Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Iyul, 2025   |   9 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:11
Quyosh
04:55
Peshin
12:33
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:40
Bismillah
04 Iyul, 2025, 9 Muharram, 1447

O'n bir Ahmad – ziyorat turizmi markaziga aylanadi

13.10.2020   1674   3 min.
O'n bir Ahmad – ziyorat turizmi markaziga aylanadi

Namangan viloyati hududida olis va yaqin o'tmishdan sado beruvchi 300 ga yaqin moddiy madaniy meros ob'ektlari mavjud. Uzoq ming yillarga borib taqaluvchi tarixiy obida va ziyoratgohlarni asrab avaylash, ularni kelajak avlodlarga asl holida qoldirish muhim vazifalaridan biridir.

Namangan shahri hududidan oqib o'tuvchi Shimoliy Farg'ona kanalining chap sohilida, “Afsonalar vodiysi” bog'iga yondosh so'lim go'shada joylashgan o'n bir Ahmad ziyoratgohi majmuasida bugun keng ko'lamli qurilish obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Kanal ustiga me'moriy echimi jihatidan O'zbekistonda o'xshashi yo'q, xonaqoh sig'imi 4,5 ming, umumiy sig'imi 15 ming namozxonga mo'ljallangan Jome' masjid va ziyoratgohni bog'lovchi zamonaviy ko'prik barpo etiladi.

Tarixiy qadamjolar bilan yaqindan tanishgan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Abdurazzoqov qayd etganidek, muqaddas obidalar, xususan o'n bir Ahmad ziyoratgohidagi har bir ishga mukammallik bilan yondoshish lozim. Bu maskan ziyorat turizmi maskaniga aylanishi, odamlarni ma'nan xalovat topadigan joyi bo'lishi kerak. Yuqoridan katta sharshara quraladi, undan tushgan suv katta ariqqa tutash hovlilarga chiqib ketadi. O'rtada katta favvora ham dizayn jihatidan o'ziga xos bo'ladi.

Sardoba – Namangan shahar markazida joylashgan qadimiy daha. Ba'zi rivoyatlarga qaraganda, shahar mana shu joydagi mahallalardan boshlanib, keyinchalik kengayib ketgan. Bu atrofda juda ko'p madaniy-maishiy binolar, turar-joylar qad rostlagan. Ulardan biri HIH asrning ikkinchi yarmi, XX asr birinchi choragida yashab o'tgan Qodirxo'ja eshonning uyi hisoblanadi. U tarixiy va madaniy yodgorliklar ro'yxatidan o'rin olgan bo'lib, yaqingacha sayyohlar e'tiboridagi maskanlardan biri edi.

Binoning qurilish uslubi sharqona, naqshlari evropacha. Hovlisi ichki va tashqi qismlardan iborat bo'lgan. Honalar shifti – o'rta hovuzsimon qismi vassa-juft, atroflari kataksimon ko'rinishda. Katakchalar ichiga bug'doyzor, qarag'ayzor, o'rmon va dengiz bo'yida qurilgan qavatli uy tasvirlari chizilgan.

Taassufki, ushbu madaniy yodgorlik bugungi kunda tashlandiq holga kelib qolgan. Bir paytlar ancha mablag' evaziga ta'mirdan chiqarilgan binolar nochor ko'rinishda. Tarixdan hikoya qiluvchi eksponatlar qo'yilgan zallarga kirib bo'lmaydi – eshiklar qulflangan. Boz ustiga, mazkur hovli hududidan kimgadir ikki qavatli do'kon va omborxona qurish uchun er ajratilgan. Chala qolgan bu ob'ekt ham manzilni yanada xunuklashtirgan. Bu haqida bundan ikki yil O'zA saytida ham bong urilgan edi.

Viloyat rahbarining e'tiboridan keyingina, bundan 150 yil avval Namanganga texnologiyani, ilk fotoapparat va boshqa ashyolarni olib kelgan buyuk ma'rifatparvar, elparvar olim Qodirxo'ja Eshon hovlisini ilm-fan, ma'naviyat, turizm markaziga aylantirish rejalashtirildi.

Ushbu me'moriy obida bilan tanishgan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Abdurazzoqov rekonstruktsiya uchun loyiha takliflariga qo'shimchalar kiritdi.

– Me'moriy majmua tarixiy, asl holatini yo'qotmasligi kerak. Ta'mirlashda gipsokarton, profildan umuman foydalanilmasligi lozim. Bu erda muzey, kutubxona, “vay-fay” zona tashkil etamiz. Yoshlar uchun sevimli maskan bo'ladi, – dedi viloyat hokimi.

E'tiborlisi shundaki, tarixiy hovli ichiga va yoniga madaniy meros konventsiyalariga zid ravishda qurilgan, ziyoratgoh husniga mos tushmagan ikki bino buzib tashlanadi.

 

Oqilxon Dadaboyev, Hotam Mamadaliyev (surat), O'zA

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Imom Moturidiyning Hanafiy mazhabini yoyishdagi o‘rni

04.07.2025   883   1 min.
Imom Moturidiyning Hanafiy mazhabini yoyishdagi o‘rni

Imom Abul Mu’in Nasafiy rahmatullohi alayh "Tabsiratul adilla" asarlarida Xuroson va Mavoraunnahr aholisi hanafiylikni Imomi A’zam rahmatullohi alayhning yetakchi shogirdi Imom Muhammad ibn Hasan Shayboniy, uning shogirdi Abu Suraymon Juzjoniy, uning do‘sti Shayx Abu Bakr Ahmad, Shayx Is'hoq Sobih Juzjoniy, Imom Abu Bakr Juzjoniy, Imom Abu Nasr Ahmad ibn Abbos Iyodiy Ansoriy va Imom Moturidiy silsilasi orqali o‘rgangan deb keltiradi. Imom Nasafiyning ta’kidlashlaricha bu olimlar ilk davrdan boshlab Movarounnahrning barcha hududlarida hamda Xurosonning Marv va Balx shaharlarida hanafiylik mazhabini yoyishda jonbozlik ko‘rsatishgan.

Imom Moturidiy rahimahulloh Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhning e’tiqodiy qarashlarini yaxshi o‘zlashtirishdan tashqari mintaqamizda hanafiylik tarqalishida muhim hissa qo‘shganlar.

Kosonsoy tuman "Buzrukho‘ja" jome masjidi imom-xatibi

Sodiqjon Abdurahmanov

Manba: @Softalimotlar

MAQOLA