Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Iyul, 2025   |   8 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:10
Quyosh
04:55
Peshin
12:32
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:40
Bismillah
03 Iyul, 2025, 8 Muharram, 1447

So'zlar bilan so'zlashuv: Olti, etti, oltmish, etmish...

26.10.2020   2451   3 min.
So'zlar bilan so'zlashuv: Olti, etti, oltmish, etmish...

 

Bu so'zlarni har kuni qayta-qayta ishlatamiz. Maqollaru iboralarimizni ko'p o'rinlarda ham shu so'zlar bezagan. “Oltmish kun aton bo'lguncha, olti kun bug'ra bo'l”, “Olti muchang omon bo'lsin”, “ Oltmishgacha oshir, etmishdan so'ng yashir”, “Yetti yoshga etguncha er to'qmog'in ersan, etmish yoshga etguncha el to'qmog'in ersan” kabi o'nlab maqolu iboralarimiz bor.

Ervand Sevortyanning “Turkiy tillar etimologik lug'ati”da olti, etti, oltmish va etmish sonlari haqida qiziqarli ma'lumotlar va farazlar aytilgan. Karl Brokel'man eng qadimgi sanoq sonlar qatorining oxiri etti bo'lgan, shuning uchun ham Hartman aytganiday etti raqami etib keldi ma'nosidagi “etdi” so'zidan kelib chiqqan va “olti” so'zi past, ost, kam ma'nolarini ifodalab etti ostidagi, pastidagi, ettidan kam degan ma'noni anglatgan degan.

Agar rostdan ham shunday bo'lsa, “olti” so'zi “old” so'zidan emasmikin? Olti “ettidan oldingi” ma'nosini ifodalamasmikin? Chunki tuvaliklar tilida “olti” “aldie” so'zi bilan ifodalanadi. Mahmud Koshg'ariy “altin” so'zini “ost, quyi” ma'nosida izohlagan. Ba'zi olimlar “olti” so'zining ildizini olmoq ma'nosidagi “ol” fe'liga taqaydilar. Lekin bu taxminni asosli deb bo'lmaydi.

Shu o'rinda aynan “olti” va “etti” so'zlariga aloqador “oltmish” va “etmish” so'zlari haqida ham turli taxminlar bor. Masalan, B.Munchaki “oltmish” so'zining “mish” qismini Avestoga taqab, “katta” ma'nosidagi “mas” so'zidan degan farazni ilgari suradi. U holda “oltmish” so'zi “katta olti”, “etmish” so'zi “katta etti” ma'nosini ifodalashi kerak bo'ladi.

Lekin “olti” va “ettiga” bobotarix qo'shib qo'ygan “mish” qo'shimchasi haqida aniq ma'lumotlar yo'q. Ba'zi turkiy tillarda, xakas, karaim, teleut, shor tillarida “oltmish” soni “alton”, ya'ni “sakson”dagi kabi “olti o'n” shaklida qo'llanadi.

Adirningajralishi

“O'zbek tilining izohli lug'ati”da adir so'ziga shunday izoh beriladi: “Tog'larga yaqin, tog' etaklaridagi alohida tepalik erlar”. Izohda “alohida tepalik” deyilgan. Alohida degani ajralib turadigan degani. Hamma gap ana shunda! Qadimgi tilimizda ayirmoq, ajratmoq, farqlamoq “adier” degan so'z bilan ifodalangan. Bu haqda “Qadimgi turkiy til lug'ati”da aytilgan. Yusuf Hos Hojib xuddi shu so'zni ikki xil shaklda “adier” va “azier” shaklida qo'llagan. Shu so'zlar qatorida “adiert” va “aziert” so'zlari ham farq va tafovutni, ajralishni bildirgan. Demak, hozirgi tilimizdagi “ajrat” so'zi xuddi shu “adiert” va “aziert” so'zlaridan kelib chiqqan bo'lishi kerak.

Shu o'rinda menda bir faraz paydo bo'ldi. Modomiki, “adier” so'zi ayirmoq, ajratmoq, farqlamoq ma'nolarini anglatar ekan, unda alohida tepalik er ma'nosidagi “adir” so'zi ham shunga aloqador bo'lishi kerak.

Eshqobil ShUKUR

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi

02.07.2025   4378   1 min.
O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi

"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida"gi qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X-sessiyasida qabul qilingan.


O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi.

Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan.

Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida "O‘zbekiston" deb yozib qo‘yilgan.

 

Dunyo yangiliklari