Shimoliy Amerikadagi eng yirik musulmon festivali MuslimFest ushbu tadbir tarixida birinchi marotaba Kanadada, Ontario shahrida bo'lib o'tmoqda. Islam.ru xabariga ko'ra, tadbir 25 oktyabr' kuni bo'lib o'tadi.
"Bu xilma-xil islomiy madaniy koloritga ega festival'", - deydi Janubi-G'arbiy Ontario Islom markazidagi din ishlari bo'yicha direktor Munir Al Qosim.
Islom markazi koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi barcha choralarga rioya qilgan holda tadbirni o'tkazadi.
"Biz barcha xavfsizlik choralariga rioya qilishimiz kerak", - deydi Al Qosim. "Shuning uchun, festival' mehmonlari xavfsiz avtomobillardan chiqmay turib shoudan bahramand bo'lishadi".
Ontarioning barcha aholisi uchun ochiq bo'lgan tadbir 200 ta avtomobilni sig'dira oladi. Forum nafaqat islomga e'tiqod qiluvchi insonlar, balki boshqa din vakillari uchun ham ochiq.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Janubiy Koreyada xizmat safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov 25 sentyabr kuni Mokpo shahridagi "Imom al-Buxoriy" masjidiga tashrif buyurdi.
Ma’rifiy suhbat davomida Imom Buxoriy hayot va ijodi, u zotning hadislaridan namunalar, ibratli voqealardan misollar keltirildi. Shuningdek, yot g‘oyalar ta’siriga berilmaslik, soxta salafiylik kabi oqimlaridan uzoqda bo‘lish, mazhabga amal qilish, har qanday diniy savollarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan javob olish tavsiya etildi. Buning uchun xorijdagi hamyurtlarimizning savollariga javob beruvchi @fatvo_call_1 (Telegram orqali), @fatvo_call_2 (Telegram orqali) hamda +998917806633 (WhatsApp orqali) havolalari tashkil etilgani aytib o‘tildi.
Suhbat davomida vatandoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Namozdan so‘ng ona vatandan, yaqinlaridan uzoqda yurgan hamyurtlarimizning o‘qish va ishlarida Yaratgan madadkor bo‘lishini tilab duolar qilindi. So‘ng O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan chop etilgan 5 turdagi diniy-ma’rifiy bukletlar tarqatildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati