Ayni kunlarda alohida reja asosida Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar imom-xatiblarining imom-xatiblarning bilim saviyasini oshirish, yurtimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar, yaratuvchilik va bunyodkorlik ishlaridan yaqindan xabardor etish maqsadida joylardagi diniy-ma'rifiy markazlarda tashrifi tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 21 oktyabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasining bir guruh imom-xatiblari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi hamda Hadis ilmi maktabiga tashrif buyurdi.
Tashrif avvalida imom-xatiblar ishtirokida o'quv-seminar tashkil etilib, unda Maktab rektori O.Yusupov tomonidan Imom Buxoriyning hadis ilmiga qo'shgan hissasi va hozirgi kundagi ahamiyati mavzularida ma'ruza qilindi.
Shundan so'ng, mehmonlarga Hadis ilmi maktabida o'qituvchi va talabalar uchun davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan yaratib berilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirish asnosida ushbu oliygohning tashkil etilish maqsadlari va kedajakda kutilayotgan natijalar, o'qitishdagi o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida ma'lumot berildi.
Tashrif yakunida Qoraqalpog'iston Respublikasi imom-xatiblari yurtimizda olib borilayotgan diniy-ma'rifiy islohotlarning mazmum-mohiyatini yanada kengroq anglagan holda ushbu islohotlarning boshidan turgan yurtboshimiz hamda Hadis ilmi maktabi faoliyati haqiga Alloh taolodan madad so'rab duoi xayr qildilar.
Hadis ilmi maktabi
Matbuot xizmati
Bugun, 19 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari juma namozini Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi "Rakat" jome masjidida ado etdilar.
Muftiy hazratlari juma namozidan oldin yig‘ilgan jamoatga mav’iza qilib berdilar. Musulmonning musulmonga ehtiromi mavzusida qilingan go‘zal suhbat davomida Alloh taolo inson zotini azizu mukarram etib, borliqdagi barcha narsani insonga xizmat qildirib qo‘ygani, shunday ekan, insonlar ham o‘zaro ahl-inoq, mehr-muhabbatli, bir-birlariga doimo yordamchi bo‘lib hayot kechirishlari dinimiz amri ekani eslatib o‘tildi.
Ma’ruza asnosida Qur’oni karim va hadisi shariflar keltirib o‘tildi. Jumladan, mashhur sahobiy Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan keltirilgan hadisda bunday deyiladi: “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Ka’ba atrofida tavof qilayotganlarini ko‘rdim. U zot Ka’baga qarab bunday der edilar: "Sen va sening hiding qanday ham go‘zal! Sen qanday ulug‘san va sening hurmating qanday buyuk! (Lekin) Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, Alloh nazdida mo‘minning hurmati sening hurmatingdan ham ulug‘dir" (Imom Ibn Moja rivoyati).
Musulmon kishining Alloh nazdidagi hurmati mana shunday baland ekan, o‘zaro hurmat-ehtiromi ham shunga monand bo‘lishi ta’kidlandi. Manfaatli suhbat yakunida butun dunyo musulmonlari, xususan, xalqimizning o‘zaro ahil-inoqligi bundan ham ziyoda bo‘lishini so‘rab xayrli duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati