Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Sentabr, 2025   |   29 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:51
Quyosh
06:09
Peshin
12:21
Asr
16:34
Shom
18:26
Xufton
19:38
Bismillah
21 Sentabr, 2025, 29 Rabi`ul avval, 1447

Nima uchun Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga ergashamiz?

22.10.2020   1866   2 min.
Nima uchun Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga ergashamiz?
  1. Alloh taoloning amriga bo'ysunish uchun. Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Ey imon keltirganlar! Allohga va (Uning) Rasuliga itoat etingiz!” (Anfol surasi, 20-oyat). Bu ma'nodagi oyat Qur'oni karimda takror-takror kelgan.

 

  1. Alloh taoloning muhabbatiga sazovor bo'lish uchun.

Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Ayting (ey, Muhammad!): “Agar Allohni sevsangiz, menga ergashingiz. Shunda Alloh sizlarni sevadi va gunohlaringizni mag'firat etadi. Alloh kechiruvchi va rahmlidir” (Oli Imron surasi, 31-oyat).

Hasan Basriy rahmatullohi alayh aytadilar: “Bandalarning Allohga bo'lgan muhabbatlarining alomati Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlariga ergashishdir”.

 

  1. Farz amallarda yo'l qo'yilgan kamchiliklarning o'rnini to'ldirish uchun.

 

  1. Bid'at, zalolatga berilib ketishdan saqlanish uchun. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: Sizning ichingizda ikki narsani qoldirdim. Agar ularni mahkam tutsangiz, hech adashmaysiz. Bular – Allohning kitobi va Mening sunnatimdir”, deganlar (Imom Molik rivoyati).

Alloh taolo barchamizga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga ergashimizga va unda bardavom bo'lishimizga tavfiq ato etsin!

 

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Muftiy hazratlari: "Musulmonlarning o‘zaro ahil hayot kechirishlari dinimiz amridir”

19.09.2025   8409   1 min.
Muftiy hazratlari:

Bugun, 19 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari juma namozini Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi "Rakat" jome masjidida ado etdilar.

Muftiy hazratlari juma namozidan oldin yig‘ilgan jamoatga mav’iza qilib berdilar. Musulmonning musulmonga ehtiromi mavzusida qilingan go‘zal suhbat davomida Alloh taolo inson zotini azizu mukarram etib, borliqdagi barcha narsani insonga xizmat qildirib qo‘ygani, shunday ekan, insonlar ham o‘zaro ahl-inoq, mehr-muhabbatli, bir-birlariga doimo yordamchi bo‘lib hayot kechirishlari dinimiz amri ekani eslatib o‘tildi.

Ma’ruza asnosida Qur’oni karim va hadisi shariflar keltirib o‘tildi. Jumladan, mashhur sahobiy Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan keltirilgan hadisda bunday deyiladi: “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Ka’ba atrofida tavof qilayotganlarini ko‘rdim. U zot Ka’baga qarab bunday der edilar: "Sen va sening hiding qanday ham go‘zal! Sen qanday ulug‘san va sening hurmating qanday buyuk! (Lekin) Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, Alloh nazdida mo‘minning hurmati sening hurmatingdan ham ulug‘dir" (Imom Ibn Moja rivoyati). 

Musulmon kishining Alloh nazdidagi hurmati mana shunday baland ekan, o‘zaro hurmat-ehtiromi ham shunga monand bo‘lishi ta’kidlandi. Manfaatli suhbat yakunida butun dunyo musulmonlari, xususan, xalqimizning o‘zaro ahil-inoqligi bundan ham ziyoda bo‘lishini so‘rab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Muftiy hazratlari:
Yangiliklar