Arshga istivo haqida
١2- وَرَبُّ الْعَرْشِ فَوْقَ الْعَرْشِ لَكِنْ بِلاَ وَصْفِ التَّمَكُّنِ وَالتِّصَالِ
Ma'nolar tarjimasi:
Arshning Robbisi Arshdan yuqori, lekin makon olish va birlashish vasfisizdir.
Nazmiy bayoni:
Arsh Robbisi Arshdan yuqori, biroq
Joy olish, o'rnashish vasfidan yiroq.
Lug'atlar izohi:
رَبُّ – lug'aviy va istilohiy ma'nolari yuqorida o'tdi.
الْعَرْشِ – Arsh lug'atda “podshohning taxti” ma'nosiga to'g'ri keladi. Robga izofa qilib keltirish Arshning ulug' narsa ekaniga dalolat qiladi.
فَوْقَ – “yuqorisida” ma'nosini anglatuvchi zarf.
لَكِنْ – “istidrok” (to'g'rilab qo'yish) harfi.
بِ – ta'kidni ifodalab kelgan zoida jor harfi.
لاَ – ma'tufun alayhga sobit bo'lgan hukmni ma'tufdan inkor qiladigan atf harfi.
وَصْفِ – vasf deganda ma'lum bir zotga ma'no e'tiboridan dalolat qilgan narsa tushuniladi.
التَّمَكُّنِ – bu masdardan makon oluvchi narsaning biror makonda bo'lishi ma'nosi tushuniladi. Makon deganda jism unda joylashib turadigan narsa nazarda tutiladi.
التِّصَالِ – lug'atda bir jismning boshqa bir jismga birlashishi va unga tutashishi ma'nolarini anglatadi.
Matn sharhi:
Aqoid ulamolari: “Arsh barcha jismlarni ihota qilib turadigan nurdan bo'lgan ulkan jismdir”, – deganlar.
Qur'oni karimda Arsh ikki xil vasf bilan bayon qilingan:
﴿ٱلَّذِينَ يَحۡمِلُونَ ٱلۡعَرۡشَ وَمَنۡ حَوۡلَهُۥ ﴾
“Arshni ko'tarib turganlar va uning atrofidagilar”[1].
﴿ وَهُوَ رَبُّ ٱلۡعَرۡشِ ٱلۡعَظِيمِ١٢٩﴾
“U ulug' Arshning Robbisidir”[2].
Ulamolar ko'tarish bilan qaydlab zikr qilingan Arsh haqida: “Farishtalar ko'tarib o'rab turadigan taxtdir”, – deganlar.
Mutlaq zikr qilingan Arsh haqida esa “undan mulk iroda qilingan bo'lishi ham mumkin”, – deganlar.
Moturidiya mazhabi ulamolari: "Qur'on va sunnatda kelgan, lekin amaliyotga taalluqli joyi bo'lmagan narsalarni ta'vil qilishga urinish shart emas. Balki uning sobitligiga va undan iroda qilingan narsaning haqiqati nima bo'lsa, o'shanga iymon keltirdim, degan e'tiqodda bo'lish lozimdir", – deganlar.
Arshning Alloh taologa izofa qilinishi Arsh mavjudotlarning eng ulug'i va etti osmondan ham keng bo'lgani uchundir. Arshning ana shunday ulkan qilib yaratilishi yaratuvchisining buyukligiga dalolat qiladi.
O'shiy rahmatullohi alayhning “Arshning Robbisi” degan so'zlaridan Arshning yaratuvchisi va egasi degan ma'no tushuniladi.
Qur'oni karimda Alloh taoloning Arshga “istivo” qilgani haqidagi oyatlar bo'lib, ulardagi “istivo”ning ma'nosi haqida ko'plab bahs-munozaralar bo'lib o'tgan. Ushbu ma'nodagi oyatlardan birida quyidagicha xabar berilgan:
﴿إِنَّ رَبَّكُمُ ٱللَّهُ ٱلَّذِي خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلۡأَرۡضَ فِي سِتَّةِ أَيَّامٖ ثُمَّ ٱسۡتَوَىٰ عَلَى ٱلۡعَرۡشِۖ يُغۡشِي ٱلَّيۡلَ ٱلنَّهَارَ ﴾
“Albatta, osmonlaru erni olti kunda yaratgan, so'ngra Arshga “istivo” qilgan Robbingiz kechani kunduzga qoplaydi”[3].
Ushbu oyati karimani shayx Muhammad Ali Sobuniy “Sofvatut Tafosir” asarida quyidagicha tafsir qilgan: “So'ngra Arshga “istivo” qilgan” ya'ni, o'zining ulug'ligiga munosib, biror o'xshashsiz, biror timsolsiz, istivo qilgan. Shunday tushunish oldingi o'tgan ulamolarimizning tutgan yo'lidir. Imom Molik: “Istivo ma'lum (ya'ni lug'aviy ma'nosi), qandayligi noma'lum, unga iymon keltirish vojib, u haqida so'rash bid'atdir”, – degan. Imom Ahmad: “Sifatlarning xabarlari qanday kelgan bo'lsa, shundayligicha biror narsaga o'xshatmasdan va inkor qilmasdan gapiriladi. Qanday, nima uchun, deyilmaydi. Biz biror vasf qiluvchi vasf qilolmaydigan va biror ifodalovchi ifoda qilib bera olmaydigan darajada uning O'zi qanday xohlagan bo'lsa, o'sha xohlaganidek Arshga "istivo" qilganiga iymon keltiramiz. Oyat va xabarni o'qiymiz hamda ulardagi narsalarga aniq ishonamiz. Sifatlarning qanday ekanini Alloh taoloning ilmiga topshiramiz”, – degan”[4].
Mulla Ali Qori mazkur mavzuni sharhlab, shunday degan: “Keyingi ulamolarimiz oyati karimalarda kelgan “istava” so'zini “istavla”, ya'ni “egalladi” so'ziga ta'vil qilishni joiz sanashgan. Oldingi ulamolarimiz esa, qanday nozil qilingan bo'lsa, xuddi o'shanday ta'vilsiz e'tiqod qilishni ixtiyor etganlar. Bunday e'tiqod qilish bandadagi ubudiyatning komilligiga dalolat qiladi. Mutashobih xabarlarning tafsiriga kirishish va ularni musaffo e'tiqod tushunchasiga ko'ra ta'vil qilish bandaning ibodati hisoblanadi.
“Ubudiyat”[5] tushunchasi “ibodat”[6] tushunchasidan ustun turadi. Chunki ubudiyat Alloh taoloning ishlariga rozilik bo'lsa, ibodat Alloh rozi bo'ladigan amallarni qilishdir. Rizo esa amaldan ustundir. Amalni tark qilish fosiqlik, rozi bo'lmaslik esa kufr bo'ladi. Ibodat oxiratda soqit bo'ladi, ubudiyat esa dunyoda ham oxiratda ham soqit bo'lmaydi. Shulardan ma'lum bo'ladiki, oldingi ulamolarimizning tutgan yo'llari salomatroq va yorqinroqdir, keyingi ulamolarimizning tutgan yo'llari esa sharoit taqozosiga ko'ra ish tutib, ommani adashib ketishdan saqlovchiroqdir”[7].
Mutashobih oyatlarni tafviyz va ta'viyl qilish deganda quyidagilar tushuniladi:
Tafviyz qiluvchilar deganda ahli sunna val jamoa ulamolarining jumhuri tushuniladi. Ta'vil qiluvchilar deganda esa zarurat taqozosiga ko'ra ta'vil qilishga ruxsat bergan ozchilik ulamolar tushuniladi.
Sahobalar va tobe'inlarning davrlarida tafviyz qilingani ma'lum bo'ladi. Bu zotlarning davrlarida mutashobih xabarlar Qur'on va sunnatda kelganidan ortiqcha bahs qilinmagan, bahs qilishga urinmoqchi bo'lganlar ham, bu ishdan qattiq qaytarib tashlangan. Bunga asosan quyidagi mashhur rivoyat misol qilib keltiriladi: “Abdulloh ibn Vahbdan rivoyat qilinadi: “Biz Molik ibn Anasning huzurlarida edik, bir kishi kirib kelib, “Ar-Rohman arshga istivo qildi” ma'nosidagi oyatni o'qidi va: “Ey Abu Abdulloh, istivo qanday bo'lgan”, – deb so'radi. Imom Molik erga qaradi, shu turishda u zot terga botib ketdi so'ng boshini ko'tarib: “Ar-Rohman O'zi vasf qilganidek Arshga istivo qilgan, u “qanday bo'lgan” deyilmaydi, “qanday bo'lish” undan olib tashlangandir, sen bid'atchi yomon kishisan, chiqarib yuboringlar buni”, – dedi. U chiqarib yuborildi”.
Ha, so'ralgan masala bandadan nihoyatda ehtiyotkor bo'lib so'zlashni taqozo qiladigan o'ta nozik masala edi. Bu masala mo'min bandaning mutashobih oyatlarda bayon qilingan Robbisining sifatlari to'g'risida qanday e'tiqod qilishi haqida edi. Shuning uchun ham imom Molik rahmatullohi alayh bu masalaga ro'baro' bo'lganida terga botib ketgan va eng ehtiyotkor yo'l bo'lgan sahobalar va tobeinlarning yo'llarini, ya'ni tafviyzni mahkam ushlagan.
Mana shu yo'l moturidiya mazhabining yo'lidir.
Allohbetimsol zotdir
١3- وَمَا التَّشْبِيهُ لِلرَّحْمَنِ وَجْهًا فَصُنْ عَنْ ذَاكَ أَصْنَافَ الأَهَالِ
Ma'nolar tarjimasi:
Ar-Rohmanga o'xshatish rozi bo'lingan yo'l emas, shunday ekan aholi sinflarini undan saqlagin.
Nazmiy bayoni:
Ar-Rohmanga qiyoslash mumkinmas bilgin,
Aholi sinflarin undan saqlagin.
Lug'atlar izohi:
مَا – nafiy harfi, bu o'rinda لَيْسَ ning amalini qiladi.
– التَّشْبِيهُ lug'atda “biror narsaga o'xshatish” ma'nosini anglatadi. مَا ning ismi bo'lgani uchun raf bo'lib turibdi.
– لِ jor harfi اِلَى ma'nosida kelgan.
– الرَّحْمَنِ kalimasi اَلْ bilan faqat Allohga nisbatan ishlatiladi.
– وَجْهًا lug'atda “rozi bo'lingan yo'l” ma'nosida kelgan. مَا ning xabari ekaniga ko'ra nasb bo'lib turibdi.
– فَ “sababiya” ma'nosida kelgan.
– صُنْ “saqlagin”, “himoya qilgin” ma'nolaridagi amr fe'li.
عَنْ – jor harfi مِنْ ma'nosida kelgan.
ذَاكَ – ismi ishora ذَا va xitob harfi bo'lgan كَ dan tarkib topgan kalima. Jor majrur صُنْ ga mutaalliq.
أَصْنَافَ – lug'atda “navlar” ma'nosini anglatadi. صُنْ fe'liga maf'ul bo'lgani uchun nasb bo'lib turibdi.
الأَهَالِ – muzofun ilayh. Lug'atda “oila a'zolar, qavmu qarindoshlar” ma'nosini anglatadi. Ammo bu erda Ahli sunna val-jamoaning barcha vakillari ko'zda tutilgan.
Matn sharhi:
Matnda kelgan مَا harfi لَيْسَ ning amalini qiluvchi nafiy harfidir[8]. Ushbu bayt Alloh taologa biror narsani o'xshatish mumkin emas, ushbu haqiqatni Ahli sunna val-jamoa vakillariga etkazib, ularni adashgan firqalarning fitnalaridan saqlashga harakat qiling, ma'nosini anglatadi.
Har bir mo'min banda Alloh taoloning biror narsaga o'xshamaydigan betimsol zot ekaniga qat'i iymon keltirishi shartdir. Bu haqida Qur'oni karimda shunday xabar berilgan:
﴿ لَيۡسَ كَمِثۡلِهِۦ شَيۡءٞۖ وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلۡبَصِيرُ١١﴾
“Uning mislidek biror narsa yo'qdir. U Eshituvchi va ko'ruvchidir”[9].
“Sofvatut tafosir” kitobida ushbu oyati karima quyidagicha tafsir qilingan: “Alloh taoloning zotida ham, sifatlarida ham, amallarida ham Unga o'xshash va teng keladigan yo'q. U yakkayu yagona, bemisl Somad zotdir. Bu erda ko'zlangan asosiy maqsad, Alloh taoloning maxluqlarga o'xshashdan pok ekanini bildirishdir. Oyati karimadagiك harfi rad etishni ta'kidlash uchun kelgan... Ba'zi muhaqqiqlar so'ziga ko'ra, tavhid zotni boshqa zotlarga o'xshatishsiz va sifatlarni ajratmasdan isbot qilishdir. Vositiy rahmatullohi alayh bunga qo'shimcha qilib: “Uning zotidek zot yo'q, Uning ismidek ism yo'q, Uning amalidek amal yo'q, bu ahli haqning – Ahli sunna val-jamoaning mazhabidir”, –degan”[10].
Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayh: “Alloh taolo O'zi yoki Rasuli vasf qilganidan boshqacha vasf qilinmaydi, Qur'on va hadisdan tashqariga chiqilmaydi”, – degan.
Imom Buxoriyning ustozi Nu'aym ibn Hammod: “Kim Allohni Uning yaratgan narsasiga o'xshatsa, kofir bo'libdi. Kim Alloh yoki Uning Rasuli vasf qilgan narsani inkor qilsa, kofir bo'libdi. Alloh va Rasuli vasf qilgan narsada o'xshash ham, teng ham yo'qdir”, – degan.
Alloh taoloning sifatlari haqidagi
mutashobih oyatlar
Alloh taoloning sifatlari bayon qilingan mutashobih[11] oyatlardan nima iroda qilingani haqida juda ko'plab bahs-munozaralar qilingan. Bunday mutashobih oyatlarni uchga taqsimlash mumkin[12]:
﴿يَخَافُونَ رَبَّهُم مِّن فَوۡقِهِمۡ ﴾
“Ular ustilaridagi Robbilaridan qo'rqurlar”[13].
