Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Iyul, 2025   |   19 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:21
Quyosh
05:02
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:59
Xufton
21:33
Bismillah
14 Iyul, 2025, 19 Muharram, 1447

MUBAYYaN VA NASRIY BAYoNI: Avvalg'i mu'man bihning sharhi (O'ninchi mavzu)

24.10.2020   1856   5 min.
MUBAYYaN VA NASRIY BAYoNI: Avvalg'i mu'man bihning sharhi (O'ninchi mavzu)

NAZM

 Avvalg'i mu'man bihning sharhi

(Mavzuning davomi)

 

Bor ediyu hamisha bo'lg'usidur,

Nekim o'lg'usidur, ne to'lg'usidur.

Tengri kunhig'a banda yo'l topmas,

“Qachon”u “qanda” anda yo'l topmas.

Zoti Aning ne javharu ne araz,

Ishlarida ne illatu ne g'araz.

Tengrining zoti, oti eldek emas,

Fe'li birla sifoti eldek emas.

O'z boshingcha Hudog'a ot demagil,

Ham ta'aqqul qilib, sifot demagil.

Bor mavsuf ul sifot birla,

Ham musammodurur ul ot birla.

Kim O'zi oni yod qilg'andur,

Ahli din e'tiqod qilg'andur.

 

NASRIY BAYoN

(Mavzuning davomi)

 

U zot (Alloh avvaldan) bor edi va hamisha bor bo'ladi – abadiy tirik va qoim turguvchidir, na o'ladi, na ortadi – na o'zgaradi!

Allohning zoti mohiyatiga banda yo'l topa olmaydi (Uning zoti mohiyatini anglashdan banda ojizdir), “Qachon (bor bo'lgan)?”, “Qayerda (turadi)?” degan gaplar u zot haqida yo'l topmaydi (Uning zoti haqida bunday gaplarni aytish joiz emas).

Uning zoti javhar ham emas, araz ham emas. Allohning ishlarida illat – ayb, nuqson, kamchilik  bo'lmaydi, shuningdek, g'araz – yomon maqsad va niyat ham bo'lmaydi (balki, faqat foydali hikmat bo'ladi).

 

IZOH. Javhar – parchalanishni qabul etmaydigan bir parcha, narsalarning  asl  moddasi,  o'zagi,  boshqa  jismlar  shu  javhardan  vujudga keladi.  Alloh  ta'olo  jism  emas,  javhar  emas.  shakl,  hudud,  o'lchov, sanoq va bo'linishni qabul etmaydi...

Araz  biror  narsaning  aslida  bor  bo'lmay,  keyin  bor  bo'lgan  vaqtli sifatidir, u faqat boshqa narsa bilan birikkanda bor bo'ladi. Alloh araz emas va arazlardan xolidir («Jomi' ul-mutun»).

Alloh ta'oloning zoti ham, nomlari ham xalqning, odamlarning, yaratilmish maxluqotning zoti va otidek emas, mutloq o'ziga xos va mosdir, Uning fe'li – qiladigan ishlari va sifatlari ham odamlarning fe'li va sifatidek emas (aksincha, odamlarning, maxluqotning barcha fe'l va sifatlarini U yaratgandir).

O'z boshingcha Alloh ta'ologa nomlar taqama, o'zingcha aql yuritib, xayolingga kelgan sifatlarni ham U zotga nisbat beraverma. Zotan, O'zi (Qur'oni karimda bildirgan) sifatlar bilan vasf etilgan vaO'zi  (bildirgan  eng  go'zal)  maxsus  ismlar  bilan  nomlangandir.  Bu sifat  va  nomlarni  O'zi  bayon  qilgan  va  din  ahli,  iymon  ahli  shu narsalarga e'tiqod qilgan – ishongandir.

 

IZOH.  Ilm  sifati  Allohning  azaliy  sifatlaridandir.  Alloh  ta'olo  butun  mavjudotni  biladi.  Uning  ilmidan  zarra  miqdoricha  bo'lsa ham hech narsa yo'q bo'lmaydi. U qorong'u kechada yurgan chumolini, havoda uchayotgan  zarrachalarni,  qalblarning    ich-ichidan  kechgan  narsalarni, hofizalarda  (xotirada,  xayolda)  jarayon  etadigan  narsalarni,  yashirin va eng pinhon narsalarni biladi. Uning ilmi hamma narsalarga – xoh butun  bo'lsin,  xoh  butundan  bir  parcha  bo'lsin,  xoh  mavjud  bo'lsin,  xoh nomavjud  bo'lsin,  xoh  mumkin  bo'lsin,  xoh  nomumkin  bo'lsin  –  hammasiga taalluqlidir. U maxluqotining ibtidosini va intihosini – boshlanishini  va  oxirini  biladi.  Zot  va  sifatlardan  hamma  narsani  azaliy  va  abadiy  ilmi  bilan  bilguvchi  Udir  («Jomi'  ul-mutun»).

 

Nasriy bayon va sharh muallifi:

Mirzo KYeNJABYeK

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Majburlab erga berish durustmi?

11.07.2025   4070   1 min.
Majburlab erga berish durustmi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Ota-onam meni majburlab erga bermoqchi, bola bilan ko‘rishdim va ko‘nglim g‘ash bo‘lib qoldi. Keyin istixora o‘qishni boshladim va baribir ko‘nglim yumshamadi. Uydagilarga tushuntirdim, lekin meni eshitishmayapti. Men qanday yo‘l tutsam bo‘ladi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Dinimizda xotin-qizlarni majburlab erga berishdan man qilingan. Zero, nikoh ikki tomonning roziligi bilan tuziladi. Juvon bo‘lsa, u bilan ochiqcha gaplashiladi, bokira bo‘lsa, undan izn so‘raladi. Bokira (rozilik alomatlari bilan) sukut qilsa, bu uning nikohga izn bergani bo‘ladi.

Barcha fiqhiy manbalarimizda kelin va kuyov o‘z roziligini bildirishi (iyjob va qabul) nikohning asosiy rukni ekani bayon qilingan. Kelin-kuyovdan biri nikohga rozi bo‘lmasa, nikoh durust bo‘lmaydi.

Ota-onaning vazifasi esa farzandini boylik, mansab yoki boshqa g‘arazlar sababli ko‘r-ko‘rona uylanish yoki erga tegishga majburlash emas. Balki farzandiga juft bo‘layotgan yigit yo qizning diyonati, xulq-odobiga va kasb-hunariga e’tibor qilishdir.

O‘z o‘rnida turmush qurayotgan farzand ham ota-onasining tavsiyalari o‘rinli bo‘lsa, qabul qilishi, qaysarlik qilmay ularning hayotiy tajribalaridan foydalanishi kerak.

Xotin-qizlarni majburlab erga berish holatlarida Payg‘ambarimiz alayhissalomning ayolga nikoh yo ajralishni tanlash ixtiyorini berganlari ma’lum. Hatto bir holatda qiz kambag‘al yigitni, ota-ona esa boy yigitni tanlaganida, u zot qizning ixtiyorini ustun qo‘yib: 


لم ير للمتحابين مثل النكاح
«Bir-birini yaxshi ko‘rganlar uchun nikohdan yaxshisi yo‘qdir", dedilar (Imom Ibn Moja rivoyati). Vallohu a’lam"

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.