NAZM
Avvalg'i mu'man bihning sharhi
Budur iymon Hudog'a kelturmak,
shirk cherigin zamirdin surmak,
Aytqil: “Lo iloha illalloh”,
Ayt, ma'nosidin ham o'l ogoh.
Kalima ushbudur, muni to'xtat,
Demagi farz bo'ldi bir navbat.
Yana mundin keyinki kelgusidur,
Bu aqoyidkim, ul deyilgusidur.
Bilg'ilu e'tiqodni muncha tuz
Jonu ko'nglungda mundog' o'lturg'uz –
Kim Hudodur borni hast etkan,
Yeru ko'ki balandu past etkan.
Bilki, ma'budi bosazo Uldur.
Jumlai xalqdin sizo Uldur.
Har nekim bordur, Ul yaratqandur,
Hastlik jarchasiga qotqandur.
Birduru yo'q sherik Aning ishiga,
O'xshamas hech ishta hech kishiga.
Ehtiyoji kishiga yo'qtur Aning,
Yoru yovar ishiga yo'qtur Aning.
(Bu mavzuning davomi bor)
NASRIY BAYoN
Ishonish shart bo'lgan
birinchi narsaning sharhi
(Iymonning birinchi sharti)
Allohga iymon keltirish va shirk lashkarini zamirdan surish shuki, “Lo iloha illalloh” (“Allohdan boshqa iloh yo'q”) deb aytgil.
Aytgil-u, buning ma'nosidan ham ogoh – xabardor bo'l.
Iymon kalimasi (Kalimai toyyiba – insonni kufrdan poklovchi kalima) shudir, buni yodingda saqlab qo'y. Bu kalimani bir marta aytish farzdir.
Yana bundan keyin keladigan narsa bu aqoiddir – e'tiqod qilinadigan narsalardirki, endi aytiladi.
E'tiqodni shu qadar to'g'ri bilib ol hamda uni jon va ko'ngilda to'g'ri, mahkam o'rnashtirki, butun mavjudotni bor qilgan, osmonu erning birini yuksak, birini past qilib qo'ygan zot Allohdir. Balki, ma'budi bosazo – ibodatga loyiq va munosib bo'lgan zot Udir, barcha xalqdan – yaratilmish butun maxluqotdan o'zgacha, tengi va o'xshashi, misli va misoli bo'lmagan zot Udir.
Nimaiki bor bo'lsa, hammasini U yaratgandir va borlik, mavjudlik qatoriga qo'shgandir. U birdir, yakkayu yagonadir va Uning ishigasherik yo'qdir. Hech bir ishda hech bir kishiga o'xshamaydi. Uning hechbir kishiga ehtiyoji yo'q (hojatsiz hojatbarordir); Uning eshi, jufti, yordamchisi yo'qdir (chunki bunga muhtoj emasdir). (Bu mavzuning davomi bor)
Nasriy bayon va sharh muallifi:
Mirzo KYeNJABYeK
2025 yil 10 iyul kuni Qur’oni Karim xodimi, ustoz, shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum boshchiligida «Qur’on va tajvidni o‘rgatish» bo‘limi xodimlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasiga tashrif buyurishdi.
Ma’lumki, kutubxonada turli mavzudagi nodir qo‘lyozma asarlar, Qur’oni Karim qo‘lyozma nusxalarining namunalari saqlanadi. Mana shunday nodir manbalardan biri Hazrati Usmon mus'hafi hisoblanadi. Qur’oni Karimning ushbu noyob va qadimiy qo‘lyozma nusxasi tadqiqotchilar va keng jamoatchilikning doimiy e’tiborida bo‘lib kelgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2023 yil 22 dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida muzeylar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha yetti yillik dastur qabul qilinishi e’lon qilindi. Ushbu yig‘ilish davomida berilgan topshiriqlar bo‘yicha 50-son Bayonnomaning 47-bandida Muqaddas kitob – Usmon Qur’oni sahifalarining konservatsiya va restavratsiya qilinishini ta’minlash belgilangan. Mazkur dasturni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi qo‘llab quvvatlovi ostida xorijlik mutaxassislar, jumladan, Kembrij universitetidan Kristine Rose, fransiyalik restavratorlar Aksell Deleau va Koraliye Barbe, Istanbul qo‘lyozmalar ustaxonasi va arxiv bo‘limi mudiri Nil Baydar Usmon mus'hafini bosqichma-bosqich ta’mirlash rejasini ishlab chiqib, kelgusida muhofaza qilish bo‘yicha tavsiyalarni berdilar. Jumladan, «yengil restavratsiya ishlari»ni amalga oshirishdan avval Hazrati Usmon Qur’oni sahifalarini skaner qilish va matnini kodikologik tadqiq qilish bo‘yicha yo‘nalishlar belgilab olindi.
Ushbu xayrli ishlarning davomi sifatida O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida Hazrati Usmon Mus'hafi matnini kodikologik tadqiq qilish bo‘yicha muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda «Qur’on va tajvidni o‘rgatish» bo‘limi mudiri shayx Alijon qori Fayzulloh va Kutubxona mudiri Kamoliddin Mahkamov boshchiligida bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda «Mo‘yi muborak» madrasa-muzeyida saqlanayotgan Hazrati Usmon Mus'hafining tarixi va bugungi kundagi ahamiyati haqida so‘z yuritilib, uni kelajak avlodlar asrab-avaylashga xizmat qiladigan muhim masalalar muhokama qilindi. Jumladan, Hazrati Usmon Qur’oni sahifalari va fondda saqlanayotgan 1905 yilda Sankt-Peterburgda olingan nusxasini kodikologik tadqiq qilish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirilib, kelgusida qilinadigan ishlar rejalashtirildi.
AlQuranuz