi

26.10.2023   702   1 min.
Yuksak e'tibor va g'amxo'rlikdan ko'ngillar shod bo'ldi

Shu yil 25 oktyabr' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlari mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaat, taklif va mulohazalarini tingladilar.

Ta'kidlash kerakki, muftiy Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlari tomonidan haftaning har chorshanba kunlari tizimli ravishda yurtdoshlarimizni qabul qilib, ularning diniy-ma'rifiy mavzudagi savollari, o'ylantirayotgan masala va muammolarini to'g'ridan-to'g'ri muloqot asosida eshitib, ijobiy echim topishga harakat qilinadi.

Bu galgi qabul jarayonida Farg'ona, Andijon, Surxondaryo viloyatlari hamda Toshkent shahridan kelgan bir guruh kishilarning shar'iy va oilaviy masalalar, masjidlar holati, imom-xatiblar faoliyati hamda moddiy yordam olish yuzasidan murojaatlari atroflicha ko'rib chiqildi. Eng muhimi, murojaatlarning aksariyati shu erning o'zida ijobiy hal etildi.

Fuqarolar O'zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati tomonidan ko'rsatilgan yuksak e'tibor va g'amxo'rlikdan ko'ngillari shod bo'lishib, barcha mas'ullarni duolar qilishdi.

Bu kabi qabul jarayonlari O'zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarida ham haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilmoqda.

 

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

“Safarga ketdilar...”

04.07.2025   17414   2 min.
“Safarga ketdilar...”

Ayoli vafot etganidan keyin eri juda mayus bo‘lib qoldi. Bir kuni uning yaqin do‘sti uni koyidi:

– Haliyam uylanmadingmi?

– Yo‘q, – dedi u.

– Nega, nahotki boshqa ayollar ichida senga yoqadigani bo‘lmasa?

– Rahmatli ayolimga o‘xshagani topilmasa kerak...

– Qo‘ysang-chi, ayollarning bari bir-biriga o‘xshaydi-ku!..

– Men zohirini aytmayapman. Ichki olamini, botinini aytyapman.

Yigit hayron bo‘lib qarab turgan do‘stiga hayotida bo‘lgan birgina voqeani gapirib berdi:

“Bir kuni ayolim jahlimni chiqardi. Qattiq urishdim va uni ota uyiga haydadim. Jimgina ketdi. Oradan bir necha kun o‘tgach, qilgan ishimdan pushaymon bo‘ldim. Aslida ayb o‘zimdan o‘tganini angladim. Ming andisha bilan qaynotamnikiga bordim. Eshik oldida biroz turib qoldim. So‘ng eshikni taqillatdim. Ayolim ochdi va meni hayratda qoldirib, xuddi oramizda hech gap o‘tmaganday, baland ovozda:

– Assalomu alaykum dadajonisi, safaringiz yaxshi o‘tdimi? – deya tabassum bilan ko‘zini qisib qo‘ydi. Unga bir nimalar demoqchi bo‘lgan edim, u meni qattiq bag‘riga bosib, bunday dedi:

– Gapirmang, ota-onamga sizni “safarga ketdilar”, dedim...

Ana shunday fahmli, oqila edi ayolim. Shuning uchun ham unga hech birini o‘xshatolmay, uylanolmay yuribman, do‘stim”.

Ha, azizlar! Alloh taolo erkakni ayol uchun, ayolni erkak uchun ne’mat qilib bergan. To‘g‘ri, ba’zilar bir-birlarining kamchiliklaridan shikoyat qilib qolishadi. Ammo hech kim benuqson emas. Mukammal ayolni ham, erkakni ham axtarmang bu dunyoda. Hikoyada kelganidek, ba’zida er uchun bir jufti halol butun dunyodagi ayollardan afzal bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, ahli ayolimizni qadrlaylik. Zero, u ham kimningdir farzandi, bolalarimizning onasi. Eng muhimi, Allohning bizga bergan omonatidir.

Akbarshoh RASULOV