(qisqartirib olindi).
"Salafiylar": “Sayyidimiz Muhammad deb aytish nojoiz”, deyishadi.
Sayyidimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam esa:
"Allohga qasamki, senga o'zingdan ham sevimli bo'lmagunimcha..", deb aytganlar.
Ular: “Uning muhabbatida mubolag'a qilmanglar va uning haqida haddingizdan oshmang”, deyishadi.
Sayyidimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam esa: "Faxr qilmayman-u, men Odam bolasining sayyidiman", deb aytganlar.
Ular: “Sayyidimiz Muhammad” deb aytmanglar, deyishadi.
Sayyidimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam esa: "Allohim Sendan nabiyying Muhammad ila so'rayman, deb ayt", deganlar.
Yana: "Faxr qilmayman-u, men Odam bolasining sayyidiman", deb aytganlar!
Ular: “Uning ziyoratini emas, masjidning ziyoratini niyat qilinglar, qabrini emas”, deyishadi.
Sayyidimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam esa: "Kim qabrimni ziyorat qilsa unga shafoatim vojib bo'ladi", deb aytganlar.
Ular: “maxluq bilan istig'osa qilish shirk va kufrdir”, deyishadi.
Sayyidimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam esa: "Allohim onam Fotima bin Asadni mag'firat etgin. Uning qabrini nabiyying va mendan avvalgi anbiyolar haqidan keng etgin. Zotan Sen rahmlilarning rahmlisisan", deb duo qilganlar.
Ular “vafot qilgan kimsa bilan tavassul qilish shirk va kufrdir”, deyishadi.
Sayyidimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam ko'zi ojiz kimsaga bunday o'rgatgan edilar: "Ey, Muhammad sollallohu alayhi vasallam bu hojatim ravo bo'lishi uchun Robbimga sizni vasila qilib yuzlandim. Ey, Allohim meni haqqimdagi u (Nabiy sollallohu alayhi vasallam)ning shafoatini qabul qilgin", deb ayt.
Ular: “Oli bayt (Payg'ambar alayhissalom oila a'zolari), valiylar va solihlarni ziyorat qilish shirkdir”, deyishadi.
Sayyidimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam esa: "Anbiyolar qabrlarida tirikdurlar, namoz o'qishadi", deb aytganlar.
Ular: “Anbiyolar duolarimizni eshitishmaydi”, deyishadi.
Sayyidimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam esa: "Qachon banda qabriga qo'yilsa va uning yaqinlari ortlariga qayta boshlasa, mayyit ularning oyoq kiyimi tovushini eshitadi", deb aytganlar.
Ular: “O'liklar tiriklar manfaat bera olishmaydi”, deyishadi.
Sayyidimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam esa: "O'liklaringizga Yasin surasini o'qinglar", deb aytganlar.
Ular: “Qabr ustida Qur'on o'qish bid'at”, deyishadi.
Sayyidimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam esa bilmasdan qabr ustida kapa tikkan insonning qabrdagi kimsani Mulk surasini o'qiyotgani eshitib qolgan kimsa haqida eshitganlarida "U sura najot berguvchidir", deb aytganlar.
Ular: “Rasulullohga iltijo qilish shirk”, deyishadi.
Sayyidimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam esa: "Uch narsa iymon aslidandir: La ilaha illalloh deb aytgan kimsadan tiyilish. Uni gunoh sababli kufrda ayblama. Islomdan biron amali sababli chiqarma", deb aytganlar.
Endi aytamizki: Ey Allohning bandalari. Ergashish va itoat qilishga loyiq kimsa kim?
Sayyidimiz, imomimiz va shafoatchimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallammi yoki avval-u hozirda o'zlariga ergashganlardan boshqa hammani adashganlikda ayblaydigan va kufr va shirkka hukm etadigan kishilarmi?
Kimki men yozgan narsalardan birontasi haqiqatiga shaklansa, mening shaxsiy sahifamga murojaat qilsin. Unda har bir keltirgan hadis va uning sihati va u haqidagi ulamolar taxrijini bayon etganman.
Shayx Ahmad Abdulkarim Azhariy
Tarjimon: Sunnatulloh Abdulbosit
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati