Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Iyul, 2025   |   13 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:15
Quyosh
04:58
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:02
Xufton
21:37
Bismillah
08 Iyul, 2025, 13 Muharram, 1447

Qozog'istonda masjid qurilishida foydalanilgan noodatiy mahsulotlar

22.10.2020   1525   1 min.
Qozog'istonda masjid qurilishida foydalanilgan noodatiy mahsulotlar

Qozog'istonda bundan 127 yil avval qo'y juni va biya sutidan foydalanib qurilgan Oyil masjidi o'zining me'morchiligi bilan e'tiborni tortadi.
Anadolu agentligi ma'lumotlariga ko'ra, tarixiy masjid Qozog'iston g'arbida Oyil tumanida, Oqto'ba shahridan 300 km uzoqlikda joylashgan.
Tarixiy ipak yo'lining yo'nalishlaridan biri sifatida tanilgan tuman Oyil daryosidan o'z nomini oldi.
Bir qavatli masjid 1893-yilda savdogarlar tomonidan qurilgan. Kumush minorasi uchburchak shaklga ega.
Ma'lumki, qurilish tarixi va arxitekturasi bilan tashrif buyuruvchilar e'tiborini tortadigan masjid qurilishida ishlatiladigan xomg'ishtlar suv o'rniga qo'y juni va biya sutini aralashtirib tayyorlangan.
Masjid devorlari qor yoki yomg'irdan keyin rangi o'zgaradi.
Oyil masjidi 127 yil davomida Qozog'iston ko'plab viloyatlaridan musulmonlarni o'ziga jalb qildi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Ilm olish yo‘llari: Muqaddima - 1 son

08.07.2025   1348   1 min.

#Ajdodlar_merosini_o‘rganamiz

Buyuk mutafakkir va faqih Burhoniddin Marg‘inoniyning yetuk shogirdi, hanafiy olim Imom Zarnujiy rahimahullohning "Ta’limul muta’allimi toriqot ta’allumi" kitobi asosida ilm olishning foydalari, odoblari, inson va jamiyat taraqqiyotida ilm-fanning o‘rni haqida so‘z boradi.

Sakkiz asrdan beri ilm ahli, talabalar va ziyolilar orasida keng foydalanib kelinayotgan mazkur asar haqida Alloma Laknaviy rahimahulloh haqida "Ko‘p foydalarga ega, nafis, manfaatli kitob", deya ta’rif bergan.


Abduvohid domla Ahmadaliyev
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi mutaxassisi