Ulamolar jumhuri Qur'onning Qur'on bilan nasx bo'lishi uch qismdan iborat ekanini aytganlar.
Birinchi qism
Hukm va tilovatning (lafzning) birgalikda nasx bo'lishi.
Bunda bir oyatning lafzi Qur'ondan ketkaziladi va uning hukmiga amal qilish ham to'xtatiladi. Ushbu qismdagi nasx bor, deganlar: «Bu ish aql jihatdan joizdir, zotan, nasx bandalar foydasi uchun xizmat qiladi. Allohning O'zi istaganda nasx qilaveradi, U Zot qilgan narsasidan so'ralmaydi», deydilar.
Ularning eng mashhur dalillari quyidagi hadisdir.
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Qur'onda nozil bo'lgan narsalarning ichida «harom qiluvchi ma'lum o'nta emizish» bor edi, keyin «ma'lum beshta» bilan nasx qilindi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot qilganlarida ular Qur'onda qiroat qilinayotgan narsalar ichida edi».
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.
Shofe'iy va Hanbaliy mazhablari ushbu rivoyatga amal qilib, «Shar'iy emizish sobit bo'lishi uchun besh marta to'yib emish kerak», deganlar.
Hanafiy va Molikiy mazhablari esa bu rivoyat o'ta mushkul rivoyat, deyishgan. Chunki Qur'onda o'n marta so'rish haqida ham, besh marta so'rish haqida ham hech qanday oyat bo'lmagan. Keyin, agar bor bo'lsa, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam vafot etganlarida o'qib turilgan bo'lsa, nima uchun hozir o'qilmaydi? Bunga o'xshash savollar juda ko'p. Ulamolar ushbu rivoyat haqida ko'p bahs yuritganlar. Oxiri ushbuga o'xshash iboralar o'sha vaqtda sahobalarning o'zlariga ma'lum narsalar bo'lgan, degan xulosaga kelganlar.
Aslida bunga o'xshagan gap-so'zlar har zamonda, har makonda va har bir jamiyatda bo'lib turadi. Jamiyat a'zolari o'zlariga ma'lum sabablarga ko'ra, ba'zi ma'nolarni ifoda qilishda o'ziga xos iboralarni ishlatadilar. Mazkur iboralarning ortida turgan ma'nolarni o'zlarigina biladilar. Bu ma'nolarni ularning tilini bilgan, ammo jamiyat a'zolari orasidagi sirlardan xabardor bo'lmaganlar anglay olmaydilar. Oisha onamiz roziyallohu anhodan qilingan rivoyatdagi so'zlar ham ana shunday gap bo'lishi aniq. Uning ma'nosi «Qur'onda nozil bo'lgan va undan deb o'qib turilgan oyatlarning ma'nosiga mos gap yoki shar'iy hukm» degani bo'lishi mumkin.
Shu bilan birga, bu rivoyat ohod xabar ekaniga hamma ittifoq qilgan. Ohod xabar esa Qur'oni Karim bo'la olmasligi ham barchaga ma'lum. Binobarin, birgina ohod xabarga suyanib, Qur'oni Karimda ham lafzi, ham hukmi nasx qilingan oyatlar bo'lgan, degan gapni aytishga hech kimning haqqi yo'q.
Qo'polroq qilib aytadigan bo'lsak, ushbu ohod xabarga suyanib, ba'zi kishilar «Qur'oni Karimning Qur'oni Karim bilan nasx bo'lishida ham lafzi, ham hukmi nasx bo'lgan oyatlar bor» degan qismni ochishgan, xolos.
Ikkinchi qism
Tilovat (lafz) nasx bo'lib, hukmning boqiy qolishi.
Boshqacha qilib aytilganda, Qur'oni Karimdan bir oyat nozil bo'ladi. U tilovat ham qilinadi. Unga amal ham qilinadi. Bir muddatdan keyin o'sha oyatning tilovati nasx qilinadi. Ya'ni Qur'oni Karimda u oyat qolmaydi. Ammo uning hukmiga amal qilish davom etaveradi.
Bu qismning borligini da'vo qiladigan taraflar hazrati Umar roziyallohu anhudan qilingan quyidagi rivoyatni dalil qilib keltiradilar.
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Umar ibn Hattob Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning minbarlarida turib: «Albatta, Alloh Muhammad sollallohu alayhi vasallamni haq ila yubordi va u zotga Kitobni nozil qildi. U zotga nozil qilingan narsalar ichida rajm (toshbo'ron) oyati ham bor edi. Biz uni qiroat qildik, o'zimizga singdirdik va angladik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam toshbo'ron qildilar va biz ham u kishidan so'ng toshbo'ron qildik. Men zamon o'tishi bilan ba'zi odamlarning, Allohning Kitobida rajmni ko'rmayapmiz, deb Alloh nozil qilgan farz amalni tark etib, zalolatga ketishlaridan qo'rqaman. Erkak va ayollarning oila ko'rganlaridan zino qilganlariga hujjat va dalil qoim bo'lsa, qomila bo'lsa yoki e'tirof qilsa, toshbo'ron qilish Allohning Kitobidagi haqdir», dedi».
Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy va Nasaiy rivoyat qilishgan.
Ushbu hadisi sharif turli shar'iy ilmlar ulamolari orasida ko'plab bahs va tortishuvlarga sabab bo'lgandir. Bu hadisga nafaqat muhaddis va faqixdar, balki usuli fiqh va ulumi Qur'on mutaxassislari ham qayta-qayta murojaat qilganlar.
Ko'pchilik hadisning sirtini e'tiborga olib, «Bir vaqtlar zinokorni toshbo'ron qilish haqida oyat tushgan. U oyat tilovat ham qilingan, unga amal ham qilingan. So'ngra mazkur oyatning tilovati nasx qilingan. Ya'ni Qur'on oyatlarining orasidan chiqarilgan, Qur'on sifatida tilovat qilinmay qo'ygan. Ammo unga amal qilish boqiy qolgan», deydilar. «O'sha oyat qaysi oyat edi?» degan savolga: «Qari chol va qari kampir zino qilsalar, ikkovlarini albatta toshbo'ron qilinglar. Bu Allohning azobidir. Alloh o'ta izzatli, o'ta hikmatlidir» degan oyat edi», deydilar. Ammo ushbu hadisi sharifni va bu masalaga tegishli boshqa ma'lumotlarni sinchkovlik bilan chuqur o'rgangan ulumi Qur'on mutaxassislari boshqacha fikr aytadilar.
«Toshbo'ron oyati» deb nomlangan bu oyat haqida ushbu hadisdan boshqa rivoyat yo'q. Bitta hadis bilan Qur'onda u bor edi, bu bor edi, deyishga hech kimning haqqi yo'q. Bir emas, bir qancha hadis bo'lsa ham, Qur'onning kuchiga ega bo'la olmaydi. Buning ustiga, agar ushbu gapni qabul qiladigan bo'lsak, Qur'on oyatlaridan ba'zilari chiqarib tashlangan, degan noto'g'ri fikr vujudga keladi.
«Toshbo'ron oyati» deb aytilayotgan narsada qari chol va qari kampir haqida so'z ketmoqda, shariat hukmiga binoan esa oyla ko'rgan zinokorlarning hammasi – yoshu qarisi toshbo'ron qilinadi. Shuning uchun hazrati Umar roziyallohu anhuning ushbu gaplarini o'sha zamonning istilohlari va tasavvurlaridan kelib chiqib tushunmoq kerak.
Jumhur musulmonlar oila ko'rgan zinokorlarni toshbo'ron qilish Qur'on bilan emas, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari bilan sobit bo'lgan hukm ekaniga qadimdan ittifoq qilib kelayotganlari ma'lum va mashhur. Shu bilan birga, ba'zi vaqtlarda Allohning Kitobi deganda, Qur'onga qo'shib, «runnat – hadis ham tushunilishi hammaga ma'lum. Chunki oyat ham, sunnat ham vahiydir.
Ushbu hadisda ham, mardikor yigit haqidagi mashhur hadisda ham bunga misol bor. Usha hadisda mardikor yigit bilan zino qilgan xotinning eri ham, yigitning otasi ham Nabiy sollallohu alayhi vasallamga: «Ey Allohning Rasuli, bizning oramizda Allohning Kitobi ila hukm qiling», dedilar. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham ularga: «Albatta, o'rtangizda Allohning Kitobi ila hukm qilaman, deb turib «O'g'lingga yuz darra va bir yil surgun. Ey Unays, manavining xotinining oldiga bor. Agar e'tirof etsa, uni toshbo'ron qilgin», dedilar.
Ushbu jumladagi hukmlar ichidagi turmush ko'rmagan zinokorni yuz darra urish hukmi Qur'oni Karimda bor. Ammo bir yil surgun va toshbo'ron qilish Qur'oni Karimda zikr qilinmagan. Shunday bo'lsa ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, Allohning Kitobi ila hukm qilaman», demoqdalar.
Demak, hazrati Umar roziyallohu anhu ham turmush ko'rgan zinokorni toshbo'ron qilish hukmi ahamiyatli ekanini ta'kidlash uchun yuqorida keltirilgan rivoyatdagi ohangda gapirgan bo'lishlari mumkin. Bu istiloh va ma'nolarni hamma tushungan bo'lganidan hech kim u kishiga e'tiroz bildirmagan. Shuning uchun bu rivoyatni sahobalar istilohidagi ma'lum iboralar bilan aytilgan gap deb tushunsak, to'g'ri bo'ladi.
Qur'on Payg'ambarimiz alayhissalomga nozil bo'lgan vahiy, lekin lafzi ham, ma'nosi ham Allohnikidir. Sunnat, ayniqsa shariat hukmlarini bayon etuvchi sunnat ham Allohning vahiysi. Lekin sunnatning ma'nosi Allohdan, lafzi Nabiy sollallohu alayhi vasallamdandir.
Buning ustiga, yuqoridagi oyat deb atalayotgan jumla faqat imom Molik va imom Nasaiylarning rivoyatlaridagina uchraydi. Boshqa rivoyatlarda ushbu jumla yo'q. Shuning uchun ulamolar bu gapni vahm – asossiz bo'lsa kerak, deyishadi. Ayniqsa imom Buxoriyning aynan shu joyni tashlab ketishi bu gapning to'g'riligiga kuchli dalil bo'ladi. Shu bilan birga, mazkur jumlani oyat deganlarning birortasi o'sha da'vo qilinayotgan «oyat» qaysi surada bo'lganini ayta olmaydilar.
Hulosa qilib aytadigan bo'lsak, Qur'onni Qur'on nasx qilishining birinchi va ikkinchi qismlari quruq gap darajasidan nariga o'ta olmaydigan qismlar bo'lib chiqadi.
Uchinchi qism
Qur'on oyatlarining hukmi nasx bo'lib, tilovati boqiy qolishi.
Bunda Alloh taolo Qur'oni Karimda bir oyatni nozil qilib, ma'lum shar'iy hukmni joriy qiladi. Unga musulmonlar bir muddat amal qiladilar. Keyin o'sha oyatning hukmiga amal qilish to'xtatiladi. Ammo oyatning o'zi Qur'oni Karimda turaveradi. Musulmonlar ularning hukmiga amal qilmasalar ham tilovat qilaveradilar. Mazkur oyatning tilovati ibodat hisoblanaveradi.
Qur'oni Karimdagi nasx to'g'risida so'z ketganda aynan shu qism haqida gapirilgan bo'ladi. Nasx haqida sobit bo'lgan narsa shudir. Qur'oni Karimdagi nosix va mansux haqida so'z ketganda ham, kitoblar yozilganda ham xuddi shu qism e'tiborga olingan bo'ladi.
Ushbu qismdagi nasx to'g'risida ulamolarning tutgan yo'llari uch xil bo'lgan:
Birinchi yo'l– Qur'onda nasx yo'q, deganlarning yo'li.
Bu ran Abu Muslim Asfihoniyning so'zi bo'lib, uning aytishicha, nasx aqliy jihatdan joiz bo'lsa ham, shariatda yo'q dir. Bu mazhab asossiz va murosasiz bo'lgani uchun unga hech kim e'tibor qilmagan. Abu Muslim Asfihoniy yahudiylarga o'xshab nasxni inkor qilgani uchun, ulamolar uni tanqid qilganlar va uning gaplariga kuchli raddiyalarni berganlar.
Ikkinchi yo'l – nasx masalasida mubolag'aga ketgan toifalarning yo'li.
Bu yo'lni tutganlar Qur'oni Karimdagi nasx masalasini keng olib, ilmiy tayanchga asoslanmay ish ko'rib, aslida nasx bo'lmagan oyatlarni ham nasx bo'ldi, deya hukm chiqarib, nasx bo'lgan oyatlarning sonini haddan ziyod ko'paytirib yuborganlar. Bu haqiqatni quyidagi jadvaldan bilib olish qiyin emas;
Ushbu raqamlardan ulamolar nasx qilingan oyatlarni aniqlashda katta ixtilof qilganlari ochiq-oydin ko'rinib turibdi. Ularning ichida eng ozi – imom Abdurrahmon Suyutiyning hisobini ham muhaqqiq ulamolar ko'p, deganlar. O'z-o'zidan «Ba'zi ulamolarning nasx bo'lgan oyatlar sonini bunchalik ko'paytirib yuborishlariga nima sabab bo'lgan?» degan savol paydo bo'ladi. Bu haqli savolning javobi quyidagicha:
Bu haqda imom Qurtubiy o'z tafsirida quyidagilarni yozadi: «Oldin o'tganlar ma'noni keng olib, xoslashga ham «nasx» lafzini ishlatganlar».
Nasxning sonini ko'paytirganlar o'sha gaplarni ham nasx deb tushunganlar va nasx qilingan oyatlarning sonini ko'paytirib yuborganlar. Shunday qilib, ularning sanog'iga nasx ham, xoslash ham kirib ketgan.
Bunga sabr va bardoshga chaqiruvchi oyatlar jiddu jahdga amr qiluvchi oyatlar ila nasx bo'lgan, deb da'vo qilish kiradi. Aslida esa unday emas. Zaiflik paytida doimo sabr-bardoshli bo'lish kerak. Kezi kelganda jiddu jahd qilish lozim. Ikkisi ham o'z o'rnida bo'ladi. Zotan, ba'zi oyatlarning hukmi ma'lum sabablarga bog'langan bo'ladi. O'sha sabablar mavjud bo'lsa, hukm joriy bo'ladi va ular yo'qolsa, hukm ham amaldan to'xtaydi.
Bunga otalarning ayoliga uylanish va opa-singilni bir vaqtda nikohlab olishning harom qilinishi, taloqning sonini uchtagacha chegaralash, xotinlar sonining to'rttaga qisqartirilishi kabi bir qancha hukmlar kiradi.
Bunday xatolarga yo'l qo'yish nasxning ta'rifini esdan chiqarib qo'yish sababidan kelib chiqadi. Aslida esa nasx – shar'iy hukmning undan keyin kelgan shar'iy dalil bilan bekor qilinishidir. Bu erda esa shar'iy hukm yo'q. Balki johiliyat odati bor. Bu odatning yo'q qilinishi nasx deb atalmaydi. Balki johiliyat odatini botil qilish deyiladi.
Oldin o'tgan kishilarda istisnoni ham «nasx» deyish odati bo'lgan. Misol uchun, Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhuning istisno qilingan narsani ham «mansux» – «nasx qilingan», deyish odatlari bo'lgan. O'sha vaqtda Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhuning o'zlari ham, u kishining bu kabi so'zlarini eshitganlar ham gap nimada ekanini yaxshi bilganlar. Bu so'zlar majoz uchun ishlatilayottanini, haqiqat emasligini anglaganlar. Ammo zamon o'tishi bilan ba'zi kishilar majozni haqiqat deb tushunib qolganlar va nasxning adadini ko'paytirib yuborganlar.
Bunga yorqin misol o'laroq, ixtiyoriy infoq qilish haqidagi oyatlar bilan zakot berish haqidagi oyatlarni keltirish mumkin.
Alloh taolo Baqara surasida marhamat qiladi:
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ أَنفِقُواْ مِمَّا رَزَقۡنَٰكُم مِّن قَبۡلِ أَن يَأۡتِيَ يَوۡمٞ لَّا بَيۡعٞ فِيهِ وَلَا خُلَّةٞ وَلَا شَفَٰعَةٞۗ
«Ey iymon keltirganlar! Sizga rizq qilib bergan narsalarimizdan na oldi-sotdi, na oshna-og'aynichilik va na shafoatchilik yo'q Kun kelmasidan oldin nafaqa qiling» (254-oyat).
Nasx qilingan oyatlarning sonini ko'paytiruvchilar ushbu vashunga o'xshash oyatlar zakotning farzligini ifoda qilgan oyatlar ila nasx qilingan, deydilar. Aslida esa unday emas. Nafaqa ham, zakot ham alohida shar'iy hukmlardir.
Ushbu zikr qilingan beshta sabab va yana zikr qilinmagan boshqa sabablarga ko'ra, nasx qilingan oyatlarni ko'paytirish ishqibozlari o'z faoliyatlarini juda ham kengaytirib yuborganlar.
Uchinchi yo'l – nasx masalasida mo''tadil bo'lgan ulamolarning yo'li.
Ular nasxning ma'nosini to'g'ri tushungan, nozik joylarigacha anglab etgan va mustahkam asosga ega bo'lgan reja ila ish tutgan ulamolardir. Ushbu ulug' ulamolar o'zlarining ilm dengizlarini ishga solib, shariat hukmlari tarixiga nazar solib, shariatning qoidalarini o'rniga qo'yib ish yuritganlar. Ular nasx – shar'iy hukmni bekor qilish ekanini chuqur anglab etganlar. Sobit bo'lgan shar'iy hukm-lar faqatgina sobit dalil bilan nasx bo'lishini yaxshi bilganlar. Shuningdek, ular mutavotir xabar ohod xabar bilan nasx bo'lishi mumkin emasligiga ittifoq qilganlar.
Biror oyatning nasx qilinganini bilish uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan yoki sahobiydan naql qilingan ochiq-oydin «Falon oyatni falon oyat nasx qilgan» degan sahih xabar bo'lishi kerak. Nasxni aniqlashda mufassirlarning gapi yoki mujtahidlarning ijtihodi hujjat bo'la olmaydi. Bu boradagi barcha qoidalarga asoslanib ish yuritgan muhaqqiq ulamolarimiz nasx qiluvchi va nasx qilingan oyatlarning soni ettitadan oshmasligini alohida ta'kidlaganlar.
Nasx qilingan va nasx qiluvchi oyatlar kuyidagilardan iborat:
كُتِبَ عَلَيۡكُمۡ إِذَا حَضَرَ أَحَدَكُمُ ٱلۡمَوۡتُ إِن تَرَكَ خَيۡرًا ٱلۡوَصِيَّةُ لِلۡوَٰلِدَيۡنِ وَٱلۡأَقۡرَبِينَ بِٱلۡمَعۡرُوفِۖ حَقًّا عَلَى ٱلۡمُتَّقِينَ١٨٠
«Birortangizga o'lim kelganda, agar u yaxshilik (boylik) qoldirayotgan bo'lsa, ota-ona va qarindoshlarga ma'ruf ila vasiyat qilish taqvodorlariing burchi o'laroq sizlarga farz qilindi» (180-oyat).
Ushbu oyati karima nozil bo'lganidan keyin o'layotgan odam mol-mulk qoldiradigan bo'lsa, o'sha molning qanchasi kimga berilishini vasiyat qilmog'i lozim bo'lgan. O'sha vasiyat aso sida meros taqsimlangan. Bu oyati karimaga bir muddat amal qilinganidan keyin, Niso surasidagi «meros oyatlari» deb ataladigan ikkita oyat nozil qilinib, unga amal qilish boshlanishi bilan yuqoridagi oyat nasx bo'lgan. Shu bilan birga, avvalgi oyat Qur'oni Karimda qolgan. Uning hukmiga amal bekor qilingan bo'lsa ham, tilovati bardavom bo'lgan.
Ushbu nasxni ta'kidlovchi rivoyat ham kelgan.
«Ibn Abbos roziyallohu anhumo:
«Mol-mulk bolaga qolar edi. Ota-onaga vasiyat qilinar edi. Alloh bundan Uzi istaganini nasx qildi. Erkakka ikki ayolning hissasini qildi. Ota-onaning har biriga oltidan birni qildi. Hotinga sakkizdan bir yoki chorakni, erga yarimni yoki chorakni qildi», dedi».
Buxoriy va Abu Dovud rivoyat qilganlar.
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu o'zlarining ushbu xabarlari ila meros masalasi Islomning ilk davrida qanday edi-yu, keyin qanday holga kelgani haqida qisman bayon qilmoqdalar.
Ya'ni bir odam o'lsa, uning moli bolasiga meros bo'lib qolar edi.
Ya'ni meros qoldiruvchi «Mendan qolgan moldan ota-onamga beringlar», deb vasiyat qilmasa, ularga berilmas edi. Alloh taolo bu hakda Qur'oni Karimda «Qachon biringizga o'lim hozir bo'lsa-yu, u mol qoldiradigan bo'lsa, ota-onasi va yaqinlari uchun vasiyat qilsin», degan ma'nodagi oyatni nozil qilgan edi. Keyinroq esa U Zot meros oyatlarini nozil qilib, bularni nasx qildi va har bir merosxo'rning nasibasini aniq aytib berdi.
Merosxo'r erkak merosxo'r ayolga nisbatan ikki barobar ulush oladigan bo'ldi.
Agar meros qoldiruvchining bolasi bo'lsa,
Ulgan erning bolasi bo'lsa, uning xotiniga merosdan sakkizdan bir, bolasi bo'lmasa, chorak beriladi.
Ulgan xotinning bolasi bo'lmasa, yarim, bolasi bo'lsa, chorak merosni uning eri oladi.
وَعَلَى ٱلَّذِينَ يُطِيقُونَهُۥ فِدۡيَةٞ طَعَامُ مِسۡكِينٖۖ
«Uni qiynalib tutadiganlar zimmasida bir miskin taomicha fidya bordir» (184-oyat).
Ro'za ilk joriy qilinganda, ushbu oyatning hukmiga binoan, musulmonlar ikki ishdan birini tanlash imkoniga ega bo'lganlar. Hohlasin, ro'za tutsin, xohlasin, ro'za tutmay, bir miskinni to'ydirsin. Demak, bir miskinni to'y-dirish ham ro'za tutganning o'rniga o'tgan.
Keyinroq Alloh taolo Baqara surasidagi boshqa oyatni nozil qilib, bu oyatning hukmini nasx qilgan.
فَمَن شَهِدَ مِنكُمُ ٱلشَّهۡرَ فَلۡيَصُمۡهُۖ
«Sizlardan kim bu oyda hozir bo'lsa, ro'zasini tutsin» (185-oyat).
Bu oyati karima avvalgi oyatning hukmini nasx qildi. Endi har bir qodir kimsa ro'za tutishi majburiy bo'ldi.
Ushbu nasxni tasdiqlovchi rivoyat ham kelgan.
Salama ibn Akva' roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Uni qiynalib tutadiganlar zimmasida bir miskin taomicha fidya bordir» oyati nozil bo'lganida, kim xohlasa, og'zi ochiq yurar va fidya berar edi. Bu hol to undan keyingi «Sizlardan kim bu oyda hozir bo'lsa, ro'zasini tutsin» oyati nozil bo'lgunicha davom etdi. Bu uni nasx qildi».
Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy va Nasaiy rivoyat qilishgan.
Ushbu rivoyatdaro'za tutish dastlab joriy qilinganda hikmat sohibi bo'lmish Alloh taolo tomonidan kishilarni bu ibodatga asta-sekin tortish uchun qo'llangan ba'zi choralardan biri haqida so'z ketmoqda.
Ro'za ilk joriy qilinganda, musulmonlar ikki ishdan birini tanlash imkoniga ega bo'lgan ekanlar. Hohlasin, ro'za tutsin. Hohlasin ro'za tutmay, bir miskinni to'ydirsin. Demak, bir miskinni to'ydirish ham ro'za tutganning o'rniga o'tgan. Ma'lum vaqt o'tib, odamlar ancha o'rganib qolganlaridan keyin bu ixtiyoriylik bekor qilinib, har bir qodir kimsa ro'za tutishga majbur ekani haqida oyat nozil bo'lgan. Faqat o'ta qarib qolgani va tuzalishidan umid yo'q, surunkali bemorlikka mubtalo bo'lgani sababli ro'za tuta olmaydigan kishilargagina fidya berishga ruxsat etilgan.
وَٱلَّذِينَ يُتَوَفَّوۡنَ مِنكُمۡ وَيَذَرُونَ أَزۡوَٰجٗا وَصِيَّةٗ لِّأَزۡوَٰجِهِم مَّتَٰعًا إِلَى ٱلۡحَوۡلِ غَيۡرَ إِخۡرَاجٖۚ
«Sizlardan vafot etib, juftlarini qoldirganlar ayollarining bir yilgacha chiqarilmasdan, baxramand bo'lishini vasiyat qilsinlar...» (240-oyat)
Ushbu oyatning hukmiga binoan, Islomning dastlabki boyeqichida eri o'lgan ayolning iddasi bir yil bo'lgan. Bu hukmga bir muddat amal qilingan. Keyin Alloh taolo Baqara surasidagi quyidagi oyatni nozil qilib, yuqoridagi oyatni nasx qilgan va yangi oyatning hukmini joriy qilgan.
وَٱلَّذِينَ يُتَوَفَّوۡنَ مِنكُمۡ وَيَذَرُونَ أَزۡوَٰجٗا يَتَرَبَّصۡنَ بِأَنفُسِهِنَّ أَرۡبَعَةَ أَشۡهُرٖ وَعَشۡرٗاۖ
«Sizlardan vafot etib, juftlarini qoldirganlarning ayollari o'zlaricha to'rt oyu o'n kun kutarlar...» (234-oyat)
Ikrima roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Sizlardan vafot etib, juftlarini qoldirganlar ayollarining bir yilgacha chiqarilmasdan, baxramand bo'lishini vasiyat qilsinlar...»ni «Sizlardan vafot etib, juftlarini qoldirganlarning ayollari o'zlaricha to'rt oyu o'n kun kutarlar...» nasx qilgan.
Nasaiy rivoyatp qilgan.
إِن يَكُن مِّنكُمۡ عِشۡرُونَ صَٰبِرُونَ يَغۡلِبُواْ مِاْئَتَيۡنِۚ وَإِن يَكُن مِّنكُم مِّاْئَةٞ يَغۡلِبُوٓاْ أَلۡفٗا مِّنَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ
«Agar sizdan yigirmata sabrli bo'lsa, ikki yuztani engadi. Agar sizdan yuzta bo'lsa, kufr keltirganlardan mingtasini engadi...» (65-oyat)
Ushbu oyati karimaning hukmiga binoan, yigirmata sabrli mo'min jang paytida ikki yuzta dushmanga teng kelishi, ulardan g'olib bo'lishi lozim bo'lgan. Shuningdek, yuzta sabrli mo'min mingta dushmanga teng kelishi, ulardan g'olib bo'lishi lozim bo'lgan. Bu oyatning hukmi, ya'ni bitta mo'minning o'nta dushmanga g'olib kelishi lozimligi bir muddat joriy bo'lib turganidan keyin boshqa oyat nozil bo'lib, avvalgi oyatning hukmi nasx qilingan va yangi oyatning hukmiga amal qilishga o'tilgan.
Alloh taolo Anfol surasida marhamat qiladi:
ٱلۡـَٰٔنَ خَفَّفَ ٱللَّهُ عَنكُمۡ وَعَلِمَ أَنَّ فِيكُمۡ ضَعۡفٗاۚ فَإِن يَكُن مِّنكُم مِّاْئَةٞ صَابِرَةٞ يَغۡلِبُواْ مِاْئَتَيۡنِۚ وَإِن يَكُن مِّنكُمۡ أَلۡفٞ يَغۡلِبُوٓاْ أَلۡفَيۡنِ بِإِذۡنِ ٱللَّهِۗ وَٱللَّهُ مَعَ ٱلصَّٰبِرِينَ٦٦
«Endi Alloh sizlardan engillashtirdi, sizlarda ojizlik borligini bildi. Bas, agar sizdan yuzta sabrli bo'lsa, ikki yuztani engadi. Agar sizdan mingta bo'lsa, Allohning izni ila ikki mingtani engadi. Alloh sabrlilar bilandir» (66-oyat).
Ushbu oyat yuqoridagi oyatni nasx qilgani haqidagi Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhuning so'zlarini imom Tabariy o'zining tafsirida keltirgan.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِذَا نَٰجَيۡتُمُ ٱلرَّسُولَ فَقَدِّمُواْ بَيۡنَ يَدَيۡ نَجۡوَىٰكُمۡ صَدَقَةٗۚ ذَٰلِكَ خَيۡرٞ لَّكُمۡ وَأَطۡهَرُۚ
«Ey iymon keltirganlar! Agar Rasul bilan maxfiy suhbat qilmoqchi bo'lsangiz, majfiy suhbatingizdan avval sadaqa bering. Bu o'zingiz uchun yaxshiroq va pokrokdir...» (12-oyat)
Bu oyati karimaning nozil bo'lish sababi haqidagi rivoyatlarda naql qilinishicha, musulmonlikni endi qabul qilgan ba'zilar bekordan-bekorga, o'zlarini ko'rsatish uchun Nabiy alayhissalom bilan bo'ladigan najvani, ya'ni xoli, yakkama-yakka suhbatni ko'paytirib yuborishgan. So'ngra Alloh ushbu oyatni nozil qilgan.
Hazrati Aliydan qilingan rivoyatda u kishi bunday deganlar:
«Allohning Kitobida bir oyat bor, unga mendan avval hech kim amal qilmagan va mendan keyin ham hech kim amal qilmaydi. Mazkur oyat tushganida bir dinorim bor edi. Uni o'n dirhamga maydalab, Nabiy alay hissalomning huzurlariga o'n marta kirib, o'nta savolimga javob olib chiqqanman. Har kirishimdan avval kambag'allarga bir dirham sadaqa qildim. So'ngra oyat nasx etildi, ya'ni unga amal qilish bekor bo'ldi».
Alloh taolo Mujodala surasida keyingi oyatda marhamat qiladi:
ءَأَشۡفَقۡتُمۡ أَن تُقَدِّمُواْ بَيۡنَ يَدَيۡ نَجۡوَىٰكُمۡ صَدَقَٰتٖۚ فَإِذۡ لَمۡ تَفۡعَلُواْ وَتَابَ ٱللَّهُ عَلَيۡكُمۡ فَأَقِيمُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتُواْ ٱلزَّكَوٰةَ وَأَطِيعُواْ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥۚ وَٱللَّهُ خَبِيرُۢ بِمَا تَعۡمَلُونَ١٣
«Maxfiy suhbatingizdan avval sadaqalar berishdan qo'rqdingizmi? Agar qilmagan bo'lsangiz, Alloh afv qildi. Bas, namoz o'qingiz va zakot beringiz. Va Allohga va Uning Rasuliga itoat qilingiz. Alloh nima amal qilayotganingizdan o'ta xabardordir» (13-oyat).
Mana shu oyati karima o'zidan avvalgi, ya'ni Nabiy alayhissalom bilan sirli suhbat qilmoqchi bo'lgan odamga sadaqani vojib qiluvchi oyatni nasx qilgan, amaldan qoldirgandir. Yuqorida aytib o'tilganidek, birinchi oyat nozil bo'lganidan so'ng, unga faqat hazrati Aliy roziyallohu anhu amal qilganlar. Ma'lum vaqt o'tganidan keyin ushbu oyat tushib, avvalgi oyatning hukmi bekor qilingan.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلۡمُزَّمِّلُ١ قُمِ ٱلَّيۡلَ إِلَّا قَلِيلٗا٢ نِّصۡفَهُۥٓ أَوِ ٱنقُصۡ مِنۡهُ قَلِيلًا٣ أَوۡ زِدۡ عَلَيۡهِ وَرَتِّلِ ٱلۡقُرۡءَانَ تَرۡتِيلًا٤
«Ey o'ranib yotgan! Kechaning ozginasidan boshqasini (ibodatda) bedor o'tkaz. Yarmida yoki undan bir oz qisqarog'ida (bedor bo'l). Yoki unga (yarimga) ziyoda qil va Qur'onni tartil bilan tilovat qil» (1-4-oyatlar).
Imom Muslim Sa'id ibn Hishomdan rivoyat qilgan hadisda jumladan, shunday deyiladi:
«...Ey mo'minlarning onasi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kechalari qoim bo'lishlari haqida so'zlab bering, (dedim). U kishi: «Yaa ayyuhal muzzammil» surasini o'qiganmisan?» dedilar. Men: «O'qiganman», dedim. U kishi: «Albatta, Alloh taolo ushbu suraning avvalida kechalari qoim bo'lishni farz qildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va sahobalari bir yil kechalari qoim bo'ldilar. Hatto oyoqlari shishib ketdi. Alloh taolo suraning ojirini tushirmay, o'n ikki oy ushlab turdi. So'ngra bu suraning oxirida engillik tushdi...» dedi».
Usha engillik bo'lib tushgan, kechalari bedor bo'lishning hukmini nasx qilgan oyat Muzzammil surasining oxirgi oyatidir:
«Albatta, Robbing kechaning uchdan biridan ozrog'ini, yo yarmini, yo uchdan birini qoim bo'lib o'tkazayotga ningni va sen bilan birga bo'lganlardan ham bir toifa (shunday qilayotganlarini) biladir. Va Alloh kechayu kunduzni O'zi o'lchaydir. U sizlarning buni hech uddalay olmasligingizni bilib, sizlarga (engillikni) qaytardi. Endi Qur'ondan muyassar bo'lganicha qiroat qilinglar. Sizlardan kelajakda kasallar bo'lishini, boshqalari er yuzida kezib, Allohning fazlini istashini, yana boshqalar esa Allohning yo'lida jihod qilishlarini ham bildi. Endi undan muyassar bo'lganicha qiroat qilinglar. Va namozni qoim qilinglar, zakot beringlar va Allohga «qarzi hasan» beringlar. O'zingiz uchun nima yaxshilik taqdim qilgan bo'lsangiz, Allohning huzurida undanda yaxshiroq va ulkanroq ajrni topasiz. Va Alloxdan mag'firat so'rang. Albatta, Alloh o'ta mag'firatlidir, o'ta rahmlidir»(20-oyat).
Alloh taolo ushbu oyat bilan suraning avvalidagi oyatlarga binoan kechasi qoim bo'lish farzligini bekor qildi. Shundan so'ng tunda farz namozlardan tashqari ibodat qilish ixtiyoriyga aylandi.
ٱلزَّانِي لَا يَنكِحُ إِلَّا زَانِيَةً أَوۡ مُشۡرِكَةٗ وَٱلزَّانِيَةُ لَا يَنكِحُهَآ إِلَّا زَانٍ أَوۡ مُشۡرِكٞۚ وَحُرِّمَ ذَٰلِكَ عَلَى ٱلۡمُؤۡمِنِينَ٣
«Zinokor erkak faqat zinokor yoki mushrika ayolga nikohlanur. Zinokor ayolga faqat zinokor yoki mushrik erkak nikohlanur. Bu mo'minlarga darom qilinmishdir»(3-oyat).
وَأَنكِحُواْ ٱلۡأَيَٰمَىٰ مِنكُمۡ وَٱلصَّٰلِحِينَ مِنۡ عِبَادِكُمۡ وَإِمَآئِكُمۡۚ إِن يَكُونُواْ فُقَرَآءَ يُغۡنِهِمُ ٱللَّهُ مِن فَضۡلِهِۦۗ وَٱللَّهُ وَٰسِعٌ عَلِيمٞ٣٢
«Oralaringizdagi nikoxsizlarni va qulu cho'rilaringizdan solihlarini nikoxdab qo'ying. Agar faqir bo'lsalar, Allohularni O'z fazlidan boy qilur. Alloh qamrovi kengdir, o'ta biluvchidir» (32-oyat).
Alloh taoloning: «Zinokor erkak faqat zinokor...ga nikohlanur» so'zi haqida Ibn Musayyabdan rivoyat qilinadi:
«Bu nasx qilingan. Uni «Oralaringizdagi nikohsizlarni... eikohlab qo'ying» nasx qilgan. Binobarin, ular musulmonlarning nikohsizlaridir».
Bayhaqiy rivoyat qilgan.
KYeYINGI MAVZU:
QUR_''ONI KARIMDA MUHKAM VA MUTAShOBIH:
“MUHKAM” VA “MUTAShOBIH” ULAMOLA ISTILOHIDA;
O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida jamiyatda diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk alloma va mutafakkirlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodni ona Vatanga sadoqat, milliy-diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, yurtimizning jahon sivilizatsiyasi beshigi sifatidagi tarixiy maqomi va nufuzini tiklash bo‘yicha puxta o‘ylangan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
O‘tgan qisqa vaqt ichida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Samarqandda Hadis ilmi maktabi, Buxoroda Mir Arab oliy madrasasi tashkil etildi. Ushbu muassasalar “Jaholatga qarshi ma’rifat” ezgu umuminsoniy g‘oyasi asosida jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlashga, yoshlarni zamonaviy fikrlaydigan va buyuk ajdodlarimizga har jihatdan munosib etib tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
Shiddat bilan o‘zgarib borayotgan bugungi murakkab sharoitda dunyoda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar mamlakatimizda “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan xalqchil tamoyilga asoslangan islohotlar to‘g‘ri ekanligidan dalolat bermoqda.
Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasida belgilangan vazifalarni ro‘yobga chiqarish, diniy-ma’rifiy sohadagi ezgu g‘oya va tashabbuslarni xalq manfaatlaridan kelib chiqib izchil davom ettirish maqsadida qaror qilaman:
I. Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari
1. Quyidagilar fuqarolarning vijdon erkinligi huquqini ta’minlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi faoliyatni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
a) jamiyatda diniy bag‘rikenglik va konfessiyalararo totuvlikni yanada mustahkamlashga oid ilg‘or mexanizmlarni joriy etish;
b) ilm-fan va jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarning insonparvarlik, ezgulik, tinchlik va bag‘rikenglik kabi umuminsoniy va oliyjanob g‘oyalarga asoslangan diniy-falsafiy merosini chuqur o‘rganish hamda keng targ‘ib etish;
v) diniy-ma’rifiy sohada kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish orqali zamon talablariga mos mutaxassislarni yetishtirish;
g) aholi orasida birdamlik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat ruhini kuchaytirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga qaratilgan dolzarb ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash;
d) diniy-ma’rifiy sohadagi xalqaro hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda samaradorligini oshirish.
2. Diniy-ma’rifiy soha faoliyati rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Jamiyatda vijdon erkinligini kafolatlash, diniy bag‘rikenglik, fuqarolararo totuvlik hamda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash maqsadida “Bag‘rikeng jamiyat – barqaror davlat” tamoyili asosida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan (keyingi o‘rinlarda – Qo‘mita) O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Ichki ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining yangi hamkorlik tizimi yo‘lga qo‘yilsin.
Quyidagilar hamkorlik tizimining asosiy vazifalari etib belgilansin:
a) diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi, asosiy vazifalari va prinsiplarini qat’iy amalga oshirishda davlat va jamoat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish;
b) fuqarolarning vijdon erkinligiga bo‘lgan huquqini ta’minlash, jamiyatda turli diniy konfessiyalar vakillarining o‘zaro ahil-inoq va hamjihat hayot kechirishini qo‘llab-quvvatlash;
v) O‘zbekiston aholisining dini, e’tiqodi, milliy mansubligi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar huquq va qonuniy manfaatlarini to‘liq ro‘yobga chiqara olishini ta’minlash;
g) dinga bo‘lgan munosabatidan kelib chiqib ustunlik berish, kamsitish va vijdon erkinligi kafolatlari buzilishining boshqa har qanday ko‘rinishlarining oldini olish.
Qo‘mita bir oy muddatda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Ichki ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda hamkorlik tizimining mexanizmlarini belgilovchi qo‘shma qarorni tasdiqlasin.
II. Diniy-ma’rifiy sohaning institutsional asoslarini takomillashtirish
4. Fuqarolarning ibodatlar va diniy rasm-rusumlarni amalga oshirishi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, “Haj” va “Umra” ziyoratlariga borishi bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatish jarayonida ortiqcha byurokratik tartibotlarni bartaraf etish maqsadida Qo‘mita va Raqamli texnologiyalar vazirligi 2025 yil 1 sentyabrga qadar “Haj va Umra yagona portali”ni (keyingi o‘rinlarda – Portal) hamda uning mobil ilovasini ishlab chiqsin.
Belgilansinki:
a) Portal “Haj” tadbirlariga boruvchi fuqarolarning yagona elektron navbati hamda “Umra” tadbirlariga yuboriladigan ziyoratchilarning elektron ro‘yxati shakllantiriladigan tizim hisoblanadi;
b) Portalda “Haj” va “Umra” faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va rasmiylashtirish bilan bog‘liq jarayonlar raqamlashtiriladi;
v) vazirlik va idoralar Qo‘mita so‘roviga ko‘ra o‘zining axborot tizimlari Portalga integratsiya qilinishini ta’minlaydi;
g) Qo‘mita Portal faoliyatini moliyalashtirishga, texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlashga, aloqador davlat va nodavlat tashkilotlar uchun foydalanish imkoniyatini yaratishga mas’ul davlat organi hisoblanadi;
d) Qo‘mita “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish litsenziyasiga ega yuridik shaxslar hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Portaldan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi.
5. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Qo‘mitaning O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasini O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi (keyingi o‘rinlarda – Akademiya) etib qayta nomlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Akademiya islomshunoslik va dinshunoslik sohalarida mutaxassislarni hamda o‘quv dasturi, qo‘llanma va darsliklarni tayyorlashga ixtisoslashgan tayanch davlat oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilansin.
6. Quyidagilar Akademiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) islomshunoslik, dinshunoslik, din psixologiyasi, islom iqtisodiyoti, manbashunoslik, xalqaro munosabatlar va ehtiyoj mavjud bo‘lgan boshqa sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlash;
b) ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni, ilm-fan va texnikaning so‘nggi yutuqlarini hamda yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari tajribasi asosida ishlab chiqilgan ta’lim dasturlarini joriy etish;
v) vijdon erkinligi va konfessiyalararo bag‘rikenglikni ta’minlash, radikallashuv, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish hamda diniy sohadagi davlat siyosatining asoslariga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
g) diniy-ma’rifiy yo‘nalishda ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarni tayyorlash va nashr qilish, shuningdek, internet tarmog‘ida ta’lim resurslarini joylashtirish va muntazam yangilab borish;
d) talabalarda yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, Vatanga muhabbat, uning taqdiriga daxldorlik, kasbga sadoqat hissini mustahkamlash, ta’lim-tarbiya jarayoni hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish;
ye) mamlakatimizda va xorijda diniy sohada faoliyat olib borayotgan ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish.
7. Akademiyaga quyidagi huquqlar berilsin:
a) o‘quv-ilmiy jarayonlarga jalb etilgan yuqori malakali xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash miqdorlarini bozor kon’yunkturasidan kelib chiqib belgilash;
b) Qo‘mita bilan kelishgan holda to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini tegishli yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalarida belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt qiymatidan uch baravardan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilash;
v) talabalarning to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddatlarini belgilash va uzaytirish;
g) yetuk xorijiy mutaxassislarni jalb qilish hamda Akademiya vakillarini xorijiy ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga malaka oshirish va tajriba orttirish uchun yuborish;
d) o‘z grifi asosida darsliklar hamda boshqa o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish va nashr etish.
8. Belgilansinki, Akademiyaga o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushadigan mablag‘larning yetishmagan qismi davlat oliy ta’lim muassasalarini saqlash uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida tasdiqlangan budjet parametrlariga tegishli o‘zgartirish kiritish orqali qoplanadi.
9. Qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazini Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti (keyingi o‘rinlarda – Institut) sifatida qayta tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilab qo‘yilsinki:
a) Institut islomshunoslik, dinshunoslik, davlat va din munosabatlari asoslari, shuningdek, radikallashuvning oldini olish yo‘nalishlarida diniy sohada mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashga mas’ul muassasa hisoblanadi;
b) barcha ta’lim tashkilotlarining islomshunoslik va dinshunoslik fanlari o‘qituvchilarining malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash Institut tomonidan amalga oshiriladi;
v) ta’lim jarayoni sifatini oshirish hamda ta’lim va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida Institut so‘roviga asosan darslarga tegishli vazirlik, idora, ilmiy-tadqiqot va tahlil markazlarining rahbar xodimlari va mutaxassislari jalb etiladi;
g) Institut qayta tashkil etilayotgan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining huquq va majburiyatlari, shuningdek, tuzilgan shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
10. Akademiyaga qarashli Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Zarbuloq ko‘chasi, 14-uy manzili bo‘yicha joylashgan yotoqxona binosi operativ boshqaruv huquqi asosida Institutga bepul o‘tkazilishi ta’minlansin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu binoni saqlash uchun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga 2025 yil uchun ajratilgan budjet mablag‘larining qoldiq qismini Institutga o‘tkazib bersin, 2026 yildan boshlab esa binoni saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni Institutning xarajatlar smetasida rejalashtirib borsin.
11. Qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Buxoro viloyati hokimligining Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi markazi muassisligida Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish va quyidagilarni uning asosiy vazifalari etib belgilash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin:
a) buyuk ajdodimiz Bahouddin Naqshband va naqshbandiylik tariqati allomalarining yuksak insonparvarlik g‘oyalarini ilmiy asosda o‘rganish, yosh avlodni bag‘rikenglik hamda o‘zaro hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida targ‘ibot ishlarini olib borish;
b) tasavvuf ta’limoti tarixi va uning bugungi kundagi ahamiyatini ilmiy tadqiq etish, “Yetti pir” allomalari va aziz avliyolarning boy ilmiy-ma’naviy merosini xalqaro maydonda keng targ‘ibqilish;
v) naqshbandiylik ta’limotining ezgu g‘oyalarini tadqiq etish uchun ilmiy-nazariy va uslubiy masalalarga bag‘ishlangan anjuman, konferensiya, ko‘rgazma, seminar-trening, tanlovlar hamda boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish;
g) tasavvuf ta’limotining ilmiy asoslangan g‘oyalarini targ‘ib qilish, soxta tariqatchilikning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
12. Qo‘mita va Akademiyaning O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi islomshunoslik yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlarni hamda din bilan bog‘liq jarayonlar bo‘yicha tahlillarni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilansin.
13. Quyidagilar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining qo‘shimcha vazifalari etib belgilansin:
a) Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy kabi buyuk alloma ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosni o‘rganish, jahon ilm-fani rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasini xalqimiz, ayniqsa, yoshlarga yetkazish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini nashr etish, mamlakatimiz hududida ro‘y bergan Birinchi va Ikkinchi Renessansning ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq etish hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining ma’naviy poydevorini yaratishda ishtirok etish;
b) islom dinining insonparvarlik mohiyati, ma’rifiy-madaniy roli va rivojlanish yo‘nalishlarini ilmiy asosda o‘rganish va keng ommaga, jumladan, xalqaro jamoatchilikka yetkazish;
v) diniy ta’lim muassasalariga ilmiy-tadqiqot va o‘quv-uslubiy masalalarda hamda pedagog kadrlar va diniy xodimlarning malakasini oshirib borishda amaliy yordam ko‘rsatish;
g) ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini saqlash, yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrashga qaratilgan strategik ahamiyatga ega loyiha va tashabbuslarni ishlab chiqish.
14. Diniy-ma’rifiy sohadagi tashkilotlar faoliyatining samaradorligini oshirib borish maqsadida doimiy asosda faoliyat ko‘rsatuvchi Diniy-ma’rifiy sohada ta’lim, fan va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi o‘rinlarda – Muvofiqlashtiruvchi kengash) tashkil etilsin va uning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki:
a) Muvofiqlashtiruvchi kengash diniy-ma’rifiy sohada ta’lim, fan va ilmiy-tadqiqot ishlarining barcha jarayonlarini muvofiqlashtirish masalalariga mas’ul bo‘lgan maslahat organi hisoblanadi;
b) Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi vazifasini Qo‘mita amalga oshiradi;
v) Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Akademiya va boshqa diniy-ma’rifiy muassasalarning ta’lim va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyati muvofiqlashtiriladi;
g) Muvofiqlashtiruvchi kengash majlislari har chorakda kamida bir marotaba o‘tkaziladi.
15. Quyidagilar Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
a) “Uchinchi renessans – Yangi O‘zbekiston” g‘oyasi asosida buyuk ajdodlarimiz ilmiy merosida ulug‘langan vatanparvarlik, bag‘rikenglik kabi umuminsoniy g‘oyalarni aholi orasida keng targ‘ib etish yo‘nalishlarini belgilash;
b) diniy-ma’rifiy sohadagi muassasalar faoliyatini chuqur o‘rganib borish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ilg‘or axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalar, innovatsion ishlanmalarni tatbiq etish hamda ilmiy va uslubiy faoliyatini muvofiqlashtirish;
v) soha tashkilotlarida to‘plangan ilmiy-uslubiy ishlanmalar va tajribalarni tahlil etish asosida ulardagi ta’lim mazmunini takomillashtirish va muvofiqlashtirish, o‘quv reja va fan dasturlarini ishlab chiqishda uzviylik tamoyillarini ta’minlash;
g) respublikaning barcha ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida bajariladigan diniy mavzudagi tadqiqotlar (dissertatsiyalar)ning mavzu va yo‘nalishlarining ahamiyati, dolzarbligi yuzasidan tegishli tavsiyalarni berish.
III. Diniy bag‘rikenglikni yanada mustahkamlash
16. Respublikada istiqomat qiluvchi turli din vakillarining Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga daxldorlik hissini oshirish, jamiyatda konfessiyalararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni yanada mustahkamlash maqsadida Qo‘mitaning Konfessiyalar ishlari bo‘yicha kengash (keyingi o‘rinlarda – Kengash) faoliyatini takomillashtirish haqidagi taklifiga rozilik berilsin. Bunda quyidagilar inobatga olinsin:
a) Kengash tarkibiga siyosiy arboblar, jamoatchilik faollari, dinshunos olim va mutaxassislarni kuzatuvchi sifatida kiritish;
b) Kengashga diniy konfessiyalarning muammolari bo‘yicha davlat va nodavlat tashkilotlarga so‘rov, murojaat va tavsiyalar yuborish huquqini berish;
v) Toshkent, Samarqand, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida hududiy kengashlar tashkil etish;
g) Kengash tomonidan turli konfessiyalarga oid diniy tashkilotlarning professional xizmatchilari o‘rtasida sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish.
Kengashning yangilangan tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
IV. Farmon ijrosini tashkil etish va nazorat qilish
17. Qo‘mita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
18. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi S.D.Toshboyev belgilansin.
Farmon ijrosini nazorat qilish va ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.Q.Davletov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.MIRZIYOЕV
Toshkent shahri,
2025 yil 21 aprel