Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Iyul, 2025   |   18 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:20
Quyosh
05:01
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
20:00
Xufton
21:33
Bismillah
13 Iyul, 2025, 18 Muharram, 1447

Obod etilayotgan masjidlar: Izboskan tumanida markaziy masjid ta'mirlanmoqda

16.10.2020   2193   2 min.
Obod etilayotgan masjidlar: Izboskan tumanida markaziy masjid ta'mirlanmoqda

1989 yilda Andijon viloyatining Izboskan tumanida Ahmadali ismli ziyoli, ilm ahlidan bo'lgan kishining sa'y-harakatlari bilan tuman markazida xalq hashari yo'li bilan masjid qurilgan. Masjidda shu kishining o'zi imomlik qilgan. Qadimdan ba'zi masjidlarning shu joyda imomlik qilgan imomlari nomi bilan xalq orasida nomlanishi an'ana bo'lgan. Shu tariqa masjid “Ahmadali hoji” nomi bilan shu vaqtga qadar tumandagi markaziy masjid sifatida faoliyat ko'rsatmoqda. Masjid dastlab qurilgan xonaqoh va keyinchalik unga tutuash  qo'shimcha xonaqohdan iborat.

Bugungi kunga kelib masjidning eski xonaqohi ta'mirtalab holga kelgani, shuningdek, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining binoning yaroqsiz holga kelganligi haqidagi xulosasiga binoa qaytadan qurilmoqda. Ta'mirlash ishlari shu yilning mart oyida boshlangan bo'lsa, bugungi kunga qadar ishlar qizg'in. Maqsad qishning sovuq kunlariga qadar yangi xonaqohni bitkazib, namozxonlar uchun issiq joy hozirlash.

38 o'rinlik tahoratxona ta'mirlanib, yaqin kunlarda foydalanishga topshiriladi. Minora samarqandlik ustalar tomonidan qayta ta'mirlandi. Hozirda yangi xonaqohning tom qismini yopish ishlari yakuniga etkazilmoqda. O'rnatilgan uchta yirik gumbaz ikki xonaqohni yaxlit bir ko'rinishga keltirdi. Yangi xonaqoh erto'la qismi bilan birgalikda 800 dan ortiq kishi sig'dira oladi. Hovli qismlari bilan hisoblanganda ushbu jomeda jami 2000 mingda ortiq namozxon ibodat qila olishi mumkin. Hayrli islohotlarga hissalari qo'shilayotgan kishilardan Alloh taolo rozi bo'lsin.    

O'zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo'limi 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Birgina gumonim uchun

11.07.2025   4795   1 min.
Birgina gumonim uchun

Sufyon Savriy rahimahulloh aytadilar"Birgina gunohim uchun besh oy tahajjuddan mahrum bo‘ldim". “U qaysi gunoh edi?” deb so‘rashdi. "Yig‘lab duo qilayotgan kishini ko‘rib, ichimda: "Bu kishi riyo qilyapti", degandim…".

Imom Makhul rahmatullohi alayhi: "Bir kishini namozda ruku’ va sajda qilib, yig‘layotganini ko‘rdim va ichimda "u riyo qilyapti!" deb unga tuhmat qildim va o‘zim bir yil yig‘lashdan mahrum bo‘ldim".