Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Mart, 2026   |   10 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:50
Quyosh
06:10
Peshin
12:33
Asr
16:55
Shom
18:50
Xufton
20:03
Bismillah
30 Mart, 2026, 10 Shavvol, 1447

Uch narsa ortga qaytmaydi!

28.10.2020   2639   2 min.
Uch narsa ortga qaytmaydi!
  • So'z – agar qo'yib yuborilsa,
  • O'q – agar otilsa,
  • Vaqt – agar o'tkazib yuborilsa.
  1. Alloh taolo bandasiga gapirish uchun til bergan bo'lsa, nima deb gapirishi uchun aql bergan. Shuning uchun xalqimizda “Avval o'yla, keyin so'yla” degan ma'noli so'zlar bor. Bu borada mo'min-musulmonlar suyukli Payg'ambarimiz sallollohu alayhi vasallamdan o'rnak va namuna olishlari lozim bo'ladi. Ul Zot sallollohu alayhi vasallamdan bir kishi biror narsa to'g'risida so'rasa, tezlik bilan javob bermas edilar, balki biroz taskin topib, keyin javob berardilar.
  2. Haqoratli so'z misoli o'qdek. Kamonchi otgan o'qini ortga qaytara olmaganidek, kishini obro'sini to'kadigan so'zni aytgan kishi, uzr so'rashligi bilan ham, jarohatli qalbni tuzata olmaydi. Shuning uchun “Uzr so'ralmaydigan ishni qil”  deb aytiladi.

Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: “Qayerda bo'lsang ham, Allohga taqvo qil. Yomonlikka yaxshilikni ergashtir, bu uni o'chiradi. Odamlarga husni xulq ila muomala qil, dedilar».
(Imom Termiziy rivoyat qilgan).

  1. Ne'matlarning ichida eng qimmat va bebaho narsa bu – vaqt qiymatidir! Bugungi kunimizni g'animat bilmasak ertaga yangi kun bilan uchrashish bor yoki yo'q! Har bir kunimiz bizlar bilan qiyomatda alohida yo'liqadi. Shuning uchun “Bugungi ishni ertaga qoldirma”, deb aytilgan. Bugungi ishimiz – bugungi ibodatimizdir!                                                                                                                                     Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bunday marhamat qilganlar:
    “Qiyomat kunida to to'rt narsadan so'ralmagunicha bandaning qadami joyidan jilmaydi: umrini qanday o'tkazgani, yoshligida nima qilgani, molini qayerdan topib nimaga sarf qilgani, ilmiga qay darajada amal qilgani”(Imom Termiziy rivoyati).

Hayrulloh Sattarov,

O'MI Samarqand viloyat vakili o'rinbosari

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Shavvol oyida ro‘za tutishning foydalaridan biri

30.03.2026   892   1 min.
Shavvol oyida ro‘za tutishning foydalaridan biri

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Shavvol oyida ro‘za tutishning foydalaridan biri - farz ro‘zasida yuzaga kelgan kamchilik va nuqsonlarni to‘ldirishidir.

Hofiz Ibn Rajab Hanbaliy bunday deydi: "Shavvol va Sha’bon oylarida ro‘za tutish - farz namozidan oldin va keyin o‘qiladigan sunnat namozlar kabidir. Ular orqali farzda sodir bo‘lgan kamchilik va nuqsonlar to‘ldiriladi. Chunki Qiyomat kuni farz amallar nafl ibodatlar bilan to‘ldiriladi va mukammal qilinadi. Bu haqda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan turli rivoyatlar kelgan. Odamlarning ko‘pchiligi farz ro‘zasida kamchilik va nuqsonga yo‘l qo‘yadi, shuning uchun uni to‘ldirib, mukammal qiladigan amallarga muhtoj bo‘ladi".

Homidjon domla ISHMATBЕKOV

Maqolalar