Ushbu oyatning zohiriy ma'nosi Alloh taologa ust taraf nisbatini berishni vahmga keltiradi.
﴿وَجَآءَ رَبُّكَ وَٱلۡمَلَكُ صَفّٗا صَفّٗا٢٢﴾
“Va Robbing kelsa”[14].
Oyatning zohiriy ma'nosi Allohga jismlar kabi bir joydan ikkinchi joyga ko'chish nisbatini berishni vahmga keltiradi.
﴿ يَدُ ٱللَّهِ فَوۡقَ أَيۡدِيهِمۡۚ ﴾
“Allohning qo'li ularning qo'llari ustidadir”[15].
Ushbu oyatning zohiriy ma'nosi Alloh taologa tana a'zosini nisbat berishni vahmga keltiradi.
Ushbu oyatlarning zohiriy ma'nolari Alloh taoloning sifatlarini bayon qilgan muhkam[16] oyatlarning ma'nolariga zid bo'lib qolgan. Alloh taoloning zoti va sifatlari haqidagi e'tiqod esa Qur'onning asli bo'lgan muhkam oyatlar bilan sobit bo'lgan. Shuning uchun ushbu mutashobih oyatlarni qanday tushunish lozimligida juda ko'plab bahs munozaralar qilingan.
Ulamolar Alloh taoloning sifatlari bayon qilingan mutashobih oyatlar haqidagi Ahli sunna val-jamoa ichidagi e'tiqodiy qarashlarni umumiy to'rt turga ajratganlar:
Hulosa shuki mazkur qarashlarning barchasida asosiy maqsad ikkitadir:
KYeYINGI MAVZULAR:
YaHShIGA MUKOFOT YoMONGA JAZO BYeRUVChI
MUTLAQ EHTIYoJSIZ ZOT
ULUG'LIK VA OLIYLIK EGASI
[1] G'ofir surasi, 7-oyat.
[2] Tavba surasi, 129-oyat.
[3] A'rof surasi, 54-oyat.
[4] Muhammad Ali Sobuniy. Sofvatut-tafosir1-jild. – Bayrut-Lubnan: “Maktabatul Asriya”, 2009. – B. 383-bet.
[5] Alloh taqdir qilgan narsalarga rozi bo'lish – ubudiyat deyiladi.
[6] Alloh rozi bo'ladigan narsalarni qilish – ibodat deyiladi.
[7] Mulla Ali Qori. Zov'ul maoliy. – Istanbul: “Dor Saodat”, 1962. – B. 33.
[8] “Nafiy harflari bo'lgan اِنْ , مَا , لَا va لاَتَ lar mubtado va xabarga kirgan paytda quyidagi shart bilan لَيْسَ ning amalini qiladilar, ya'ni mubtadoni rof va xabarni nasb qiladilar. U shart لَيْسَ ning amalini qiluvchi nafiy harfning ismi xabaridan oldin kelishi va اِلَّا bilan sinmasligi kerak. Masalan, مَاالْحُصُونُمَنيعَةً “Qo'rg'onlar mustahkam emas...” Qarang: Fuad Nu'ma. Mulaxxos qova'idi lug'atil arabiya. – Misr: “Maktkabatul ilmiya li ta'lif va tarjima”. – B. 63.
[9] Sho'ro surasi, 11-oyat.
[10] Muhammad Ali Sobuniy. Sofvatut-tafosir1-jild. – Bayrut-Lubnan: “Maktabatul Asriya”, 2009. – B. 1116.
[11] Bir-biriga zid ikki xil ma'noning ehtimoli bo'lgani uchun so'zlovchining iroda qilgan narsasi eshituvchiga noaniq bo'lib qolgan so'zlar mutashobih deyiladi.
[12] Ahmad ibn Muhammad Molikiy Soviy. Kitab sharhu Soviy ala javharotit tavhid. – Damashq Bayrut: “Doru Ibn Kasir”, 1999. – B. 217.
[13] Nahl surasi, 50-oyat.
[14] Fajr surasi, 22-oyat.
[15] Fath surasi, 10-oyat.
[16] Iroda qilingan ma'nosi qat'iy ravishda ochiq-oydin bo'lib, faqat bitta ma'noning ehtimoli bo'lgan oyatlar – muhkam deyiladi. Qarang: Ahmad ibn Abi Said Mulla Jiyvan. Nurul anvor . – Pokiston. Hofiz Sanaulloh Zohidiy tahqiq va ta'liqi. 2-jild, – B. 224.
"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida"gi qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X-sessiyasida qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi.
Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan.
Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida "O‘zbekiston" deb yozib qo‘yilgan.