1989 yilda Andijon viloyatining Izboskan tumanida Ahmadali ismli ziyoli, ilm ahlidan bo'lgan kishining sa'y-harakatlari bilan tuman markazida xalq hashari yo'li bilan masjid qurilgan. Masjidda shu kishining o'zi imomlik qilgan. Qadimdan ba'zi masjidlarning shu joyda imomlik qilgan imomlari nomi bilan xalq orasida nomlanishi an'ana bo'lgan. Shu tariqa masjid “Ahmadali hoji” nomi bilan shu vaqtga qadar tumandagi markaziy masjid sifatida faoliyat ko'rsatmoqda. Masjid dastlab qurilgan xonaqoh va keyinchalik unga tutuash qo'shimcha xonaqohdan iborat.
Bugungi kunga kelib masjidning eski xonaqohi ta'mirtalab holga kelgani, shuningdek, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining binoning yaroqsiz holga kelganligi haqidagi xulosasiga binoa qaytadan qurilmoqda. Ta'mirlash ishlari shu yilning mart oyida boshlangan bo'lsa, bugungi kunga qadar ishlar qizg'in. Maqsad qishning sovuq kunlariga qadar yangi xonaqohni bitkazib, namozxonlar uchun issiq joy hozirlash.
38 o'rinlik tahoratxona ta'mirlanib, yaqin kunlarda foydalanishga topshiriladi. Minora samarqandlik ustalar tomonidan qayta ta'mirlandi. Hozirda yangi xonaqohning tom qismini yopish ishlari yakuniga etkazilmoqda. O'rnatilgan uchta yirik gumbaz ikki xonaqohni yaxlit bir ko'rinishga keltirdi. Yangi xonaqoh erto'la qismi bilan birgalikda 800 dan ortiq kishi sig'dira oladi. Hovli qismlari bilan hisoblanganda ushbu jomeda jami 2000 mingda ortiq namozxon ibodat qila olishi mumkin. Hayrli islohotlarga hissalari qo'shilayotgan kishilardan Alloh taolo rozi bo'lsin.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo'limi
7 iyul kuni Namangan viloyati bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbasiddinov rahbarligida vakillik xodimlari, tumanlar bosh imom-xatiblari va “Haj – 2025” ziyoratchilaridan tuzilgan ishchi guruh Kosonsoy tumanida faoliyat boshladi.
Uchrashuv “A’loxon Maxdum“ jome masjidida bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tumanlar bosh imom-xatiblari, vakillik xodimlari va ma’naviyat targ‘ibotchisi bo‘lgan hojilar ishtirok etdi. Kosonsoy tumanida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilinib, quyidagi 3 ta yo‘nalish belgilab berildi:
Ishchi guruh mahallalardagi bir necha xonadonlarga tashrif buyurib, aholi holidan xabar oldi. Yoshlar bilan suhbatlar o‘tkazildi, taklif va mulohazalar tinglandi, keksalardan duo olindi.
Loyiha doirasidagi faoliyat Namangan viloyatining boshqa tumanlarida ham davom ettiriladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyat vakilligi
Matbuot xizmati