100 yoshli musulmon koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda qo'shgan hissasi uchun Britaniya imperiyasi ordeni bilan taqdirlandi.
Yuz yoshini nishonlagan musulmon o'z bog'ida yurish bilan jahon jamoatchiligi e'tiborini tortgan o'z tengdoshi Tom Murning namunasidan ilhomlandi.
1920 yilning 1 yanvar' kuni Bangladeshda tug'ilgan, musulmon Dabirul Chaudxari 1957 yildan beri Londonda yashaydi. Eng zaif mamlakatlarda, jumladan, Bangladeshda muhtoj bo'lganlar uchun pul to'plash uchun jamoatchilik e'tiborini jalb qilishga qaror qilgan oqsoqol koronavirus epidemiyasi tufayli o'z-o'zini izolyatsiya qilib, o'z bog'ida oldinga va orqaga yura boshladi. Shunday qilib, Chaudxari Ramazon oyida 420 000 funt sterling to'pladi. Bunda tabarruk otaxon yoshi va yurishdagi yuklamalarga qaramay, ramazon oyida ro'za tutishni davom ettirdi.
Musulmon kishining ezgu amallari haqida xabar topgach, Qirolicha Yelizaveta uni Britaniya imperiyasi ordeni bilan taqdirladi, deb xabar beradi IslamNews nashri GlobalVillage ga tayangan holda.
"Bu sharafga mening sa'y-harakatlarim uchun loyiq topganlaridan faxrlanaman. Yuragimning tub-tubidan hammaga rahmat aytaman", - deya o'z mukofotini izohladi Dabirul Chaudxari.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Alloh taolo aytadi: "Lekin Alloh ularning otlanishlarini yoqtirmay, tutib qoldi", (Tavba surasi, 46-oyat).
Alloh sizni din ishlariga xizmatchi qilib olgan bo‘lsa, demak, qalbingizga qarab, rozi bo‘libdi. Oddiy bir inson o‘z ishlarida uquvsiz kimsalarni ishlatgisi kelmaydi-ku, Alloh ishlatadi deysizmi?
Allohning yo‘lidan uzoq bo‘lgan odam borki, albatta, Alloh uning ichidan boxabarligi uchun rozi bo‘lmagan. Mashhur odamlarga havas qilmang. Ular arzimagan ishlar bilan mashg‘ullar. Alloh ularni yaxshi ko‘rganida, o‘ziga xodim qilib olgan bo‘lardi.
Zarracha savob ish qilmagan milliarderlarga havas bilan qaramang. Alloh ularni yaxshi ko‘rganida, ulardan yuz o‘girmagan bo‘lardi.
"Rasailu minal Qur’an" asaridan