Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Iyul, 2025   |   16 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:18
Quyosh
05:00
Peshin
12:34
Asr
17:41
Shom
20:01
Xufton
21:35
Bismillah
11 Iyul, 2025, 16 Muharram, 1447

Qiyomatda kimning yonida bo'lmoqchisiz?

29.10.2020   2180   3 min.
Qiyomatda kimning yonida bo'lmoqchisiz?

Dunyoda hech bir inson Rasululloh sollallohu alayhi vasallamchalik yaxshi ko'rilib, maqtov bilan yod etilmagan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning doimiy maqtalgan, ulug'lanib madh etilgan zot ekanlari Muhammad deb nomlanishlarida ham o'z aksini topgan. U zotni Alloh taoloning O'zi ulug'lab madh etgan, farishtalar ham, payg'ambarlar ham madh etganlar, er yuzidagi barcha aqli bor insonlar doimo u zotni maqtab madh etib kelganlar. Chunki u zotning sifatlari do'stu dushman hammaning huzurida eng maqtovli sifatlar bo'lgan. 

Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan shunday rivoyat qiladi: “Agar Alloh bir bandasini yaxshi ko'rsa, Jabroil alayhissalomni chaqirib, “Men falonchi bandamni yaxshi ko'rdim, sen ham uni yaxshi ko'rgin”, deydi. Shunda uni Jabroil alayhissalom yaxshi ko'radi. So'ngra osmonga nido qilib: “Albatta, Alloh falonchini yaxshi ko'rdi, sizlar ham uni yaxshi ko'ringlar”, deydi. Shunda osmon ahli uni yaxshi ko'radi. So'ngra Yer ahli ham uni yaxshi ko'radi” (Muslim rivoyati). 

Allohning sevgisiga erishishning birgina yo'li bor, u ham bo'lsa Qur'oni karimda marhamat qilinadi:

“Ayting (ey Muhammad): Agar Allohni sevsangiz, menga ergashingiz. Shunda Alloh sizlarni sevadi va gunohlaringizni kechiradi. Alloh kechirimli va mehribon Zotdir”, (Oli Imron, 31).

Qalbi Rasululllohga muhabbat bilan limmo-lim bo'lgan, u zotning aytganlariga itoat etishni hamma narsadan afzal deb bilgan mo'min albatta Allohning roziligi va fazlu marhamatiga sazovor bo'ladi va jannatda u zotga qo'shni bo'lish baxtini qo'lga kiritadi. Bunga quyidagi hadis dalildir. Imom Buxoriy keltirgan rivoyatda Anas ibn Molik roziyallohu anhu aytadi: «Bir kishi Nabiy sollallallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Yo Allohning rasuli, qiyomat qachon bo'ladi?» dedi. U zot: «Unga nima hozirlading?» dedilar. U: «Unga ko'p namoz ham, ro'za ham, sadaqa ham hozirlaganim yo'q. Lekin men Alloh va Uning rasulini yaxshi ko'raman», dedi. U zot: «Sen yaxshi ko'rganing bilan birga bo'lasan», dedilar.

Imom Termiziy va Nasoiy keltirgan rivoyatda Safvon ibn Qudoma roziyallohu anhu aytadi: «Hijrat qilib Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keldim va: «Ey Allohning rasuli! Qo'lingizni uzating bay'at qilay», dedim. U zot qo'llarini uzatdilar. Men: «Ey Allohning rasuli, men sizni yaxshi ko'raman», dedim. U zot: «Kishi yaxshi ko'rgani bilan birga bo'ladi», dedilar.

Payg'ambar alayhissalomni yaxshi ko'rish bilan birga u zot buyurgan har bir ishga bo'ysunish va qaytargan har bir qaytariqlaridan qaytish zarur. 

Hayotimiz mobaynida suyukli Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning sunnatlariga diqqat qilib amal qilsak, har bir so'zimiz hadisga muvofiq, har ishimiz sunnatga mutobiq bo'lsa, yuqorida aytilgan hadisga loyiq bo'lishimiz va Qiyomat kunida ham suyganimiz – Muhammad sollallohu alayhi vasallam bilan bo'lamiz. 

Inshaalloh...

Akbar Umar tayyorladi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Avtohalokatlarning oldini oluvchi duoni bilasizmi?

10.07.2025   2174   1 min.

O‘MI Matbuot xizmati