2023 yil oktyabr oyi davomida O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o'rta maxsus islom ta'lim muassasalarida “Men radikalizmga qarshiman” mavzusida pedagog-o'qituvchi va talaba-yoshlar ishtirokida davra suhbatlari hamda kurslararo ko'rik tanlovlar tashkil etildi.
Ushbu tadbirlarda ta'lim muassasalari tomonidan viloyatlardagi soha mutaxassislari va IIB mas'ul xodimlari jalb etilib, radikalizm, terrorizm va ekstremizm mafkurasi haqida talaba-yoshlarga ma'lumotlar etkazildi.
Tadbirlar jarayonida talaba-yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olishdi.
Ko'rik-tanlovlarda faxrli o'rinlarni egallagan faol talabalar ta'lim muassasalar tomonidan qimmatbaho sovg'a va faxriy yorliqlar bilan mukofotlandi.
Abdulnosir Bobamirzayev,
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Ta'lim va ilmiy-tadqiqot bo'limi metodisti