Misr Arab Respublikasining al-Azhar universiteti Frantsiyaning Nitstsa shahridagi hujumgv munosabat bildirdi. Ushbu munosabatda jumladan shunday deyiladi:
Al-Azhari sharif va uning rahbari Shayxul-azhar Doktor Ahmad Toyyib hazratlari Frantsiyaning Nitstsa shahridagi Notr Dam cherkovi yaqinida uch kishining o'limiga va boshqalarning jarohatlanishiga sabab bo'lgan mash'um terror hujumini qat'iyan qoralaydi.
Al-Azhar har qanday holatda ham terroristik harakatlarni oqlab bo'lmasligini, ushbu xatti harakatlar nafaqat Islom dinining, balki barcha ilohiy dinlarning bag'rikenglik ta'limotiga zid ekanini ta'kidlaydi. Shu bilan birga har qanday zo'ravonlik, ekstremizm va murosasizlik harakatlariga qarshi kurash zaruratini yana bir bor eslatib o'tadi.
Azhari sharif ushbu jirkanch terror hodisasini qoralash bilan birga, xalqlar orasida zo'ravonlik va nafrat ritorikasi kuchayib borayotgani haqida ogohlantiradi. Ayniqsa, gap boshqalarning e'tiqodi haqida ketganda donolik, aql va ijtimoiy mas'uliyatga sodiqlikni ustun qo'yishga chaqiradi.
Al-Azhar qurbon bo'lganlarning oilalari va frantsuz xalqiga hamdardlik bildiradi, Allohdan jarohat olganlar tezroq sog'ayib ketishini so'rab duo qiladi.
Manba: azhar.eg
Alloh taolo aytadi: "Lekin Alloh ularning otlanishlarini yoqtirmay, tutib qoldi", (Tavba surasi, 46-oyat).
Alloh sizni din ishlariga xizmatchi qilib olgan bo‘lsa, demak, qalbingizga qarab, rozi bo‘libdi. Oddiy bir inson o‘z ishlarida uquvsiz kimsalarni ishlatgisi kelmaydi-ku, Alloh ishlatadi deysizmi?
Allohning yo‘lidan uzoq bo‘lgan odam borki, albatta, Alloh uning ichidan boxabarligi uchun rozi bo‘lmagan. Mashhur odamlarga havas qilmang. Ular arzimagan ishlar bilan mashg‘ullar. Alloh ularni yaxshi ko‘rganida, o‘ziga xodim qilib olgan bo‘lardi.
Zarracha savob ish qilmagan milliarderlarga havas bilan qaramang. Alloh ularni yaxshi ko‘rganida, ulardan yuz o‘girmagan bo‘lardi.
"Rasailu minal Qur’an" asaridan