Shimoliy Amerikadagi eng yirik musulmon festivali MuslimFest ushbu tadbir tarixida birinchi marotaba Kanadada, Ontario shahrida bo'lib o'tmoqda. Islam.ru xabariga ko'ra, tadbir 25 oktyabr' kuni bo'lib o'tadi.
"Bu xilma-xil islomiy madaniy koloritga ega festival'", - deydi Janubi-G'arbiy Ontario Islom markazidagi din ishlari bo'yicha direktor Munir Al Qosim.
Islom markazi koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi barcha choralarga rioya qilgan holda tadbirni o'tkazadi.
"Biz barcha xavfsizlik choralariga rioya qilishimiz kerak", - deydi Al Qosim. "Shuning uchun, festival' mehmonlari xavfsiz avtomobillardan chiqmay turib shoudan bahramand bo'lishadi".
Ontarioning barcha aholisi uchun ochiq bo'lgan tadbir 200 ta avtomobilni sig'dira oladi. Forum nafaqat islomga e'tiqod qiluvchi insonlar, balki boshqa din vakillari uchun ham ochiq.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
حدثنا عباس الدوري نا محمد بن محبوب نا عبد العزيز بن مسلم عن سليمان الأعمش عن إبراهيم عن علقمة عن عبد الله قال: قال رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم :”لا يدخل الجنة من كان في قلبه مثقال حبة من خردل من كبر ولا يدخل النار من كان في قلبه مثقال حبة من خردل من إيمان.“
Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam: “Qalbida xantal urug‘i og‘irligicha kibri bor odam jannatga kirmaydi. Qalbida xantal urug‘i og‘irligicha iymoni bor odam do‘zaxga kirmaydi”, dedilar.
Izoh: “Qalbida xantal urug‘i og‘irligicha kibri bor odam jannatga kirmaydi” jumlasining ma’nosi “jazo va malomatga uchramay jannatga kirmaydi” deganidir.
“Qalbida xantal urug‘i og‘irligicha iymoni bor odam do‘zaxga kirmaydi” jumlasining ma’nosi esa, “do‘zaxga kofirlar kabi abadiy qoluvchi bo‘lib kirmaydi” deganidir.
Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi